So’nggi yangiliklar

16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  36 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3

Ispaniya. 18-tur prevyusi Yangiliklar

Ispaniya. 18-tur prevyusi

Etiboringizga Ispaniya La Ligasi 18-tur o'yinlarining prevyusini taqdim etamiz.

\

4 yanvar, shanba
20:00. Malaga - Atletiko

Ispaniya chempionatining yangi yildagi birinchi turi 4-4-2 sxemasi bo'yicha tashkil etiladi. SHanba kuni 4ta uchrashuv, yakshanba kuni 4ta va dushanba kuni yana 2ta bahs bo'lib o'tadi. O'yinlar bir vaqtda bo'lib o'tmaydi va shu sababli tomoshabinlar barcha uchrashuvlarni bevosita tomosha qilishlari mumkin. Bu ishni birinchi uchrashuvdanoq boshlashni tavsiya qilamiz. Yangi yilning birinchi uchrashuvida 1-o'rinni kataloniyaliklar bilan bo'lishayotgan matraschilar Malagaga qarshi maydonga tushadilar. "Atletiko"da tayanch zonasida bazi bir muammolar mavjud. Anchadan buyon jarohatini davolayotgan Mario Suaresdan tashqari, sariq kartochkalari ko'payib ketgan Gabi va Raul Garsiya ham maydonga tusha olmaydilar. SHunday ekan asosiy tarkibda Tiago maydonga tushadi. Unga esa Koke yordam bersa ajabemas. Ammo bu hujumkorlik koeffitsienti pasayishiga olib kelishi mumkin. "Atletiko"ning muammolari jiddiy, lekin hal qilsa bo'ladigandek. Diego Simeone shogirdlari nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonishlari va asosiy raqib Barselonani qo'yib yubormasliklari zarur. Axir keyingi turdayoq indeyslarni Tata Martino boshchiligidagi futbolchilarga qarshi to'qnashuv kutib turibdi.
Uchrashuv yakunlandi va unda "matraschilar" 1:0 hisobida zafar quchishdi.
"SA" taxmini  0:2.


22:00. Valyadolid - Betis
Yangi yilga "Betis" umid ko'zlari bilan boqmoqda. Agarda bodringlar ustozi kichik tanaffusni bekor o'tkazmagan bo'lsa, "Valyadolid"ga qarshi uchrashuvda hech bo'lmasa 1 ochko olish ularning qo'llaridan keladi. Boz ustiga "Valyadolid"ning asosiy quroli Ebert jarohat olgan va uchrashuvda qatnasha olmaydi.
Uchrashuv 0:0 hisobida yakun topdi. 
"SA" taxmini  1:1.

23:59. Valensiya - Levante
"Valensiya"ning ishlari havas qilgudek emas. Yangi yil ostonasida murabbiyini almashtirgan valensiyaliklar Evropa Ligasi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kirita oldilar. Yangi murabbiy Picci "Valensii" ustozi sifatidagi birinchi o'yindayoq derbiga duch kelmoqda. Jamoaning barcha etakchi futbolchilari safda, raqib "Levante" haqida esa bunday deya olmaymiz. Baba, Ektor Rodas i David Navarro jarohatlanganlar. Xuanfran avvalgi uchrashuvda juda ham shubhali qizil kartochka olgan va bu o'yinni u ham o'tkazibyuboradi. "Levante"ning apellyaciyalariga qaramay, himoyachi oqlanmadi.
Valensiyada bo'lib o'tgan keskin va murosasiz to'qnashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alabani tantana qildilar.
"SA" taxmini  3:1.


00:59. Almeriya - Granada
"Almeriya" o'z maydonida unchalik ham yaxshi o'yin ko'rsata olmayotganlar qatorida oldingi o'rinlarni egallabturibdi. Sakkiz uchrashuvda bittagina g'alaba (safarda esa uch bor zafar quchganlar), "Granada" esa o'zining 20 ochkosidan 14tasini mehmondagi o'yinlarda qo'lga kiritgan. Ko'rinibturibdiki bu to'qnashuvda o'z maydonida to'p surayotgan jamoada biroz ustunlik bor,chunki nima qilsa ham u o'z maydonida harakat qiladi deb bo'lmaydi.  Salohiyat jihatdan jamoalar teng kuchlidek, go'yo. Umuman olganda bu jangda "Granada"ning imkoniyati yaxshiroq, lekin katta farq bilan emas.
Kutilmaganda "Almeriya" sermahsul o'yin ko'rsatib barchani lol qildi. Mehmonlar raqib darvozabonini biror marta ham ranjita olmaganlari etmagandek, o'z darvozalaridan kam emas, ko'p emas naq 3ta to'p o'tkazibyubordilar. Bu La Liganing o'rtamiyona jamoalari bahsi uchun katta tafovut albatta. 
"SA" taxmini  1:1.

5 yanvar, yakshanba
16:00. Sevilya - Xetafe

Unai Emeri boshchiligidagi "Sevilya" ajoyib sport formasida. Buni so'nggi  uchrashuvdagi to'rt g'alaba va birgina durrang ham tasdiqlab turibdi. "Xetafe" esa yilni ko'tarinki ruhda yakunlay bilmadi. Mehmonlar oxirgi olti uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozona oldilar va evrokuboklar uchun kurashish imkoniyatini beruvchi o'rinlardan ham tushib ketdilar.
"SA" taxmini  2:1.



20:00. Barselona - Elche
Lionel Messi juma kuni umumiy mag'ulotlarga qo'shildi. "Mini Estadi" stadionida bo'lib o'tgan mashg'ulotni 13 200 muxlis tomosha qilgan va argentinalik futbolchi xett-trik qayd etgan. Lekin "Elche"ga qarshi bahsni Messi shunchaki o'tkazibyuborsa kerak. Lionelning qaytishi keyingi uchrashuv, Kubok bahsida "Xetafe"ga qarshi uchrashuvda bo'lishi haqiqatga yaqinroq. SHunda u "Atletiko"ga qarshi bo'ladigan keyingi tur uchrashuviga to'liq tayyor bo'ladi. "Elche"ga qarshi o'yinda maydonga Buskets aniq tushmaydi. U atayin beshinchi sariq kartochkasini ishlab oldi. Axir oldinda "Atletiko"ga qarshi o'yin bor. Bunday vaziyatlarda hazillashibbo'lmaydi. Dani Alves ham ko'p ehtimol bilan maydonga tushmasa kerak. Futbolchi xuddi oddiy odamlar kabi gripp bo'lib qolgan va harorati biroz ko'tarilgan. Lekin bu "Barselona"ga "Elche"ga qarshi o'z maydonida ishonchli g'alabaga erisha olmasli uchun arzirli bahona yoki sabab bo'la olmasa kerak albatta. Umuman olganda "Barselona" odatda yangi yil tatillaridan so'ng bo'ladigan bahslarda unchalik yorqin o'yin namoyish eta olmaydi, qo'shimchasiga Busketsning yo'qligi o'yin sifatiga o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi.
"SA" taxmini  3:1.

22:00. Osasuna - Espanol
Yaqinda "Osasuna" mehmondo'stlik namunasi sifatida etirof etila boshlansa ajab emas. Oxirgi to'rt uchrashuvda to'rtta durang.
"SA" taxmini  1:1.

23:59. Real Sosedad - Atletik
Basklar derbisiga o'zaro juda inoq bo'lgan do'stlar beshinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallagan holda etib keldilar. Bu ikki jamoa uchun ham maqtanishga arzigulik natija.  "Real Sosedad" ishtaha tanovvul paytida keladi deyilgan-ku, degandek bundan ham ortig'ini hoxlab qoldi. San-sebastyanliklar CHempionlar Ligasida qatnashib ko'rishdi va bu natijani takrorlash istagida yonmoqdalar. Buning uchun esa o'zlarining bevosita raqiblari bo'lmish "Atletik"ni engishlari va oradagi farqni qisqartirishlari zarur.
 "SA" taxmini  2:2.



6 yanvar, dushanba
23:00. Real - Selta

"Qaymoqranglilar" yangi yilda o'yin o'tkazishga ulgurgan yagona ispan jamoasi. 2 yanvar kuni Qatarda madridliklar 1:0 hisobida "PSJ"ni mag'lub etishdi. U uchrashuvda asosiy tarkib, bor kuch ishga solinmagan bo'lsa ham, endigi o'yin jiddiy bo'lishi aniq. CHunki chempionlikni orzu qilayotgan Karlo Anchelotti shogirdlari ochko yo'qotishlari mumkin emas. Hujum chig'ining barcha vakillari safda shu sababli "Selta" himoyachilariga havas qilmasak ham bo'ladi.
"SA" taxmini  4:1.

01:00. Rayo Valekano - Vilyarreal
"Rayo"ning so'nggi to'rt uy uchrashuvida mag'lubiyatdan boshi chiqmayapti va turnir jadvalining so'nggidan ikkinchi pog'onasini egallab turibdi. "Vilyarreal" ham yilni unchalik omadli yakunlay olmadi va CHempionlar Ligasi hududidan tushib ketdi. Har ikki jamoaning o'yini borasida avvaldan bir nima deb bo'lmaydi. Mehmon futbolchilar mahorat bobida ustunliklariga shubha yo'q, ammo ularning ishongan tog'lari Kani jarohatidan butkul qutulib ulgurganicha yo'q. "Rayo Valekano"ning esa yo'qotadigan narsasi qolmagandek, aynan shu sababli ham uchrashuv keskin kurashlar vaqiziqarli vaziyatlarga boy bo'lishini tahmin qilish mumkin.
"SA" taxmini  1:2.

Ispaniya chempionati musobaqa jadvali

Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика