So’nggi yangiliklar

14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  0 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  0 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  2 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  39 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  4 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  15 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4

Ispaniya chempionati. "Atletiko" -"Barselona" 1:1 Yangiliklar

Ispaniya chempionati. "Atletiko" -"Barselona" 1:1

Ispaniya premerosi 8-turidan o'rin olgan markaziy o'yin Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida “Atletiko” va “Barselona” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

Bellashuvning birinchi bo'limi o'rtalariga kelib Saul jamoadoshlari tomonidan boshlangan ajoyib kombinaciyani aylanma zarbasi orqali Ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim oxirlariga kelib o'ng qanotdan madridliklar jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Luis Suares boshi bilan  Oblak qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. O'yinning so'nggi soniyalarida Lionel Messi g'alaba to'pini kiritishi mumkin edi. Ammo aregntinalik futbolchining 18 metrlardan yo'llagan zarbasini Oblak qaytarib qoldi...

Ispaniya chempionati, 8-tur.

"Atletiko" - "Barselona" 1:1

Atletiko: Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis, Koke, Saul, Gabi, Karrasko, Grizmann, Korrea.

Barselona: ter SHtegen, Semedu, Pike, Yumtiti, Alba, Buskets, Rakitich, Inesta, Gomesh, Messi, Suares.

 Gol: Saul (20) - Suares (81).

UCHRASHUV BOSHLANDI.

Uchrashuvni har ikkala jamoa azolari o'ta hujumkor ruhda boshlashdi. 1-daqiqadayoq Leo Messi hisobni ochishga yaqin keldi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 

Keyinchalik Antuan Grizman ikki bor Ter SHtegen darvozasiga xavf soldi....

GOLLL!!!!  Saul chamasi 18 metrlar masofadan aylanma zarbasi bilan to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi - 1:0.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI


IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

Xavfli vaziyat. Lionel Messining jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi...

62-daqiqa. Suares to'pni raqib jarima maydochnasi ichidagi sheriklariga uzatayotgan bir paytda raqib to'pni qo'li bilan qaytarib qolgandek tuyuldi.. Vaziyatga o'zingiz baho bering...


GOLLLLLL!!!!!!! Suaressss. Qanotdan uzatilgan to'pni yaqin masofadan darvozaga aniq yo'lladi - 1:1.

Uchrashuv jangovar durang natija bilan yakunlandi - 1:1.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика