Ismoil Gonsalvesh "Paxtakor" safidagi debyut o'yinida gol urdi
05 mar 2018 21:22
Yangiliklar


Ismoil Gonsalvesh "Paxtakor" safidagi debyut o'yinida gol urdi
Portugaliyalik hujumchi debyut o'yinida "Paxtakor" uchun to'p kiritishga erishdi.
SHu tariqa u legionerlar orasida debyutida gol urgan 4-o'yinchiga aylandi. Ungacha Darko Markovich (2008, "Neftchi"), Sanibal Oraxovac (2012, "Buxoro") va Jora Oganesyan (2013, "Navbahor") o'zlarining chempionatdagi birinchi uchrashuvlarida raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishishgandi. Ismoil esa "So'g'diyona"ga qarshi bellashuvda 82-daqiqada penaltidan to'p kiritdi.
1-tur o'yinida himoyachi SHerzod Azamov ham "Paxtakor"dagi gollari hisobini ochishga erishdi. Buning uchun unga 11 o'yin kerak bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar