So’nggi yangiliklar

21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

Islombek Ismoilov: “Yozyovon-Lochinlari”ning asosiy maqsadi birinchi ligada jon saqlab qolish edi" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: “Yozyovon-Lochinlari”ning asosiy maqsadi birinchi ligada jon saqlab qolish edi"

“Yozyovon-Lochinlari” jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov “Ruxsor” TRKga yakuniga etgan mavsum borasida intervyu berdi.

 -  Ikkinchi davradan boshlab jamoani qabul qilib oldim. Birinchi navbatda jamoani o'zagini shakllantirib bergan sobiq bosh murabbiy Abdusamad aka Do'rmonovga rahmat aytaman. “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini qabul qilib olganimdan so'ng taktik jihatdan o'zgartirishlarni amalga oshirdim. Tashkiliy masalalar borasida oldinga qadam tashladik. Jamoani qabul qilganimdan so'ng imkon qadar “Yozyovon-Lochinlari”ni kuchaytirishga harakat qildim. Birinchi ligada debyut qilgan jamoa uchun 8-o'rin yomon natija emas deb o'ylayman.

- Farg'onaning yana bir jamoasi “Cemetchi” borasida qanday fikrdasiz ? Ular bu yil 4-o'rinni band qilishdi...
“Cemetchi” – tajribali jamoa. “Cemetchi” tarkibida yaxshi ijrochilar jam bo'lishgan. “Yozyovon-Lochinlari”ga qaraganda yuqori saviyali futbolchilar “Cemetchi”da o'ynaydi. Fikrimcha, “Cemetchi” bu yilgi mavsumda yaxshi taassurot qoldirdi.

-   “Yozyovon-Lochinlari” bu yil o'z oldiga qo'ygan vazifani bajardimi?
-   Ha.  Jamoa oldiga ligada jon saqlash vazifani qo'yilgandi.

-   Keyingi mavsumga-chi?
-    Tez kunda yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanadi. Hozir biron narsa deyish qiyin. CHunki futbolchilarimizga Oliy ligadan jiddiy takliflar bo'lyapti. Aslida bizning maqsad ham shu: Oliy ligaga iqtidorli futbolchilarni etishtirib berish.

-   “Neftchi”dan shogirdlaringizga takliflar bo'layotgani rostmi?
-   To'g'risi, hali rasman taklif bo'lgani yo'q. Ammo yaqinda “Neftchi” yoshlari bilan o'ynadik va futbolchilarimizga “Neftchi” murabbiylar shtabidan og'zaki takliflar bo'ldi, xolos.

-   Aslida “Yozyovon-Lochinlari”da “Neftchi” saviyasiga to'g'ri keladigan ijrochilar bor deb o'ylaysizmi?
-   Bilmadim.  Men uchun barcha shogirdlarim yaxshi ijrochi hisoblanadi. Menga yoqqan o'yinchi boshqa murabbiyga yoqmasligi mumkin.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика