So’nggi yangiliklar

02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  0 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  118 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  1 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  20 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  18 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  11 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  47 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5 22:23Асрор Алиқулов: "Бухоро" ўз услубини ўзгартиргани йўқ. Биз эса қийин ғалабага эришдик"  7

Ispaniya chempionati, 25-tur. "Real" o'z maydonida durang o'ynadi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 25-tur. "Real" o'z maydonida durang o'ynadi

Ispaniya chempionatining 25-tur o'yini "Real" - "Vilyarreal" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.
Ispaniya chempionati, 25-tur.

Real – Vilyarreal 1:1

Santyago Bernabeu

Gollar
: Ronaldu (52-penaltidan), Moreno (64)

Real
– Kasilyas, Karvaxal, Varan, Pepe, Marselo, Isko (Ilyarramendi, 78), Lukas Silva (Xese, 72), Beyl, Kroos, Benzema (CHicharito, 81), Ronaldu.

Vilyarreal
– Asenxo, Bayi, Kosta, Mario Gaspar, Dorado, Serxio Markos (Jonatan, 68), Pina (Trigeros, 61), Gomes, Kempbell, Moreno, dos Santos (Vietto, 62).

Ogohlantirishlar
: Gomes (37), Bayi (51), Kosta (70), Karvaxal (76), Asenxo (79), Trigeros (87), Pepe (89).                  

       
                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                               YANGILASH



- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90`
Ronalduning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketmoqda...


90`
"Real"ning hujumlari ancha xavf ko'rinish olmoqda. Lekin Asenxo va himoyachilar ancha yaxshi himoyalanishmoqda.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89`
"Real" katta kuch bilan oldinga bormoqda. "Vilyarreal" himoyada hozircha ancha tartibli o'ynamoqda.


87`
Iker Kasilyas jamoasini muqarrar goldan qutqarib qolmoqda.... Viettoning boshi bilan yo'llagan zarbasini Kasilyas qaytarishga muvaffaq bo'ldi.


85` UHHHHHHHHH! Asenxo!
"Vilyarreal" darvozaboni to'pga chiqishda xato o'ynadi. Xese esa bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.


83`
Uchrashuvning hal qiluvchi pallasi yaqinlashmoqda. Hozircha durang. Qolgan daqiqalar ancha asabiy o'tishi aniq.


81`
Navbatdagi o'zgarish. Benzema o'z o'rnini CHicharitoga bo'shatib berdi.


80`
Ronalduning xavfli va kuchli zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.


79`
"Real"da dastlabki o'zgarish ruy berdi. Isko o'rniga Ilyarramendi maydonga tushdi.


78`
O'yin ancha jonlandi. Jamoalar hujumkorlikni oshirishdi.


76`
"Vilyarreal"ning xavfli hujumi! "Real" sal qolsa o'z darvozasidan ikkinchi to'pni ham olib chiqishi mumkin edi. Rikoshet hozir mezbonlar foydasiga ishladi.


75`
To'p nazorati "Vilyarreal" qo'liga o'tgan.


72` Xavfli vaziyat! Krishtianu Ronalduuuuuuuuuu!!! ASENXO!!!!!!!!! Ronalduning boshi bilan yo'llagan zarbasini Asenxo chiroyli "seyvi" orqali bartaraf etib qoldi. Tasanno!


70`
Toni Kroosning jarima to'pidan oshirib bergan to'pini Benzema sal qolsa darvozaga aniq yo'llab qo'yishi mumkin edi. Franciyalik hujumchining boshi bilan bergan zarbasi biroz mo'ljalga aniq bormadi.


69`
"Vilyarreal"da so'nggi o'yinchi almashishi. Serxio Markos o'z o'rnini Jonatan dos Santosga bo'shatib berdi.


68`
Marselo va Kempbell o'zaro to'qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatiladi.


66`
"Vilyarreal"ning ikkinchi bo'limdagi ilk xavfli tus olgan hujumi gol bilan yakun topdi. Bu vaziyatda Iker Kasilyas ham jamoasiga yordam bera olmadi. Moreno zarbani mukammal amalga oshirgan edi.


64` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MORENO! "Vilyarreal" futbolchisi Moreno jarima maydonchasi oldidan darvozaga erlatib zarba yo'lladi va hisobni tenglashtirdi, 1:1!


62`
"Vilyarreal"da ketma-ket ikkita o'zgarish. Pina o'rniga Trigeros, Dos Santos o'rniga esa Vietto maydonga chiqarildi.


61`
Zarbaaa! Biroz noaniq!


60`
Ronaldu uchun ajoyib imkoniyat! CHamasi 18-metrlar masofadan jarima zarbasi. Xavfli nuqta.


58`
"Vilyarreal" burchak to'pi ishlab oldi. Ammo ushu standart vaziyati ularga foyda keltirmadi.


56`
"Vilyarreal" ikkinchi bo'limni birinchi taymnikidek o'tkaza olmayapti. Hujumlari soni ancha kamaygan. "Real"da esa aksincha.


55`
"Real"ninig hujumlari davom etadi. Ronaldu Garet Beylni yaxshi vaziyatga chiqargandi. Uelslik futbolchining jarima maydonchasi oldidan tepgan to'pi juda noaniq ketdi.


54`
Xavfli vaziyat! Ronaldu! Asenxodan esa ajoyib "seyv"! Ronaldo yakkama-yakka vaziyatdan Asenxoni dog'da qoldira olmadi. CHiroyli "seyv"!


52` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!! RONALDU! Portugaliyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 1:0!

51`
"Vilyarreal" darvozasi tomon penalti. To'p oldida Ronaldu!


50`
Moi Gomez avvaliga yaxshi harakat qildi va to'pni raqib jarima maydonchasi tomon olib bordi. Faqatgina qaror qabul qilishda kech qoldi va to'pni o'z jamoadoshiga etkazib bera olmadi. Vaziyat keskinlashishi mumkin edi. Biroq Gomezga tezlik etishmadi.


48`
Krishtiano Ronaldu!! Xavfli zarba! Asenxo to'pni qaytarib yubordi. Keyinchalik esa himoyachilar vaziyatni to'g'ri baholay olishdi va to'pni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishdi.


47`
"Real" o'ng qanotdan hujum tashkil etdi. Karvaxalning urinishini raqib futbolchilari bartaraf etishdi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45`
Ronalduning jarima to'pidan tepgan zarbasi noaniq ketdi.


45`
"Real" jarima zarbasi ishlab oldi. Masofa uzoq. To'p oldida Ronaldu.


45`
Birinchi bo'limga hakam 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


44`
"Vilyarreal" burchak to'pi ishlab oldi. Biroq mehmonlarning bu safargi urinishlari ham samara keltirmadi.


42`
Xavfli vaziyat! Garet Beylning darvoza tomon tepgan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Agarda zarbaga birozgina aniqlik etishganida, Asenxo ham jamoasiga yordam bera olmas edi.


41`
"Real" hududiy ustunlikka ega va pozicion hujumda harakat qilmoqda.


39`
Marselo jamoadoshi Isko bilan chiroyli o'ynadi to'pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib, "chalqancha" uslubda zarba bermoqchi bo'ldi. Biroq uning bu rejasi amalga oshmay oldi.


38`
Asenxo havodagi to'pga chiqishda yaxshi o'ynadi. Aks holda Ronaldu o'yinda hisobni ochishi mumkin edi.


37`
O'yin surati biroz tushdi. Iker Kasilyas darvozasi oldida vaziyatlar deyarli kuzatilmay qoldi so'nggi 10 daqiqa ichida.


35`
"Vilyarreal" futbolchisi maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.


33`
Iskoning chiroyli harakatlari haqiqatdan ham chiroyli chiqdi. Hozir ushbu vaziyatni takroran ko'rsatishdi. Ispaniyalik vunderkind raqiblarini birin-ketin aldab o'tib, o'zining driblingini ko'z-ko'z qildi. Tasanno.


32`
"Real" futbolchilarida biroz ijodkorlik etishmayapti. Hujumlarida rang-baranglik yo'q.


30`
Marselo jamoasining navbatdagi hujumini rivojlantirdi. Braziliyalik himoyachining jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pi xavfli chiqdi.


28`
O'yin maydon markaziga ko'chdi.


26`
"Real" burchak to'pi tepdi. Biroq bu standart vaziyati mezbonlarga samara keltirmadi.


24`
"Real"ning hujumi. Karim Benzema darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borayotgandi. "Vilyarreal" posboni Asenxo to'pga birinchi bo'lib chiqib keldi va vaziyatni yumshatdi.


23`
Toni Kroos tomonidan oshirib berilgan to'pni Pepe boshi bilan darvozaga yo'lladi. Noaniq.


22`
Karvaxal to'pni jarima maydonchasi tomon oshirgandi. To'p esa yo'l-yo'lakay raqib futbolchisini qo'liga tegdi. Jarima zarbasi.


21`
Garet Beyl yana o'z qanotidan faollashdi. Ronaldo va Benzema tomon oshirib berilgan to'pni "Real" hujumchilari darvozaga yo'llay olishmadi.


19`
Garet Beyl raqib jarima maydonchasi tomon otlangandi. Biroq mehmonlar himoyachisi bu vaziyatda yaxshi harakat qildi.


17`
O'yin tezligi yuqori desak mubolag'a bo'lmaydi. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda. Nisbatan mehmonlar biroz faolroq ko'rinishmoqda.


15`
"Vilyarreal" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. "Real" esa himoyalanish bilan band. Jovanni Dos Santos va Gomezning faolligi "Real" himoyachilarini ancha sarson qilmoqda.


13`
Burchak to'pidan so'ng Gomez Kasilyas darvozasiga xavf soldi. So'nggi pallada himoyachi Karvaxal jamoasini goldan saqlab qoldi.


12`
"Vilyarreal" jarima zarbasini amalga oshirdi. Dos Santosning tepgan to'pi jonli devorga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi.


10`
Krishtianu Ronalduning zarbasi aniq chiqdi. Biroq Asenxo uchun bu qiyinchilik tug'dirmadi.


8`
Lukas Silvaning zarbasi noaniq ketdi.


7`
Hujum qilish navbati "Real"ga o'tdi. Karim Benzema jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.


6`
"Vilyarreal" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin mezbon jamoa himoyachilari ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashdi va to'pni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishdi.


5`
"Vilyarreal" o'zining dastlabki hujumini uyushtirdi. Burchak to'pi.


4`
Ronaldu raqib darvozasi oldida xavf solmoqchi bo'ldi. Lekin Asenxo birinchi bo'lib to'pga egalik qildi.


3`
"Real"ning o'ng qanotdan rivojlantirgan hujumi besamar ketdi.


2`
Maydon markazi oldida "Real" futbolchilari raqibga nisbatan qoidani buzishdi. Lekin to'p tezda yana mezbonlarga qaytdi.


- O'YIN BOSHLANDI!


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Real" - "Vilyarreal" uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyasini boshlaymiz.

O'yinni saytimiz hamkori aleziya.com sayti orqali jonli efirda tomosha (Video TAS-IX hududida) qilishingiz mumkin.


- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика