Ispaniya chempionati 14-tur uchrashuvlari yakunlandi
27 noy 2013 09:59
Yangiliklar

Ispaniya chempionati 14-tur uchrashuvlari yakunlandi
“Atletiko” “Xetafe”ni yanchib tashladi, Karlos Velaning pokeri, Krishtianu Ronaldu Ugo Sanchesga etib oldi, “Sevilya”dan “mehmondo'stlik” namunasi, qizil kartochkalarga boy uchrashuvlar va boshqalar...
“Sevilya”dan “mehmondo'stlik”ning namunasi
Ispaniya chempionatining eng murosasiz to'qnashuvlaridan biri bu safar ham kutilganidek kurashlarga boy bo'ldi. “Sevilya” va “Betis” maydonda xaqiqiy “jang”ni namoyish etishdi. Uchrashuv tomoshabinlari: ayovsiz podkatlar, ko'plab janjalli vaziyatlar, birinchi bo'libning o'zidayoq qizil kartochka, futbolchilarni bir qismining quvonchi va ikkinchi yarmining tushkunligiga guvoh bo'lishdi. “Mehmondo'st” “Sevilya”ga tashrif buyurgan “Betis” futbolchilari 0:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. O'yinning burilish yasagan nuqtalari 2 ta bo'ldi. Bular: mezbonlar himoyachisi Bakkaning tezkor goli (etiborlisi ushbu gol 114-soniyada urildi) va “Betis”ning braziliyalik himoyachisi Paulanning birinchi bo'limning 42-daqiqada maydondan chetlatilishi bo'ldi. “Sevilya”ga tarkibdagi ustunlikni hisobda aks etishini taminlash uchun 2 daqiqa kifoya qildi. Ikkinchi bo'limda esa Unai Emeri shogirdlari yana ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Takidlash joizki, barcha gollarni Sevilya derbisining debyutantlari urdi (Bakka, M‘Bia, Iborra va Vitolo). Denis CHerishev esa o'z jamoadoshlarining harakatlarini chetdan kuzatib turdi. Futbolchi jarohatidan qutuldi lekin, murabbiy uni “Betis”ga qarshi bo'lgan bunday qo'pol va ayovsiz o'yinda maydonga tushirishni istamadi.
Krishtianu Ronaldu Ugo Sanchesga etib oldi, lekin o'yinni erta yakunladi...
Krishtianu Ronalduni to'xtatishni iloji bo'lmayapti. Portugaliyalik oxirgi o'yinlarda ketma-ket gollar urmoqda. “Almeriya” bilan bo'lgan uchrashuvda ham Ronalduga hisobni ochish uchun 3 daqiqa kifoya qildi va u “Real” tarixidagi to'purarlar ro'yxatining 4-pog'onasidagi Ugo Sanchesga etib oldi. Bu ikki futbolchi hisobida – 164 tadan gol bor. Meksikalik futbolchiga bunday natijaga erishish uchun 1980-1990 yillar oralig'ida 207 ta uchrashuv etarli bo'lgan bo'lsa, Ronaldu uning natijasini takrorlashi uchun 149 o'yinda maydonga tushdi holos. Bu ro'yxatning yuqori qismida Raul (228), Di Stefano (216) va Santilyana (186) bormoqda. Ronaldu bu kecha boshqa gol urmadi. Buning ustiga 54-daqiqada jarohat tufayli maydonni tark etdi.
Minimal hisob o'yinning 60-daqiqasigacha ushlanib turdi. Benzema, Beyl, Isko va Morataning gollari “Real”ning 5:0 hisobidagi g'alabasini taminladi. Uchrashuv davomida Karlo Anchelotti Xedirasiz o'yinning ikki xil uslubini qo'llab ko'rdi va ikkisi ham yomon ishlamadi. Har holda “Almeriya”ga qarshi o'yinda. Birinchi bor ikki bask uchrashuvning boshidan birga maydonga tushdi. Xabi Alonso va Aser Ilyarramendi maydon markazidagi uchinchi futbolchi – Iskoga erkinlik yaratib berishdi. O'z navbatida Fransisko ham xujumkor o'yinga diqqatini qaratdi va gol urdi, shuningdek golli pas ham berdi. Uchrashuv so'nggida Ilyarramendining o'rniga braziliyalik o'yinchi Kasemiro maydonga tushdi. Kasemiro o'yin uslubi jihatidan Xedraga ko'proq o'xshaydi. O'ziga ajratilgan vaqtni u alo darajada o'tkazdi va o'zi kabi zahiradan maydonga tushgan Morataning gol urishida asosiy ishni bajardi. Yana bir jihat – 5 ta golning barchasini boshqa-boshqa futbolchilar urishga erishdi. Bunaqasi so'nggi 15 yilda bo'lmagandi.
“Barselona” tarkibida birinchi bor maydonga tushgan Adama Traore
“Nou Kamp”da Granadani tor-mor etgan “Barsa” o'z maydonidagi qatorasiga 22-g'alabasini nishonladi. Bu kataloniyaliklarning so'nggi yarim asrdagi eng yaxshi starti bo'ldi. Inesta o'zining mavsumdagi birinchi golini penaltidan urishga erishdi. Fabregasga nisbatan qo'pollik uchun qo'yilgan o'n bir metrlik jarima zarbasi biroz shubhali ko'ringan bo'lsa, keyingi vaziyatda aynan Inestaga qarshi qo'pollik uchun belgilangan penaltini endi Fabregas ishonchli amalga oshirdi. Har ikki safar ham penaltini kim amalga oshirishini futbolchilar o'zlari kelishishdi. Tata Martino jamoaning asosiy penaltichisi Messi yo'qligida uning o'rniga penaltichini belgilamadi.
Neymar markaziy hujumchiga aylandi, unga qanotlarda Aleksis Sanches va Pedro yordam berishdi. Har ikki qanot hujumchilari bittadan gol urishdi. Ularga Neymar va Fabregas to'pni etkazib berishdi. So'nggi daqiqalar qaxramoni esa “Barselona”ning 17 yoshdagi qanot hujumchisi Adama Traore bo'ldi. Uning harakatlari bir necha bor “Nou Kamp”ni larzaga keltirdi. Kelib chiqishi malilik bo'lgan hujumchi, Kataloniyada tavallud topgan va Ispaniya o'smirlar termasining azosi hisoblanadi. U primera tarixidagi eng yosh debyutantlar orasida 8-o'rinni band etdi.
Uche “Levante”ni mag'lub etdi
“Vilyarreal” markaziy hujumchisi Uche Ikechukvu anchadan beri o'z so'zini ayta olmayotgandi, biroq 14-turda u Primeraning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Keylor Navasning 10-daqiqadayoq maydondan chetlatilishiga sababchi bo'ldi, keyin “Levante” darvozasini ikki bor ishg'ol qilishni uddaladi.
Juda erta bir kishi kam bo'lib qolgan Xoakin Kaparros shogirdlari Kani va Ernan Peresning qanotlardagi hujumlarini ko'p bora o'tkazib yubordi va ikkinchi bo'lim o'rtalarida ringga sochiq otishga majbur bo'ldi. SHu tariqa La Liganing dastlabki o'rinlaridagi to'rt klubi o'z raqiblarini umumiy 19:0 hisobi bilan engishdi.
Jukich istefosi tomon yana bir qadam tashladi
“Mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvni o'tkazdik”, – deydi “Valensiya” bosh murabbiyi “Elche” bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng. Bir tomondan klubdagi sharoitlar qanday ekanini payqash mumkindek, jamoa uchun hatto mag'lubiyat ham ijobiy natija deya hisoblanmoqda. Boshqa tomondan oxirgi 7 uchrashuvdan atigi bittasida g'alaba qayd etilgan.
Uchrashuvdagi g'alaba to'pini “Las Palmas” kanterasi tarbiyalanuvchisi Kristian Errera kiritdi.
“Atletiko” “Xetafe”ni yanchib tashladi
“Barselona” 4:0 hisobida g'alaba qozondi, “Real” 5:0, lekin bu ham La Liga 14-turining asosiy o'yinlari emas edi. Turnir peshqadamlaridan yana biri “Atletiko” “Xetafeni” yanchib yubordi. Bu “matraschilar”ning “Visente Kalderon”da jamoa tarixidagi eng yirik g'alabasi hisoblanadi. Uchrashuvning asosiy qahramoni – Raul Garsiya bo'ldi. U asosiy tarkibda Diego Kostani almashtirdi va David Vilya bilan ajoyib juftlik hosil qildi va ikki bor gol urishga erishdi. Etiborlisi har ikki bor u bosh bilan zarba bergandi. Umuman olganda Raul Garsiya ikkinchi qavatdan gol urish borasida liga peshqadami hisoblanadi, unga bunday uzatmalar etkazib beruvchi Koke esa 8 bor golli uzatma bergan va bu borada chempionat futbolchilari orasida Neymar va Fabregas bilan etakchilik qilmoqda.
Hisob 1:0 ko'rinish olganida mehmonlar himoyachisi Valera qizil kartochka oldi va beihtiyor raqib jamoasiga yordamlashib yubordi. Bitta futbolchi ko'p xarakat qilgan “matraschilar” ikkinchi bo'limda 6 bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. Umuman olganda gol+pas tizimida eng foydali futbolchi David Vilya bo'ldi. U ikkita gol urdi va Asturiyalik Adrianga golli pas etkazib berdi. Uchrashuvning eng chiroyli golini esa, uchrashuv so'nggida maydonga tushgan Diego Kosta akrobatik usuldagi zarba bilan urdi. Atletiko uchun bu 3-madrid derbisi edi va 3-g'alaba ham qo'lga kiritildi. Gollar nisbati – 13:0!
Karlos Velaning pokeri
Seltaning so'nggi 12 golidan nechtasi o'z maydonida kiritildi? Ishonish qiyin – birortasi ham emas. Vigoliklar o'z muxlislarini umuman xursand qila olmayapti. CHempionatda o'z maydonidagi bahslarining 3 tasida durrang o'ynagan jamoa qolgan 4 uchrashuvda mag'lubiyat alamini totgan. Etiborlisi klub mehmonda 3 bor g'alabaga erishib ulgurdi!
Bu safar Selta g'alabaga juda yaqin kelgandi. Luis Enrike shogirdlari 3:1 hisobida oldinda borishayotgandi. Bunda Rafinyaning hissasi katta bo'ldi. Tiago Alkantaraning kichik ukasi ikki bor gol urishga erishdi va jamoasini olg'a boshlayotgandi. Lekin, shu payt hammasi chappasiga ketdi. “Barselona” tarbiyalanuvchisi Fontas hozirda “Selta” tarkibida to'p tepmoqda. O'zi uchun noodatiy hisoblanmish tayanch zonasida harakat qildi va qizil kartochkaga “loyiq topildi”. SHundan so'ng “Real Sosedad” 1:3 hisobini 4:3 ko'rinishiga o'zgartirdi. Karlos Vela poker qayd etdi. “Real Sosedad” futbolchilariga bunday natija 1995 yildan beri nasib etmayotgandi.
SHunday qilib “Selta” g'alabani yana ozgina kutib turishiga to'g'ri keladi.
"Valyadolid" - "Osasuna" - 0:1 (0:0).
Gol: Oyer, 84.
"Barselona" - "Granada" - 4:0 (2:0).
Gollar: Inesta, 20 - penalti (1:0). Fabregas, 40 - penalti (2:0). Sanches, 71 (3:0). Pedro, 90 (4:0). CHetlatish: Iturra (G), 66.
"Real Sosedad" - "Selta" - 4:3 (1:2).
Gollar: Vela, 6 (1:0). Rafinya, 23 (1:1). Lopes, 28 (1:2). Rafinya, 56 (1:3). Vela, 61 (2:3). Vela, 78 (3:3). Vela, 81 (4:3). CHetlatish: Fontas (S), 65.
"Almeriya" - "Real" - 0:5 (0:1).
Gollar: Krishtianu Ronaldu, 3 (0:1). Benzema, 61 (0:2). Beyl, 72 (0:3). Isko, 75 (0:4). Morata, 81 (0:5).
"Atletiko" - "Xetafe" - 7:0 (2:0).
Gollar: Raul Garsiya, 26 (1:0). Lopo, 37 – avtogol (2:0). Vilya, 49 (3:0). Raul Garsiya, 52 (4:0). Diego Kosta, 69 (5:0). Vilya, 78 (6:0). Adrian, 90+3 (7:0). CHetlatish: Valera (X), 42.
"Levante" - "Vilyarreal" - 0:3 (0:1).
Gollar: Bruno Soriano, 13 - penaltidan (0:1). Uche (Bruno Soriano), 74 (0:2). Uche (Gabriel Paulista), 89 (0:3). CHetlatish: Navas (L), 10.
"Rayo Valekano" - "Espanol" - 1:4 (0:1).
Gollar: Serxio Garsiya, 27 - penaltidan (0:1). Serxio Garsiya, 51 - s penalti (0:2). Niges (Trasorras), 81 (1:2). Serxio Garsiya (Stuani), 83 (1:3). Stuani (David Lopes), 85 (1:4). CHetlatish: Ruben (R), 25.
"Elche" - "Valensiya" - 2:1 (0:0).
Gollar: Fidel (Edu Albakar), 57 (1:0). Bernat, 73 (1:1). Errera (Koro), 84 (2:1).
"Sevilya" (Sevilya) – "Betis" (Sevilya) – 4:0
Gollar: Bakka, 3 (1:0); Mbia, 44 (2:0); Vitolo, 59 (3:0); Iborra, 88 (4:0). CHetlatish: Paulan, 42.
Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar