So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  6 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  2 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  15 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Islombek Ismoilov: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik"

O'zbekiston Kubogining 2-turi doirasida "Lokomotiv"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin "Turon" bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- Avvalo muxlislarimizga rahmat aytaman. SHunchalik kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. O'yinga keladigan bo'lsak, boshida raqibga qaraganda bizda ko'proq vaziyatlar bo'ldi. Lekin foydalana olmadik. Jamoam bugun mag'lubiyatga loyiq o'yin namoyish qilmadi deb hisoblayman. Futbolchilardan minnatdorman, o'yin davomida ular yaxshi mehnat qilishdi, ko'rsatmalarni bajarishdi. Birgina xato o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi. Istaymizmi yo'qmi, yutqazayotgan jamoa oldinga o'tishga harakat qiladi. Hujumda ko'p kuch sarflab yubordik. Himoyadagi xatolar sababli ikkinchi golni ham o'tkazib yubordik. O'yin tomoshabop bo'ldi, ikki tomon ham ochiq o'yin namoyish qildi.

- O'zbekiston Kubogida jamoaning oldiga qanday maqsad qo'yilgan?
- Har bir jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yadi. Birinchi navbatda guruh bosqichidan o'tib olishimiz kerak.

- O'tgan mavsum Pro-Ligada eng yaxshi bo'lgan Abdulaziz Abdurashidxonov bu mavsumda o'zini ko'rsata olmayapti. Balki unga Superliga darajasi qiyin bo'layotgandir.
- Bugun u ikkinchi bo'limda maydonga tushdi. Yomon o'yin ko'rsatmadi. O'yinidan qoniqish hosil qildim. Lekin baribir Superliga havosiga moslashib ketish oson emas. Faoliyatidagi ilk mavsumini Pro-Ligada o'tkazib, navbatdagi mavsumning o'zida Superliganing asosiy futbolchisi bo'lish uchun katta mehnat talab qilinadi. Qaysidir vaziyatlarda unga tajriba, mahorat etishmayapti. Lekin uning kelajagi porloq. Agarda ishlashda davom etsa, u "Turon"ning eng oldi futbolchisi bo'la oladi.

- Darvozabonlar borasida selekciya ishlari bo'ladimi? Ushbu mavsumda "Turon" darvozabonlar sababli jabr chekmoqda.
- Ha, darvozabonlik chizig'i biz uchun eng nozik nuqta. O'tgan mavsum davomida ushbu chiziq sababli juda ko'plab ochkolar yo'qotdik. O'zimizga mos keladigan darvozabon izlayapmiz, bu borada ishlar davom etmoqda. Menimcha butun O'zbekistonda darvozabonlik muammo. Yaxshi saviyadagi darvozabonlarning esa o'z klublari bilan shartnomalari bor.

- O'zbekiston Kubogida VAR tizimining yo'qligi qanchalik yaxshi yoki yomon?
- CHempionatda VAR tizimidan foydalanilmoqda. Menimcha, O'zbekiston Kubogida ham bu tizimdan foydalanish kerak. Biroq shu kunga qadar faqatgina "Lokomotiv"ga qarshi o'yinimizda VAR tizimi ishladi. Undan keyingi o'yinlarda buni ko'rganim yo'q. VAR bo'ladimi yoki yo'q, vazifamiz - maydonda chiroyli o'yin namoyish qilish.

- O'zbekiston Kubogida javob o'yinlari yo'q. Balki, chorak finaldan boshlab javob o'yinlarini tashkil qilish kerakdir?
- PFL karantinni inobatga olib, bu narsalarni ham hisoblab chiqqan. Balki navbatdagi bosqichda uy-safar tizimi bo'lsa, qiziqarlilik osharmidi. SHu orqali musobaqaning nufuzi yanada ko'tarilardi deb o'ylayman. Bu mening shaxsiy fikrim. Ammo nima bo'lgan taqdirda biz barcha o'yinlarda ishtirok etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика