So’nggi yangiliklar

10:20Ямаль "братишка"сини Олимпиада чемпионлиги билан табриклади  0 09:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоасини Тожикистонга Анвар Раҳимов олиб боради  1 09:35Суперлига. "Динамо" охирги маротаба Фарғонада қачон ғалаба қозонган эди?  1 09:10"Пахтакор" "Насаф"ни 5 та ўйиндан бери мағлуб эта олмаяпти. Шацких Бердиевдан устун келадими?  8 08:35Баҳром Ҳайдаров: "Ўйин тенг курашлар остида ўтди"  0 08:05Асрор Алиқулов: "Бизга бу ўйинда иккинчи куч етишмади"  0 07:35Суперлига. Бугун Қаршида турнинг марказий ўйини бор  12 07:15Баҳодир Жалолов, Абдумалик Халоков, Акбар Жўраев ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида қатнашадиган спортчиларимиз рўйхати  9 00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  6 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисмини голга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  3 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  8 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  28 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  4 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3

Ispaniya chempionati, 15-tur. "Almeriya" - "Real" 1:4 Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 15-tur. "Almeriya" - "Real" 1:4

Ispaniya chempionati 15-tur o'yini "Almeriya" - "Real" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.
Ispaniya chempionati, 15-tur.

"Almeriya" - "Real" 1:4

"Estadio Mediterraneo".

Gollar
: Isko (34), Verza (39), Beyl (42), Ronaldo (81, 88)

"Almeriya"
: R. Martinez, Masedo, Velez (Korona, 82), Ximo, Anxel, Dubarbier (Zongo, 59), Verza, Mendez, Teye, Soriano (Silva, 67), Hemed.

"Real"
: Kasilyas, Karvaxal, Varan, Pepe, Marselo, Kroos, Isko, Ilyaramendi, Beyl, Benzema (Koentrao, 86), Krishtiano Ronaldo.

Ogohlantirishlar
: Verza (11), Beyl (24), Dubarbier (30), Soriano (52), Marselo (57), Ilyarramendi (62), Velez (64), Ronaldo (76)

 
                                      MATNLI TRANSLYACIYA
                                                   YANGILASH


"Real" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona qo'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


O'YIN TUGADI!


90` Uchrashuvga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.



89`
Garet Beyl jamoasining beshinchi golini kiritishga yaqin keldi. Lekin to'p darvozadan o'rin olmadi. Hisob o'yinga yarasha bo'lgani yo'q.



88` GOOOOL! GOOOOL! GOOOOOL! GOOOOOOOL! RONALDO!!!! Ronaldo uchrashuvdagi o'z "dubl"ini nishonlamoqda.



86` "Real"
safida o'zgarish. Koentrao Benzema o'rniga maydonga tushirildi.



84`
Har qanday holatda ham "Almeriya" bugun "Real"ga etarlicha qarshilik ko'rsata olganini alohida takidlab o'tish joiz. CHiroyli va qiziqarli bellashuv uchun maydon egalariga tashakkur bildirsak arziydi. O'yindagi intrigani so'nggi daqiqalargacha saqlay olishgani ham fikrimizga isbot bo'la oladi. Uning ustiga Verza penaltini aniq amalga oshira olganida natija umuman boshqacha bo'lishi ham mumkin edi.



83`
"Almeriya" endi muvozanatni tiklay olishi yanada qiyinlashdi.



81` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDOOOOOOOO!!!!!!!!!! Nihoyat Ronaldo ham gol urdi. "Real" o'yin taqdirini deyarli hal etdi desak ham bo'ladi. "Qirollik klubi" o'z uslubidagi hujum tashqil etdi va uni samarali yakunlashga muvaffaq bo'ldi. Benzema to'pga o'zi zarba berishni istamadi va bu ishni Ronaldoga qoldirdi. Krishtiano Ronaldo esa bo'sh qolgan darvozani ortiqcha qiyinchiliksiz ishg'ol eta oldi - 1:3!



80` Marseloga olqishlaringiz! Braziliyalik himoyachidan benazir harakatlar va chiroyli "reyd". Bu hujum xavfli tus oldi va gol bilan ham yakunlanishi mumkin edi. Biroq raqib himoyachilari so'nggi vaziyatda aniq o'ynashdi.



79`
Standart vaziyati mehmonlar uchun samarali yakunlanmadi. Keyingi vaziyatda esa Toni Kroos offsaydda qolib ketdi.



78`
"Real" burchak zarbasi ishlab oldi.


76`
Ronaldo asabiy. Ha, bugun uning o'ylagan rejalari hozircha ish bermayapti.



75`
Penalti ishlagan Edgar hozir o'zining kuchli zarbasi orqali Kasilyas darvozasini ishg'ol etmoqchi bo'ldi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi.



73` Hujumda Pepe! Ha, o'sha Pepe!
"Real" himoyachisi hisob qaltisligini yaxshi tushunib etdi va o'zi oldinga intildi. Lekin so'nggi pallada to'pni jamoadoshiga etkazib bermagani uchun hujum uzilib qoldi.



71`
"Real" uchun ancha qaltis hisob. O'yinni borishini inobatga oladigan bo'lsak, unda "Almeriya" har daqiqa o'rtadagi farqni yo'qqa chiqarishi mumkin.



70`
"Almeriya" hisobni tenglashtirishi yaqin kelgandi. Ammo yakuniy zarbani berishda xatolikka yo'l qo'yildi.



68`
"Almeriya" safida o'zgarish ruy bermoqda. Soriano o'z o'rnini Silvaga bo'shatib berdi.



67`
Burchak zarbasidan mehmonlar naf chiqara olishmadi.



66`
Ronaldo hozir sherigiga to'pni etkazib bermoqchi bo'ldi. Ammo to'p yo'l-yo'lakay raqibga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak to'pi.




64` "Real" posboni Marselonining xatosining to'g'irlamoqda! Iker Kasilyas to'p yo'nalishini aniq topdi va Verzaning zarbasini qaytarishga erishdi. Kasilyasga olqishlar!



63` GOOOOOOOOL  yo'q! IKER KASILYAS!!!!!!!!!!!!!


62`
Marseloning qo'pol xatosi va penalti. Edgarga nisbatan qoida buzilgan edi.



61` PENALTI! Yo'q, "Real" tepmaydi. "Almeriya" penalti ishlab oldi.


60`
"Real" himoyalanishga majbur va imkoni bo'ldi deguncha qarshi hujumda Ronaldo, Beyl, Benzema kabi futbolchilar raqiblarini ancha qiynab qo'yishmoqda.



58`
Krishtiano Ronaldo jarima maydonchasi ichida yiqildi va hakamga qarab: "Qani penalti", - dedi. Turaqol, penalti yo'q ekan Ronaldo.



57` Krishtiano Ronaldo! Kuchli zarba! Martinez o'z o'rnida!



56`
O'yin ancha "jonli" kechmoqda.



55`
"Real" hisobdagi farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi. Garet Beyl katta tezligi bilan raqiblarini ortda qoldira oldi va darvozaga zarba yo'lladi. Zarba kuchsiz va biroz noaniq chiqdi. Uning ustiga Ronaldo to'pga etib kelishga harakat qildi, ammo tezligi biroz kamlik qildi.



53`
"Almeriya" bor etiborini hujumga qaratmoqda. "Real" esa hozircha qarshi hujumlarda o'z imkoniyatlarini izlamoqda.



52`
Fernando Soriano qoidani buzgani uchun hakam tomonidan ogohlantirish oldi.



50`
Karim Benzema to'p uchun kurashda raqibiga imkoniyatni boy berdi.



48`
"Almeriya" va undan keyin "Real" tezkor hujumlarni tashkil etishdi. Ammo vaziyat golgacha bormadi.



47`
Umid qilamizki, ikkinchi 45 daqiqalikda ham jamoalar birinchisida bo'lgani kabi qiziqarli kurashlarni taqdim etib, ko'plab gollar urishadi.



46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



45` Birichni bo'lim tugadi. TANAFFUS!



44`
"Real" yorqin o'yin namoyish etmoqda. "Almeriya" ham ularga munosib javob qaytara olmoqda desam mubolag'a bo'lmaydi. CHiroyli o'tayotgan birinchi taym o'z nihoyasiga etib bormoqda.


43`
Birinchi bo'lim so'nggida nimalar bo'lmoqda? Gollar-shousiga xush kelibsiz!



41` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GARET BEYL!!!! GOL! GOL!  Toni Kroosning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan ajoyib to'p uzatishidan so'ng Beyl boshi bilan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 1:2!


40`
O'yin shaddati tobora ortib bormoqda.


38` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! VERZA! FANTASTIK GOL! VERZA!! Jarima maydonchasi ichidan qaytgan to'pni chamasi 25 metrlardan Verza bir urinishdayoq darvozaga joylab qo'ydi - 1:1! Kasilyas bu vaziyatda ojiz qoldi!



36`
Ogohlantirishlar borasida maydon egalari oldinga chiqib olishgan. Dubarbier hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq topildi.



35`
"Almeriya" endi bor etiborini hujumga qaratishi mumkin. Jamoa tanaffusgacha muvozanatni tiklashga urinib ko'rishi tabiiy. "Real" esa shoshilmayapti.



33` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISKO! Nihoyat o'yinda hisob ochildi. Isko o'zining individual harakatlari evaziga raqiblarini ortda qoldirdi va jarima maydonchasiga kirishi bilan chiroyli zarba yo'llab, hisobni jamoasi foydasiga ochdi - 0:1.


31`
"Real" sekin-asta ustunlikni o'z qo'liga olmoqda.


29`
Ronaldo bugun ko'pro markazga joylashib o'ynamoqda. Benzema esa chap qanotdan joy olgan. Ronaldo yil so'nggida iloji boricha ko'proq gol urib, "Oltin to'p" uchun o'z imkoniyatini oshirib olmoqchi shekilli...



27`
Tinib-tinchimas Garet Beyl va keyinchalik Marselo raqiblarini birin-ketin juda tezkorlik va aniq harakatlar bilan dog'da qoldirishdi. Lekin so'nggi pallada "Almeriya" himoyachisi Marselodan qoidani buzmasdan to'pni olib qo'ydi.



25`
Ogohlantirishlar bo'yicha hisob tenglashdi.


24`
Garet Beyl raqibiga ishlatgan qo'pol harakati uchun ogohlantirish oldi.



23`
"Real"ning bu safargi hujumini "Almeriya" himoyachilari o'zlarining aniq harakatlari evaziga "buzib" qo'yishdi.


21`
Toni Kroos hozircha maydonda o'z faolligi bilan ajralib turibdi.


19`
O'yin har ikkala jamoalar jarima maydonchasi oldida kechmoqda. Bu uchrashuv kutilganidek qiziqarli kechayotganidan darak beradi.



18`
"Almeriya" yana hujumga otlandi. Bu safar Marselo ishonchli harakat qildi va xavfni bartaraf etishga erishdi.



17`
Endi esa "Real"ning javobi! Garet Beylning qanotdan uyushtirgan "reyd"ini Benzema samarali yakunlashi mumkin edi. Ammo franciyalik hujumchi to'pga etib kelolmadi.



16`
"Almeriya"ning navbatdagi hujumi. Soriano boshi bilan darvozani ishg'ol etmoqchi bo'ldi. Zarba kuchsiz chiqdi va to'pni Kasilyas egallab oldi.



15`
"Almeriya" o'z vaqtini himoyada o'tkazmoqchi emas. Maydon egalari omadni raqib jarima maydonchasi atrofidan izlashoqda.


13` Xavfli vaziyat! Kuchli zarba! CHiroyli zarba! Zargarona zarba! TONI KROOS!
Jahon chempioni chamasi 23 metrlar masofadan havolatib to'pni darvozaga yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay futbolchiga tegdi va darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ronaldo esa qaytgan to'pga "chalqancha" usulda zarba berdi. Noaniq. Qo'shimchasiga Ronaldo o'yindan tashqari holatda qolib ketganligini laynsmen qayd etdi.



12`
Ushbu standart vaziyati ko'ngildagidek yakunlanmadi. "Almeriya" himoyachi hozircha katta bosimga duch kelmayapti.



11`
"Almeriya" futbolchisi Verza Ronaldoga nisbatan qoidani buzdi. Jarima zarbasi va Verzaga ogohlantirish.



10`
"Real" to'pni o'z nazoratiga olishga erishdi. Mehmonlar asta-sekin o'z hujumlarini rivojlantirishni o'ylashmoqda.



9`
Ha, kutilganidek Toni Kroos jarima zarbasidan so'ng to'pni jamoadoshlariga tashlab berdi. Lekin to'pga aniq zarba bera oladigan futbolchi topilmadi.



8`
To'p oldida Toni Kroos. Menimcha, futbolchi jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirib beradi.



7`
"Real" futbolchilari jarima zarbasi ishlab olishdi.



6`
"Real" chap qanotdan hujum tashkil etib ko'rdi. Benzemaning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pi jamoadoshiga borib tushmadi.



5`
"Real" hujum tashkil etishda xatoga yo'l qo'ydi. To'pni mezbonlar olib qo'yishdi. Hozircha "Real" etiborini himoyaga qaratishga majbur bo'lmoqda. "Almeriya" yomon emas.


4`
Burchak to'pidan so'ng meg'monlar futbolchilari to'pni o'z jarima maydonchalari ichidan uzoqlashtirishdi. Xavf bartarf etildi. Hujum qilish navbati "Real"ga keldi.



3` UHHHHH! Xavfli vaziyat!
"Almeriya"ning chinakamiga xavfli tus olgan hujumini Soriano o'zining aniq zarbasi bilan muvaffaqiyatni yakunlashi mumkin edi. Ammo Iker Kasilyas to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo'ldi. Burchak to'pi.


2`
O'yinni mezbonlar raqiblariga nisbatan biroz faollik bilan boshlashdi. "Almeriya" jamoasi ketma-ket hujumlar yomg'irini uyushtirmoqda.


1` Uchrashuv boshlandi!


- Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatiga oshno muxlislarini qiziqarli bo'lishi kutilayotgan "Almeriya" - "Real" bellashuvi kutib turibdi. Saytimiz orqali ushbu bahsdan matnli onlayn reportajni uyushtiramiz.



- Uchrashuv soat 00:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика