Islom To'xtaxo'jaev: "1-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olaman deb o'ylamagandim"
18 mar 2014 18:00
Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "1-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olaman deb o'ylamagandim"
Xabaringiz bo'lsa kerak, shanba kuni Namanganga safar uyushtirgan "Lokomotiv" 1:0 hisobida "Navbahor"ni mag'lub etgandi.
SHu kuni "temiryo'lchilar" safida eng yaxshilardan biri bo'lgan Islom To'xtaxo'jaev "SA"ning 1-tur ramziy terma jamoasidan ham o'rin oldi. SHu bois To'xtaxo'jaevni suhbatga chorladik.
- Avvalo "Navbahor" bilan o'tgan uchrashuv haqida to'xtaladigan bo'lsam, shu kuni maydonning xolati muxlislani chiroyli futbol bilan xursand etishga yo'l qo'ymasdi. SHuning uchun jamoamiz natija uchun kurashdi. CHempionatning ilk o'yini ham oson kechmaydi. Boz ustiga vodiyda muxlislar bilan to'lib-toshgan stadionda o'ynash ham oson emas. SHunday ekan bu o'yinda muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi.
- "Navbahor" ham chakki ko'rinmadi. Bu yil jamoa o'z tarkibiga bir qator mahoratli o'yinchilarni jalb etgan. SHu sababli ularning o'yini menga yoqdi. Bu jamoa chempionatda yuqori o'rinlarga davogarlik qilsa ajab emas.
- 1-turda jamoam safarda g'alaba qozondi. SHunday ekan o'zimning ham ko'rsatgan o'yinimdan ko'nglim to'ldi (kulib).
- "SA"ning ramziy terma jamoani tuzganidan ochig'i xabarim yo'q. Yangi loyixa bo'lgani uchun bu haqda o'yindan oldin o'ylamagadim ham. Lekin undan o'rin olganimdan xursandman.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar