Ispaniya. 14-tur Prevyusi
23 noy 2013 13:15
Yangiliklar


Ispaniya. 14-tur Prevyusi
23 noyabr. “Barselona” - “Granada”. 20:00
CHempionat peshqadami bu turda Lukas Alkaras shogirdlarini qabul qilishadi. Jamoa 17 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog'onasini band qilib turibdi. 13-tur bahsida "Nuevo Los-Karmenes" nomli uy stadionida "Malaga"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan mezbonlar tarkibida Marokashlik hujumchi Yussuf El-Arabi xet-trikga erishgan. "Ko'k-anor ranglilar" esa 37 ochko jamg'argan holda La Ligada karvon boshilik qilmoqda. Nafaqat ochko, balki to'plar nisbatida ham Xerardo Martino shogirdlari birinchilar. Gol urish borasida ham, himoyadagi ishonchli o'yin va eng kam gol gol o'tkazgan jamoa ham aynan kataloniyaliklardir. To'plar nisbati 38-8. Mezbonlar safida asosiy o'yinchilardan biri Lionel Messi uzoq muddatga safdan chiqqani etmagandek, jamoaning qanot himoyachisi Daniel Alves ham jarohati bois bu uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Lekin klub muhlislari yaxshi sport formasiga kirib ulgurgan hujumchi Aleksis Sanchesdan ajoyib o'yin va gollar kutishga haqlilar. CHunki chililik futbolchi jamoa to'purarlar ro'yxatida ikkinchi pog'onani egallab turibdi. SHuningdek "Granada" himoyachilari Neymarni ham jiddiy tarzda qo'riqlashlari zarur. 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan yosh braziliyalik iqtidor egasi 4 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Takidlash joizki Neymar jamoa uchun muhim uchrashuvlar va qiyin vaziyatlarda gol urmoqda. "Atletiko" Madrid bilan Kubok finalidagi goli "Barselona"ga g'alaba qozonish imkonini bergan bo'lsa. CHempionatning eng muhim o'yinlaridan biri "El-klasiko"da ham birinchi gol muallifi aynan Neymar edi. Ispaniyaning amaldagi chempionlari avvalgi turda Seviliya shahrining "Betis" klubi mehmoni bo'lib 4:1 hisobida zafar quchgan.
Qiziq ketma-ket jamoaviy rekordlarni yangilayotgan "Barsa"ga, "Granada" futbolchilari munosib qarshilik ko'rsata olisharmikan?
Jamoa to'purarlari: Lionel Messi - 8 (Barselona), Yussuf El-Arabi - 6 (Granada)
"SA" tahmini: “Barselona” 65%-35% “Granada”
23 noyabr. “Almeriya” - “Real Madrid”. 23:59
"Qaymoqranglilar" avvalgi turda, yaxshi o'yin ko'rsatayotgan "Real Sosedad"ni qabul qildilar. CHLda qatnashayotgan Yagoba Arrasate shogirdlari kimsan "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynashdi. Madridga yo'l olishdan avval o'z maydonida Osasuna darvozasiga 5 ta javobsiz to'p yo'llagan sosedadliklar "Qirololik klubi"dan aynan shuncha gol o'tkazib yuborishdi. Aksiga olib FIFA prezidenti Blatter aynan shu uchrashuvdan avval madridliklar yulduzi Krishtianu Ronalduning jig'iga tegdi. Bunga javoban Ronaldu Klaudio Bravo darvozasiga 3 ta gol kiritdi. SHuningdek Karim Benzema va Sami Xediralar ham bittadan gol muallifiga aylanishdi. Mehmonlar tarkibida Antoni Grizman juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Real" 31 ochko bilan turnir jadvalida "Barselona" va "Atletiko" Madriddan so'ng 3-urinni egallab turibdi. Lekin "Almeriya" ham bundan avvalgi uchrashuvni Rodrining goli evaziga o'z foydasiga hal etgan. Qiziq bir holat, bu gal ham "Osasuna"ni mag'lub etgan jamoa Karlo Anchelotti shogirdlariga qarshi maydonga tushadi. 15 ta gol urgan Fransisko Rodriges shogirdlari 24 bor o'z darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'lganlar. Bu statistikaga qarab, galaktikosni oson uchrashuv kutib turibdi deysizmi? Yo'q, "Almeriya" oxirgi 3 turda mag'lub bo'lmagan. Jamoa hujumchisi Rodri ketma-ket ikki uchrashuvda gol muallifiga aylandi. Buning ustiga turnir jadvalida sekin-asta yuqorilayotgan "Almeriya" o'z muxlislari ko'z o'ngida nomdor raqibga qarshi ikki xissa ishtiyoq bilan xarakat qilsa ajabmas.
JCH-2014 o'tish uchrashuvlari qaxramoni bo'lgan, La Liga to'purari Krishtianu boshliq madridliklar, oxirgi uchrashuvlarda ishonchli xarakat qilayotgan "Almeriya" darvozasiga yo'l topa olishadimi?
Jamoa to'purarlari: Rodri 7 (“Almeriya”), Krishtianu Ronaldu 16 (“Real Madrid”).
"SA" tahmini: “Almeriya” 30%-70% “Real Madrid”
24 noyabr. “Atletiko Madrid” - “Xetafe”. 02:00
Mavsumni ko'tarinki ruhda boshlagan "Atletiko" bu turda "Xetafe"ni qabul qiladi. O'tgan uchrashuvlarning 10 tasida raqib darvozabonlarini ranjita olgan Diego Kosta hanuz terma jamoa libosida maydonga tusha olmadi. Lekin bu muammolar unga klubda muntazam gol urishiga to'sqinlik qila olmayapti. "Matraschilar" safiga yozda kelib qo'shilgan David Vilya va Diego Kosta ajoyib juftlik xosil qilishdi desak, mubolag'a bo'lmas. CHempionatning so'nggi uch o'yinda bu ikki xujumchi maydonni golsiz tark etmagan. Uzoq muddat jamoani va jamoaviy o'yinni shakllantirgan Diego Simeone nihoyat niyatiga erishdi shekilli. Buni nafaqat natijalar (La Ligada 2-o'rin va CHempionlar Ligasi guruh bosqichida muddatdan oldin kafotlangan birinchi o'rin), balki jamoaning o'yini ham tasdiqlamoqda. Madrid derbisida o'yin bo'yicha g'olib bo'lgan "Atletiko", boshqa raqiblar bilan o'yinlarda unchalik qiynalmayapti ham. 13-turda "Villareal"ga qarshi uchrashuvda raqib himoyachisi Mario raqib darvozasini, o'ziniki bilan almashtirib qo'yganidan hayratga tushgan Xuanfran ham o'z jamoasi darvozasiga gol urib qo'yganini sezmay qoldi chamamda. "Xetafe" esa "Elche"ni qabul qildi. Sariq kartochkalarga boy bo'lgan uchrashuvda ikkita goldan ortig'iga vaqt topilmadi. Mezbonlar safida Pedro Leon gol muallifi bo'ldi. Avvalgi turlardagi uchrashuvlarga nazar solsak, 3 noyabr kuni "Valensiya"ga mag'lub bo'lgan Luis Garsiya shogirlari, undan avval (11 noyabr) mehmonda "Villareal"ni mag'lub etishgan 2:0. Jamoa 20 ochko jamg'argan holda, 6-o'rinda bormoqda. Endigi raqiblarning biri "Barselona"ni taqib etish bilan ovora bo'lsa, ikkinchisi CHempionlar Ligasi yo'llanmasini beruvchi 4-o'ringa intilmoqda.
Jamoa to'purarlari: Diego Kosta – 13 (“Atletiko Madrid”), Pedro Leon – 4 (“Xetafe”)
“SA” tahmini: “Atletiko Madrid” 60%-40% “Xetafe”
14-tur uchrashuvlari
22 noyabr. “Valyadolid” - “Osasuna”. 01:00
23 noyabr. “Barselona” - “Granada”. 20:00
23 noyabr. “Almeriya” - “Real Madrid”. 23:59
24 noyabr. “Atletiko Madrid” - “Xetafe”. 02:00
24 noyabr. Levante - Vilyarreal. 16:00
24 noyabr. Rayo Valekano - Espanol. 21:00
24 noyabr. Elche - Valensiya. 23:00
25 noyabr. Sevilya - Betis. 01:00
26 noyabr. Malaga - Atletik B. 02:00
13-tur uchrashuvlari
8 noyabr. Osasuna - Almeriya 0:1 (0:1)
9 noyabr. Granada - Malaga 3:1 (0:0)
9 noyabr. Real Madrid - Real Sosedad 5:1 (4:0)
9 noyabr. Xetafe - Elche 1:1 (1:0)
9 noyabr. Atletik - Levante 2:1 (0:1)
10 noyabr. Selta - Rayo Valekano 0:2 (0:1)
10 noyabr. Espanol - Sevilya 1:3 (1:2)
10 noyabr. Valensiya - Valyadolid 2:2 (1:1)
10 noyabr. Vilyarreal - Atletiko 1:1 (0:1)
10 noyabr. Betis - Barselona 1:4 (0:2)
"SA" versiyasi bo'yicha 13-turning "ramziy terma jamoasi":
ESTEBAN (Almeriya) - Federiko FASIO (Sevilya), PEPE (Real Madrid), Alexandro GALVES (Rayo Valekano) - Yasin BRAIMI (Granada), Sami XEDIRA (Real Madrid), Sesk FABREGAS (Barselona), KRISHTIANU RONALDU (Real Madrid) - Yussef EL-ARABI (Granada), Aric Aduris (Atletik), NEYMAR (Barselona).
"SA" versiyasi bo'yicha 13-turning "eng yaxshi futbolchisi":
13-turning eng yaxshi o'yinchisi so'zsiz "Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo'ldi. Portugaliyalik "Santyago Bernabeu"da navbatdagi shouni taqdim etdi. U "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda (5:1) odatdagidek jamoasi yutug'iga ulkan hissa qo'shdi. Krishtianu xet-trik qayd etdi. Takidlab o'tish kerak u bir-biriga umuman o'xshamaydigan gollarga mualliflik qildi. O'sha kecha u o'yindan, penaltidan va jarima zarbasidan zarbalar bilan raqib darvozabonini ranjitdi. SHuningdek, Krishtianu Karim Benzema gol urgan vaziyatda hammualliflik qildi!
15-tur uchrashuvlari
29 noyabr. Xetafe - Levante. 23:59
30 noyabr. Vilyarreal - Malaga. 02:00
30 noyabr. Elche - Atletiko. 20:00
30 noyabr. Selta - Almeriya. 22:00
30 noyabr. Real Madrid - Valyadolid. 23:59
1 dekabr. Espanol - Real Sosedad. 01:00
1 dekabr. Betis - Rayo Valekano. 16:00
1 dekabr. Granada - Sevilya. 21:00
1 dekabr. Valensiya - Osasuna. 23:00
2 dekabr. Atletik - Barselona. 01:00
Barcha jamoalarga omad tilaymiz!!!
Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi.

Fikrlar