So’nggi yangiliklar

09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  0 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  1 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  4 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  7 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14

Islombek Ismoilov: “Ikki nafar yosh futbolchilarimiz Ispaniyada ko'rikdan o'tishadi” Yangiliklar

Islombek Ismoilov: “Ikki nafar yosh futbolchilarimiz Ispaniyada ko'rikdan o'tishadi”

Teglar :  Islombek Ismoilov
Saytimizda Pro-Liga “V” guruhi ishtirokchisi O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov jamoadan ketganligi xaqida xabar bergan edik.

Biz Islombek Ismoilov bilan bog'lanib klubdan ketish sabablari hamda yosh murabbiyning kelajakdagi rejalari xususida suhbatlashdik.  

Assalomu alaykum Islombek! Eshitishimizga qaraganda “Iftixor” klubini tark etibsiz. Bunday qarorga kelishingizga qanday omillar sabab bo'ldi?
Ha to'g'ri, “Iftixor” klubi bosh murabbiyligidan ketdim. Bu klubdagi faoliyatim uzoqqa cho'zilmadi, jamoani bor yo'g'i 3 ta uchrashuvda maydonga boshlab tushdim xolos. Buni o'ziga yarasha sabablari bor. Asosiy sabab sifatida shuni aytishim mumkinki, meni bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirmoqchi bo'lgan loyihalarim bor edi, “Iftixor” klubi murabbiyligi bilan band bo'lib, ushbu loyihalarni amalga oshirishga vaqt etmay qoldi. Bu borada klub rahbariyati bilan gaplashdim, tushuntirdim, ular meni aytganlarimni to'g'ri qabul qilishdi va do'stona xayrlashdik. “Iftixor” futbol klubining keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman.

Farg'onada yosh futbolchilar ishtirokida “Goalstar” ligasi tashkil etilganligidan xabarimiz bor. Ushbu liga haqida malumot berib o'tsangiz...
Farg'onada bolalar futboli bo'yicha alohida turnir mavjud emas edi. To'g'ri klublar tomonidan yosh futbolchilar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari muntazam tashkil etilmoqda, lekin alohida liga yo'q edi. Biz shu masalani o'ylab ko'rib, yangi loyiha – yosh futbolchilar o'rtasida“Goalstar” ligasini tashkil etish rejasini ishlab chiqdik. Bu loyiha “Farovon” futbol klubi tashabbusi bilan amalga oshirildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Dastlab bu loyihasini amalga oshirish bo'yicha Farg'ona viloyat futbol federaciyasiga murojaat qildik. Bizning murojaatimizga ijobiy javob berildi. SHundan so'ng  musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar murabiylari bilan bog'landik va ushbu turnir Nizomini ishlab chiqdik. Hozirgi kunda “Goalstar” ligasida 6 ta jamoadan yosh futbolchilar ishtirok etib kelishmoqda. Bu yilgi musobaqalar sinov-tajriba ko'rinishida o'tadi, agar ijobiy natija bersa, keyingi mavsumda bu turnirni yanada rivojlantirish, yanada ko'proq jamoalarni musobaqaga jalb etish niyatimiz bor.Musobaqa ikki davrali tizimda uy safar ko'rinishida 16-sentyabrdan 18 noyabrga qadar davom etadi. Hozir bu musobaqa 3 yosh toifasida: 2009, 2007, 2006-yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida o'tkazilmoqda. Yuqorida aytganimdek bu yil tajriba tariqasida o'tayotgan musobaqa ijobiy natija bersa, yanada ko'proq yosh futbolchilarni ushbu turnirga jalb etish rejamizda bor.

“Farovon” futbol klubi tarbiyalanuvchilari, yani sizning shogirdlaringiz xorijiy futbol klublari tarkibiga ko'rikdan o'tish uchun ketishayotganligi haqida eshitdik...
Yaqinda O'zbekiston Futbol Assosiaciyasi tomonidan Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi bilan xamkorlikda loyiha amalga oshirildi. Loyihada Ispaniyadan tashrif buyurgan futbol mutaxassislari viloyatlardan kelgan yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdi. Ushbu jarayonda bizning “Farovon” futbol klubidan ham 6 nafar yosh futbolchilar ishtirok etishdi. SHu 6 nafar yosh futbolchilarimizdan 2 nafari A.Muxtorov va Z.Xatamjonovlar ispaniyalik mutaxassislar etiboriga tushdi. Ular ushbu loyiha doirasida shu oyning 28-kuni Ispaniyaning Madrid shahriga jo'nab ketishadi. Madridda ular 10-15 kun davomida ko'rikdan o'tishadi. Albatta bizning “Farovon” futbol maktabidan ham shunday Evropaning nomdor klublari tarkibida ko'rikdan o'tish uchun yosh futbolchilarning borishi bizni xursand qilmasdan qolmaydi. Mana shunday loyihalarni amalga oshirayotganligi uchun O'zbekiston Futbol Assosiaciyasiga klubimiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.                          


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика