So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  4 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ispaniya. 17-tur prevyusi Yangiliklar

Ispaniya. 17-tur prevyusi

Etiboringizga Ispaniya La Ligasi 17-tur o'yinlarining prevyusini taqdim etamiz.

21.12 00:30    Elche     - : -    Malaga
21.12 20:00    Villarreal      - : -    Sevilla
21.12 22:00    Real Betis    - : -    Almeria
22.12 00:00    Atletico Madrid    - : -    Levante
22.12 02:00    Granada      - : -    Real Sociedad
22.12 16:00    Espanyol    - : -    Valladolid
22.12 21:00    Getafe      - : -    Barcelona
22.12 23:00    Athletic Bilbao    - : -    Rayo Vallecano
23.12 01:00    Celta Vigo    - : -    Osasuna
23.12 01:00    Valencia      - : -    Real Madrid


21 dekabr. "Elche" - "Malaga"

Bahs Estadio Manuel Martinez Valero stadionida bo'lib o'tadi. 16-turda Levantega tashrif buyurgan elcheliklar 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Tabiiyki, o'z muxlislari ko'z o'ngida g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va harakat ikki barobar bo'ladi. Ayniqsa, ketma-ket ikki bor mag'lub bo'lish La Ligada qolish niyatida bo'lgan jamoa rejalariga kirmasligi aniq.

Raqib mehmonga yaxshi kayfiyatda kelayotgan "Malaga" bo'lsa ham. Bernd SHuster shogirdlari 15-dekabr kuni bo'lgan bahsda "Xetafe"ni Santa Kruzning yagona goli evaziga mag'lub etdilar. Avvalgi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurashgan "Malaga"ning bu mavsumdagi ishlari qovushmayapti. Qiziq tomoni, bu ikki raqib 16 turdan so'ng bir xil 17 ochkodan to'plashgan va turnir jadvalinida "qo'shnichilik" qilishmoqda. O'zaro uchrashuvlar tarixiga qarasak faqatgina mezbon jamoa g'alabaga erishganini kuzatamiz. Bo'lib o'tgan to'rt uchrashuvning ikkitasida Elche va qolgan ikkitasida Malaga zafar quchgan. Yana bir jihat ushbu jamoalar to'qnashuvida ikkita gol urgan klub albatta ustun kelgan. Barcha uchrashuvlarda mehmon jamoa  faqat bir marotaba gol kiritilgan ("Malaga").

"Elche" Ispaniya Kubogi bahslarida "Vilyareal"ga ikki uchrashuv natijasi bo'yicha mag'lub bo'ldi va endi Fran Eskriba shogirdlari hech bo'lmasa chempionatda ijobiy natija qayd etish uchun harakat qiladilar. Bu mavsum bo'yicha aytsak, o'rtamiyona jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligi.

Maydonga tusha olmaydiganlar:
"Elche"                        "Malaga"
Lombán                        M. El Hamdaoui    
Manu                            Casado
Álvaro Giménez           Elizeu    
     
To'purarlar:
"Elche"                       "Malaga"
Koro 3ta                      Roke Santa Krus 4ta   
 

"SA" taxmini 55% - 45%


21 dekabr. "Vilyareal" - "Sevilya"

Turning markaziy uchrashuvlaridan biri "Kamp El Madrigal" stadionida shanba kuni oqshomida bo'lib o'tishi kutilmoqda. O'zaro uchrashuvlarda (jamoalar o'zaro olti bor to'qnash kelishgan) "Vilyareal" ikki bor, "Sevilya" ikki bor va yana ikki bor durrang natija qayd etilgan. Qisqasi hammayoqda oddiygina ikki. SHubhasiz mezbon jamoa muxlislari yoqimtoylarining yana bir g'alabasiga guvoh bo'lish maqsadida kelishlari aniq.

Marselino Garsiya shogirdlari o'z maydonlarida oktyabr oyidan buyon mag'lubiyatga uchramaydilar. Jamoa turnir jadvalining beshinchi pog'onasida bormoqda va yanada yuqoriga ko'ratirilish keyingi mavsumda CHempionlar Ligasi yo'llanmasini naqd qilish demakdir. Bu esa o'zga turnir, o'zgacha futbol va albatta maqtanishga arzigulik natijadir. Eslatib o'tish joizki "Vilyareal" bugungi kundagi Ispan futboli peshqadamlari bo'lmish "Real" va "Atletiko"dan ochko tortib olishga muvaffaq bo'lgan kam sonli jamoalardan biri.

16-turda esa Kataloniyada "Barselona"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldilar. Endi esa taqibchilarni mag'lub etish eng kerakli vazifa bo'lsa ajab emas. Lekin navbatdagi raqib ham anoyilardan emas. 7- pog'onada borayotgan "Sevilya" bu mavsumdagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar va mutaxassislar etirofiga sabab bo'lmoqda. Unai Emeri boshchiligidagi jamoa La Liganing oldingi turida 4-pog'onada borayotgan "Atletik" bilan durrangga imzo chekdi (1:1).

5-7 o'rinlarda borayotgan jamoalar o'yinida jamolar 3 emas 6 ochko uchun bahslashadilar desak xato bo'lmasa kerak. Jamoalar o'rtasidagi farq 5 ochko va g'alaba qozongan taqdirda "Sevilya" raqibiga deyarli etib oladi. Avvalgi turda g'alaba qozona olmagan va kuchli to'rtlikka kirishga intilayotgan jamoalar to'qnashuvi.

Maydonga tusha olmaydiganlar:
"Vilyareal"        "Sevilya"
Cani                      N. Pareja
Farinós                 M. Marin    
                             D. Cheryshev    
                             Cicinho    
                             S. M'Bia
To'purarlar:
"Vilyareal": Jovani dos Santos 6ta          

"Sevilya": Ivan Rakitich va Karlos Bakka 7tadan

"SA" taxmini 55% - 45%


21 dekabr. "Betis" - "Almeriya"

Sentyabrdan buyon g'alaba qozona olmayotgan "Betis" futbolchilari har safar ana endi qo'limiz baland keladi deya maydonga tushib, to'qqizta uchrashuvni ham o'tkazib bo'lishdi. Raqib kim bo'lishi, qaysi maydon bo'lishidan qatiy nazar raqibni hafa qilmayotgan Karlos Garrido shogirdlari turnir jadvalining "faxrli" 20-pog'onasini egallab turishibdi. Undan yomonroq natija qayd etishning iloji yo'q. Agar buning iloji bo'lganda u ham aynan shu jamoa futbolchilariga tegishli bo'lardi. Bunga shubha qilmasangiz ham bo'ladi.

Ispaniyaning 1934/35-yilgi mavsum chempioni so'nggi yillarda chempionlikni tushlarida ham ko'rmay qo'yishgan.

Jamoa bu mavsumdagi 16 uchrashuvning faqatgina bittasida g'alaba qozondi. Navbatdagi raqib esa uch bor zafar quchgan. Bu kim, qaysi jamoa deysizmi? Bu "Almeriya". Fransisko Rodriges ("Almeriya" bosh murabbiyi) shogirdlari avvalgi tur uchrashuvida "Espanol"ni kutib oldilar va raqiblar murosa ko'chasini tanladilar (0:0). Jamoalar o'zaro 4 bor to'qnash kelganlar. "Betis" 2 bor g'alaba qozongan bo'lsa, "Almeriya" faqat 1ta bahsda zafar quchgan. Yana bir bor jamoalar durrang natija qayd etganlar. Autsayderlar to'qnashuvi - chinakam ishqibozlarga bu uchrashuv ham qiziq bo'lishi mumkin.   

Maydonga tusha olmaydiganlar:
 "Betis"                        "Almeriya"
G. Sara                          Rodri    
Xavi Torres    
B. Rodríguez    
D. Perki    
N. Igiebor

To'purarlar:
 "Betis"                        "Almeriya"
Xorxe Molina 6ta       Rodri 10ta

"SA" taxmini 55% - 45%


21 dekabr. "Atletiko" - "Levante"


Kubok uchrashuvida o'yindan, aynan o'yin, natija emas, ko'ngli to'lmagan Diego Simione o'z jamoasini chempionat bahsiga qay darajada tayyorlay olarkin? Raqib 11-pog'onadagi jamoa bo'lishiga etibor bermang. Madridning yana bir jamoasi "Real"ga qarshi munosib qarshilik ko'rsatgan va faqatgina 1ta to'p farqi bilan mag'lub bo'lgan "Levante"dan har nimani kutsa bo'ladi. Xoakin Kapparos shogirdlarining o'yini qovushib qolsa "raqib "Atletiko", deb o'tirmaydilar. Buning ustiga jamoa hujumchisi Barral oxirgi 3 o'yinda 3 bor raqib darvozasini ishg'ol etdi (avvalgi o'yinda dubl). "Qiyin bo'ladi lekin ish qovushib qolsa "matraschilar"ni ham mag'lub etishimiz mumkin" dedi jamoa himoyachisi Xuanfran. SHunday ekan "Levante" Madridga ochko ulashish uchun tashrif buyurmaydi. O'z navbatida "Atletiko" ham hech kimga ochko bergisi yo'q. Boz ustiga ikkinchi o'ntalikdagi klubga. SHHzaro uchrashuvlar tarixida ham "Atletiko"ning ustunligini ko'rish mumkin. Oltita uchrashuvning uchtasida "indeyslar" zafar quchgan bo'lsalar, bitta uchrashuvda durrang natija qayd etilgan. Mag'lubiyatga uchragan holda "Barselona"ni oldinga o'tkazib yuborishi mumkinligini chungan madridliklar bu uchrashuvda sensacion natija qayd etilmasligini taminlash uchun  uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq olg'a borishlarini kutish mumkin. 16-turdan so'ng 43ta gol urgan jamoadan boshqacha o'yinni kutish mumkinmikin o'zi?! Vanihoyat Ronalduga to'purarlar bahsida etib olgan Diego Kosta endi yakka hokimlikni hohlab qolishi tabiiy. Bunda unga David Vilya va Koke yaqindan yordam bersalar ajab emas. Avvalgi ikki turda "Barselona" va "Real" navbat bilan ochko yo'qotdilar, endi "Atletiko"ning navbatimi yoki argentinalik mutaxassis o'z jamoasi diqqatini yo'qotmasligini taminlay oladimi...   

Maydonga tusha olmaydiganlar:
"Atletiko" : M. Suares

"Levante": A. Ivanschitz, David Navarro, C. Lell, Héctor Rodas, Xumetra    

To'purarlar:
"Atletiko"                   "Levante"
Diego Kosta 17ta       Nabil el-Jar 4ta

"SA" taxmini 65% - 35%


22 dekabr. "Xetafe" - "Barselona"


20ta o'zaro o'yinning 16tasida "Barselona" zafar quchgan, 3tasida durrang natija qayd etilgan bo'lsa, yana 3ta bahsda "Xetafe"ning g'alabasi qayd etilgan. SHuning o'zi to'qnashuvda kim favorit ekanligini ko'rsatib turibdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bir hafta muqaddam "Malaga"ga kichik 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan "Xetafe" endi o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Turnir jadvalining kuchli sakkizligini yakunlab berayotgan "Xetafe" 16 uchrashuvda 18 bor raqib darvozasini ishg'ol eta olgan. Bu esa "Barselona"ning ikki futbolchisi Aleksis Sanches va Lionel Messining umumiy gollari soniga teng holos. Axir "ko'k-anorranglar" safida bundan tashqari bir qator yulduzlar harakat qiladilar.

Lekin, ammo, biroq, Tata Martinoga bu turda chinakamiga qiyin bo'lishi mumkindek. Sabab, oxirgi turlarda avvalgichalik ishonch bilan o'ynay olmayotgan barsachilarga bu turda Neymar ham yordam bera olmaydi. "Messi yo'qligida bizni aynan Neymar olg'a boshlamoqda", bu so'zlar jamoa himoyachisi Adrianoga tegishliligidan xabaringiz bo'lsa kerak.

Qiziq, endi braziliyalik vunderkind ham yo'q, ana endi kim o'sha o'ziga xos etakchiga aylanarkin? Balki Inesta?! Darvoqe ushbu ispan yarim himoyachisi jamoa bilan yangi 2018 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Uchrashuv "Xetafe" maydonida bo'layotgani va "Barselona" tarkibidagi muammolar" bu uchrashuvga biroz intriga qo'shishi mumkindek. Ko'ramiz "Barselona" navbatdagi g'alabasini rasmiylashtirib chempionlik tomonga yana bir qadam tashlaydimi yoki...   

Maydonga tusha olmaydiganlar:
"Xetafe"                    "Barselona"
yo'q                              Viktor Valdes    
                                   Dani Alves    
                                   L. Messi    
                                   J. dos Santos    
                                   I. Afellay    
                                   Neymar
To'purarlar:
"Xetafe"                   "Barselona"
Pedro Leon 5ta       A.Sanches va L.Messi 8tadan

"SA" taxmini 40% - 60%


22 dekabr. "Valensiya" - "Real Madrid"

Ispan mutaxassislari turning markaziy uchrashuvi aynan shu to'qnashuv bo'ladi, degan fikrdalar. Darhaqiqat sekin asta o'ziga kelayotgan "Valensiya" o'z maydonida "Real"ga qarshi ikki karra ishtiyoq bilan harakat qiladi va hech bo'lmaganda ochko olish umidida maydonga tushadi. Kubok masalasini ijobiy hal etgan mehmonlar esa o'z navbatida xatto durrangga ham rozi bo'lmasliklari turgan gap. "SHundoq ham ko'p ochko yo'qotdik, uzr lekin g'alaba bizniki" bu prevyuni o'qiyotgan madridistlarning hayolidan o'tayotgan gap bo'lsa ne ajab?

Lekin hayol bilan hayot boshqa-boshqa dunyo ekanligini "Osasuna" amalda isbotlab qo'ydi. O'sha uchrashuvda "galaktikos" futbolchilari raqibni umuman mensimay harakat qilganlarini nafaqat jamoaning anti muxlislari balki mutaxassislar ham etirof etdilar. Darhaqiqat hisob 0:2 va Ramosning chetlatilishidan keyin ham madridlik yulduzlar chinakamiga o'yinga kirishish va gol urishga shoshmadilar.

Bu holat avval ham kuzatilgan, lekin "qaymoqranlilar" muxlislari baxtiga avvalgi uchrashuvlarda futbolchilar saviyasidagi katta tafovut yakuniy natija ijobiy bo'lishi uchun etarli bo'lardi, lekin o'sha kuni emas. Raqib ("Osasuna")ning to'purari Oriol Riera "Real" darvozasiga ham ikki bor gol urishga erishdi. Bunga javob berishi kerak bo'lgan Karlo Anchelotti jamoasi to'purarlari Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va 100 millionlik Garet Beyl ham gol ura olmadilar. Oqibatda jamoa qo'shhokimlardan yanada ortda qolib ketdi. "Atletiko" va "Barsa" 43tadan, "Real" 38ta ochko.

Har mavsumda chempionlik uchun kurashuvchi "blankoslar" bu safar raqibni uzoqlashtirib yuboroyotganday tuyulmayaptimi? Axir har ikki raqib ham ("Atletiko" va "Barsa") uncha-munchaga ochko yo'qotmayotgan bo'lsa. Navbatdagi mag'lubiyat "Real"ni chempionlik kurashidan deyarli chiqarib yuborishi mumkin. SHu sababli ham Karlo Anchelotti jamoasi birinchi daqiqalardanoq hazilga berilmay, uchrashuvga jiddiy yondashishlarini so'rashi, talab etishi aniq. O'zaro uchrashuvlarga to'xtalsak, oxirgi besh uchrashuvning faqatgina ikkitasidagina "Real" g'alaba qozona olgan. To'g'ri "Valensiya"da o'zaro to'qnashuvlarning so'nggi beshtasida umuman g'alaba yo'q, lekin nafaqat Ispaniya balki, Evropada hukmronlik yillarini qumsayotgan va o'sha davrlarni qaytarish niyatida bo'lgan "Real" uchun 5 uchrashuvda 2 g'alaba, maqtanishga arzigulik emasdek. Bu uchrashuvda jamoaning va umuman futbol tarixidagi ikki eng qimmat futbolchi Krishtianu Ronaldu va Garet Beylning maydonga qaytishi kutilmoqda.Qaytishi deyayotganimizning sababi, ularning ikkisi ham Kubok bahsida qatnashmadi.

Avvalgi ikki uchrashuvda Ronaldu gol ura olmagan. Bu portugaliyalik "zambarak" uchun ko'p vaqt. Axir uning o'zi futbol muxlislarini o'zining gollariga o'rgatib qo'ygan. Ayniqsa bu mavsumda ajoyib harakat qilayotgan Ronaldu, bu yil uning futbolchilik faoliyatidagi eng, englaridanligini o'zi ham takidladi. Uning azaliy va ashddiy raqibi Leo Messi jarohat

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика