So’nggi yangiliklar

07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   3 04:53Рўзиқул Бердиев: "Бугун олти очколик ўйин бўлди, аммо "Пахтакор"ни ҳисобдан чиқариб бўлмайди"  5 01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  21 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0 01:07"Наполи" ҳатто Осимхен қолса ҳам, Лукаку билан шартнома имзоламоқчи, аммо 30 млн евродан қимматига эмас  0 00:40"Барселона" "Челси" ўйинчисининг трансфери устида ишламоқда  1 00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0 00:04РПЛ. ЦСКА 90+1 дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб "Краснодар"га мағлуб бўлди  9 23:45Дибала Саудиянинг учинчи клубидан ҳам таклиф олди, аммо...  1 23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  2 22:45Суперлига. "Насаф" - "Пахтакор" 1:0  4

Ispaniya chempionati, 13-tur. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 13-tur. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan "Malaga" - "Real" uchrashuvi translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Ispaniya chempionati, 13-tur.

"Malaga" - "Real" 1:2

"La Rosaleda".

Bosh hakam: Bikandi Garrido.

Gollar: Benzema (18), Beyl (83), Santa Krus (90)

"Malaga": Kameni, Sanches (Anxeleri, 67), Rosales, Veligton, Boka, Samu, Darder, Kastilexo, Resio (Anor, 78), Duda (Orta, 65), Santa Krus.

"Real": Kasilyas, Pepe, Ramos, Karvaxal (Varan, 85), Marselo, Kroos, Isko, Xames, Beyl (CHicharito, 89), Ronaldo, Benzema (Ilyarramendi, 72).

Ogohlantirishlar: Darder (30), Kroos (44), Isko (71), Marselo (80)

CHetlatish: Isko (86)

                                          

                                  MATNLI TRANSLYACIYA


                                          YANGILASH


"Real" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Keyingi uchrashuvlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Etiboringiz uchun tashakkur!


UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Qanotdan oshirib berilgan to'pni Santa Krus boshi bilan darvoza aniq yo'lladi va hisobni qisqartirdi.


90` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SANTA KRUS!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` Ikkinchi gol muallifi Garet Beyl maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda uning o'rnida CHicharito harakat qiladi.


88` "Malaga" hujum qilishda davom etmoqda. "Real" esa bir kishi kam bo'lib himoyalanmoqda.


87` Iker Kasilyasdan chiroyli va zargarona "seyv"!!!! Olqishlaringiz....


86` Isko ikkinchi ogohlantirishini oldi va maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Isko raqibiga nisbatan haqiqatda qo'pol o'ynagandi.


84` Nihoyat Garet Beyl o'z niyatiga erishdi. Bu safar ham Ronaldo golli uzatmani amalga oshirdi. Ronaldoning maydon markazi oldidan boshi bilan tashlab bergan to'pini Beyl ilib ketib, raqibini ortda qoldirdi va to'pni bu safar darvozaga aniq joyladi, 0:2!


83` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GARET BEYL!


83` Tinib-tinchimas Garet Beylning ham bugun ishlari yurishmayapti. Navbatdagi urinish ham besamar ketdi.


81` Iker Kasilyas katta sahnaga chiqmoqda. Santa Krusning zarbasini bartaraf etdi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qolmoqda!


80` Ronaldoning bu xatosi jamoasi uchun qimmatga tushishi mumkin...


78` "Malaga" safida o'zgarish. Xose maydonni tark etdi. Uning o'rniga Xuanpi tushirildi.


76` UHHHHHHHHHHHHH! Ronaldo!!!!!!!!! Qanday "sovg'a"!!!!!  KAMENI!! KAMENI!!!! "Malaga" himoyasida muammo! Ochiqchasiga yo'l qo'yilgan xato va raqibga taqdim etilgan sovg'a. To'p shundoq Ronaldoning oyoqlari oldiga kelib tushdi. Krishtiano Ronaldo esa 3-4 metrlar masofadan darvozani ishg'ol eta olmadi. Unga hech kim qarshilik qilmayotgan edi. Kameni bu vaziyatda jonbozlik ko'rsatdi. Ronaldo darajasidagi futbolchilar esa bunday imkoniyatni ko'kka sovurishlari uyatli hisoblanadi...


75` Marselo o'z qanotidan hujumni rivojlantirdi. Uning etkazib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi. Kameni esa to'pga birinchi bo'lib egalik qildi.


74` Karlo Anchelotti bu o'zgarish bilan maydon markazini o'z qo'liga olmoqchi . So'nggi daqiqalarda darhaqiqat "Malaga" maydon markazida o'z hukmronligini o'tkazayotgan edi.


73` "Real" safida o'zgarish. Benzema o'z o'rnini Ilyarramendiga bo'shatib berdi. hujumchi o'rniga yarim himoyachi. Xames yoki ronaldo endi hujumchi sifatida to'p suradi.


72` Isko o'z jarima maydonchasi oldida raqibiga nisbatan qoidani buzdi. Jarima zarbasi. Iskoga esa ogohlantirish.


71` Hududiy ustunlik mezbonlar tarafida.


70` "Malaga" safida ikkita o'zgarish yuz berdi. Duda o'rniga Xorta, Sanchez o'rniga esa Angeleri tushirildi.


69` Bu hujum "Real" uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'ldi...


68` Roke Santa Krus sal qolsa hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Uning boshi bilan yo'llagan zarbasi biroz balandroq ketdi.


67` "Malaga" burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi.


64` Benzema o'z texnikasiga tayangan holda jarima maydonchasi ichiga yorib kirmoqchi bo'ldi. Lekin "Malaga" himoyachisi undan to'pni olib qo'yishga erishdi.


62` "Real" yaxshi o'ynamoqda. Ustunlik mehmonlarda. "Malaga" imkoniyat tug'ilishi bilan hujumga o'tmoqda. Gol urishga harakat qilmoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari hozircha ishonchli himoyalanishmoqda. Ammo hisob qaltis va har daqiqada o'zgarib qolishi mumkin.


60` Ronaldoga biroz tezlik etishmadi. Yoki Kameni undan chaqqonroq harakat qildi va to'pni birinchi bo'lib ushlab oldi. Xavf bartaraf etildi.


58` Krishtiano Ronaldodan zarba ko'rdik. Lekin to'p ko'zlangan marraga etib bormadi.


57` "Malaga" ham qo'ldan kelgancha javob qaytardi. Lekin bu hujum ham samarasiz chiqdi.


56` Isko! Gol ur! Ajoyib imkoniyat, darvozabon bilan birga-bir chiqib borgan Isko Kamenini dog'da qoldira olmadi.


55` Krishtiano Ronaldo!!!! Ronaldo chalqancha usulda to'pga zarba berdi. Xavfli tus oldi! Ammo biroz mo'ljalda adashdi portugaliyalik futbolchi. SHunaqangi chiroyli gollardan bo'lsin!


54` Garet Beyl bugun juda gol urishni istamoqda. Lekin so'nggi pallada uning zarbasiga aniqlik etishmayapti.


53` Kroosning jarima maydnchasi ichiga oshirib bergan to'piga yana Beyl boshi bilan zarba berdi. Noaniq.


52` "Real" yana standart vaziyatiga ega bo'ldi. To'p oldida Toni Kroos.


50` Ikkinchi taym birinchisi kabi sokinlik bilan boshlandi.


48` Xamesning jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pini Ramos boshi bilan Beyl tomon uzatdi. Garet esa to'pga zarba bera olmadi.


47` Marseloga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Birinchi bo'lim tugadi. Jamoalar 15 daqiqalik tanaffusga yo'l olishadi. Biz ham tanaffus qilamiz.


44` Toni Kroos qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi.


42` Jarima zarbasi! Duda!!!! Darvoza to'sini nishonga olindi! CHiroyli gol ko'rishimiz mumkin edi...


41` "Malaga" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi.


39` Garet Beyl!!!! Uelslik futbolchi hisobni 2:0ga oshirish imkoniyatidan unumli foydalana olmadi. Kameni bu safar ham ishonchli o'ynadi.


37` "Malaga" so'nggi daqiqalarni o'z jarima maydonchasi oldida o'tkazmoqda.


35` Karlo Anchelotti jamoasi yana tashabbusni o'z qo'liga oldi.


33` "Real" raqibiga o'z himoyasini yorib o'tishiga yo'l qo'ymayapti.


31` Krishtiano Ronaldo!!!!!!!!! Zarba! Kameni! "Malaga" posboni jarima zarbasidan so'ng qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.


30` Ronaldoga nisbatan jarima maydonchasi oldida qoida buzildi. Jarima zarbasi. Xavfli bo'ilish mumkin.


28` "Real" burchak to'pi tepdi. Pepening boshi bilan bergan zarbasi baland ketdi.


26` Uchrashuv o'rtacha darajada o'tmoqda. Lekin jamoalar bir-birlariga engil nafas olishlariga yo'l qo'yishmayapti. Hujumlar keskin ko'rinish olmoqda.


24` "Malaga" yaxshi hujumni tashkil etdi. Qanotdan boshlangan hujum markazga ko'chdi. Ammo mehmonlar himoyachilari bu vaziyatda aniq harakat qilishdi.


23` "Malaga"ning hujumi! Zarba! Iker Kasilyas???? Nimalar qilmoqda? Igor Akinfeevning mundialda qilgan xatosiga o'xshagan xatoni qilishi mumkin edi... Uning baxtiga to'p darvozasi ustuni oldidan o'tib ketdi. Burchak to'pi.


21` "Malaga" endi oldinga borish rejalarini tuzmoqda. Hozircha Santa Krusning zarbasidan boshqa golga tortadigan hujumlar tashkil etilmadi.


19` "Real"ning bu safargi hujumi samara keltirdi. Ronaldo o'z qanotidan raqib futbolchisini dog'da qoldirdi va jarima maydonchasiga kirib kelib, to'pni markazda turgan Benzemaga oshirdi. Karim Benzema esa to'pni bir harakati bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi, 0:1.


18` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BENZEMA!


17` "Real"ning navbatdagi hujumi. Ronaldo va Beylning tashkillashtirgan hujumi uzilib qoldi. Laynsmen bu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etdi.


15` "Malaga" chiroyli o'ynashga urinmoqda. Uddalamoqda ham. "Real"ning uchrashuvga olib kirgan jozibasini mezbonlar futbolchilari ham bezashga harakat qilishmoqda. Hozircha Kamenining "seyv"lari, Ramos, Ronaldo va Santa Krusning xavfli yurishlari esda qoldi.


14` Burchak to'pidan so'ng "Real" himoyachilari xavfni bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.


13` "Malaga"!!!!!!!!! Eslaysizmi, Roke Santa Krus degan hujumchini? Rokening boshi bilan yo'llagan zarbasini Kasilyas maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi!! Ajoyib o'yin!!!


12` Ronaldo!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Ajoyib imkoniyat va kuchli zarba! Kameni!!!! "Malaga" darvozabonidan chiroyli "seyv"!!!!!!!!!


11` Jarima maydonchasi ichida "Real" futbolchisi yiqildi va bosh hakamga qarab, penalti so'radi. Hakam esa etibor ham qilmadi. Penalti yo'q edi.


10` "Real" uchrashuvga joziba olib kirdi. Ketma-ket hujumlar "yomg'iri" boshlandi.


8` Uhhhh deydigan vaziyat bo'lgandek bo'ldi. Serxio Ramos o'z uslubida, yani boshi bilan darvozani ishg'ol etmoqchi bo'ldi. Ammo Kameni bunga yo'l qo'ymadi. Takroriy lavhada o'yindan tashqari holat bo'lgani ko'rinib qoldi. Ha, endi tushundim nega Kameni laynsmenga "tashlanganini"...


6` O'yindagi birinchi standart vaziyatini mehmonlar tepishdi. Burchak to'pidan oshirib berilgan to'pga Benzema boshi bilan zarba berdi. Noaniq.


5` To'p "Malaga" futbolchilarida. "Real" hozircha oldinga borishga shoshilmayapti.


4` "Real"da Modrich, "Malaga"da Amrabat yo'q.


3` Ilk zarba. Garet Beyl darvozani o'qqa tutmoqchi bo'ldi. Kameni o'z o'rnida.


2` Futbolchilar uchrashuvni shoshilmagan holda asta-sekin boshlashmoqda.


1` O'yin boshlandi! Biz ham boshladik...


- Uxlab qolgan muxlislarni jamosi mag'lub bo'lishi mumkin. Uxlab qolmang...)


- Barcha muxlislar o'z joylariga joylashib olishsin. Bir necha soniyalardan so'ng "Malaga" - "Real" o'rtasidagi bellashuvga start beriladi. "SA"ni "yangilab" turishni unutmang :-)


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- Ha aytgancha, xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Ispaniya chempionati 13-tur doirasidagi "Malaga" - "Real" bellashuvidan matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Kichik tanaffusdan so'ng yana Siz bilan birga qiziqarli uchrashuvlarning birida g'oyibona uchrashib turganimizdan xursandman. Uzoq safarlar va tadbirlar bois bazi tur o'yinlarida "ko'risholmadik". Buning uchun Sizlardan uzr so'raymiz. Demak hamma tayyor, a?


- Uchrashuv soat 00:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика