Ispan klublari Evropadagi oxirgi 13ta kubokdan 12tasini qo'lga kiritishdi
17 may 2018 07:22
Yangiliklar


Ispan klublari Evropadagi oxirgi 13ta kubokdan 12tasini qo'lga kiritishdi
Atletiko Evropa ligasi finalida Marselni mag'lub etib (3:0) uchinchi bor musobaqada g'olib bo'ldi.
SHu tariqa, ispan klublari 2014 yildan boshlab Evropadagi 13ta kubokdan 12tasini qo'lga kiritishdi.
Faqat o'tgan mavsum Evropa ligasida Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi g'olib bo'lgandi. Oxirgi 4 yilda «Real» (3 marta ECHL, 3 marta Evropa Superkubogi), «Barselona» (ECHL va Evropa Superkubogi), «Sevilya» (3 marta Evropa ligasi) va «Atletiko» (Evropa ligasi) klublari evrokuboklarni qo'lga kiritib kelishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar