So’nggi yangiliklar

20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  6 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  0 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  0 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  21 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  7 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  1 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  33 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0

Islombek Toshpo'latov: “Avvalgi muvaffaqiyatsizliklarda jamoamizga faqat omad etishmadi” Yangiliklar

Islombek Toshpo'latov: “Avvalgi muvaffaqiyatsizliklarda jamoamizga faqat omad etishmadi”

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar futbolchisi Islombek Toshpo'latov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Islombek, “Lokomotiv” bilan uchrashuvdan keyingi taassurotlar qanday?

- Juda qiziqarli va murosasiz bahs kechdi. Mazkur bellashuvdagi muvaffaqiyat biz uchun juda muhim ahamiyatga ega bo'lgandi. Qolaversa, raqibimizga ham muvaffaqiyat zarurligi sabab qiziqarli uchrashuv bo'lib o'tdi. 

- G'alaba qay tariqa qo'lga kiritildi?

- Biz g'alaba haqli edik deb o'ylayman. CHunki bizda raqibga qaraganda, ko'proq vaziyatlar yuzaga keldi. SHuningdek, jamoaviy bo'lib, g'alaba qozonish uchun oxirigacha intildik. Natijada, muhim va qiyin bo'lgan 3 ochkoga ega bo'ldik. 

- Bu jamoangizning “Lokomotiv” ustidan qozonilgan dastlabki g'alabasi ekanligi sababli o'zgacha kayfiyat taqdim qilgan bo'lsa kerak?

- Ha, albatta. Bu muvaffaqiyat butun jamoamizga o'zgacha kayfiyat taqdim qilganligi rost. 

- Jamoaning ketma-ket mag'lubiyatlariga nima sabab bo'ldi?

- Faqat omad etishmadi deb o'ylayman. To'g'ri, biz ketma-ket mag'lubiyatlarga duch keldik. Bu esa turnir jadvalidagi holatimizga o'z tasirini o'tkazdi. Lekin o'sha bahslarda jamoadan omad ochiqchasiga yuz o'girdi. Har bir o'yinda 2-3ta gol urishimiz mumkin. Hal qiluvchi vaziyatda omadimiz kelmayapti va raqibga imkoniyatlarni boy berib qo'ydik. 

- “Surxon”ning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Albatta, biz Superligada qolish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. Barchasi o'z qo'limizda. Qolaversa, hozirda vaqtda bizdan tepada turgan jamoalar bilan ochkolar tafovuti u qadar katta emas. Oldinda turgan bellashuvlarda ijobiy natijalarga erishsak, albatta, vaziyatni o'zgartira olamiz. Ishonamanki, “Surxon” elitada qolishni uddasidan chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика