So’nggi yangiliklar

01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  0 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0 00:48ПСЖ "Фламенго"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратиб, ФИФА Қитъалалара кубогини қўлга киритди!  14 00:22МЮ Марокаш устидан ФИФАга шикоят қилди  1 00:21Испания кубоги. "Талавера" - "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ  0 23:52"Барселона" "Айнтрахт"дан мухлислар етказган зарарни қоплашни талаб қилмоқда  1 23:29Англия лига кубоги. "Манчестер Сити" – "Брентфорд". Ҳусанов асосий таркибда ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  8 23:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси даврозабони "Андижон"га ўтмоқда  2 22:58Туркия кубоги. "Ризеспор" "Газиантеп"ни йирик ҳисобда таслим этди. Алиқулов 72 дақиқа ўйнади  0 22:25Кейн Бундеслигада Левандовскининг рекордини янгилаш ҳақида гапирди  0 21:58"Максфилд Таун"нинг 21 ёшли футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 21:2938 ёшли Суарес "Интер Майами" билан шартномасини бир йилга узайтирди  0 20:46Флик "Барселона" ҳақидаги маълумотларни матбуотга сиздираётган футболчини қўлга туширди  8 20:21ФИФА ЖЧ-2026 иштирокчилари учун рекорд миқдорда соврин пуллари беради  7 20:21ФИФА ЖЧ-2026 иштирокчилари ўртасида рекорд даражадаги пулни тақсимлайди. Ўзбекистон терма жамоаси қанча олади?  10

Islom To'xtaxo'jaev: Bir jamoa bo'lib maqsadimiz sari intilyapmiz Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: Bir jamoa bo'lib maqsadimiz sari intilyapmiz

Birlashgan Arab Amirliklarida o'z qishki yig'inlarini davom ettirayotgan Lokomotiv mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.
Mashg'ulotlarda asosan nimalarga etibor berilayotganini bilish maqsadida jamoamizning ishonchli, kuchli va istedodli himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevni suhbatga tortdik.

- Islom, mana 9 kundirki jamoa Abu Dabi shahrida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Murabbiylar shtabi asosan ushbu tayyorgarlik davomida nimaga etibor berishmoqda?

- Dastlabki kunlarda biz jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratdik. Ayni damda esa murabbiylarimiz bizga maydonda o'z o'yinimizni tashkil etish borasida saboq berishmoqda. Xar hil taktik sxemalar ustida ishlayapmiz. Mashg'ulotlarimiz kuniga ikki martadan davom etmoqda.

- Birlashgan Arab Amirliklariga kelib 12 yanvar kuni Qozog'istonning Qayrat klubiga qarshi o'ynadinglar. Ushbu o'yin haqida ikki og'iz so'zlab bersangiz.
- Qayrat klubida jismonan kuchli futbolchilar o'ynar ekan. Bizda olma-otaliklar darvozasini ishg'ol etish uchun ko'p vaziyatlar bo'ldi. Biz ushbu vaziyatlarni bittasidan foydalandik. Mavsum hali boshlanmagan va bu oddiy holat. Hali oldinda Pekin Goan, SHaxtyor kabi kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlarimiz bor.

- Jamoada ayni damda O'zbekistonning kuchli futbolchilari jam bo'lishgan. Tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar va klubda vujudga kelgan kuchli raqobatni qanday baholaysiz?

- Tarkibga jalb etilgan barcha futbolchilar o'z chiziqlarida haqiqatdan ham kuchli futbolchilar. Ular bilan terma jamoada birga o'ynaganmiz. Bir birimizni tushunishda hech qanday qiyinchilik bo'layotgani yo'q. Legionerlarimiz ham kuchli futbolchilar. Bir jamoa bo'lib maqsadimiz yo'lida harakat qilyapmiz. Raqobat albatta hech qachon ziyon keltirmagan. Bu futbolchiga yanada masuliyat yuklaydi va o'z ustida yanayam kuchliroq ishlashga undaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика