So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Islom To'xtaxo'jaev: “Havotirga o'rin yo'q. Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchrata olamiz” Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: “Havotirga o'rin yo'q. Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchrata olamiz”

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz 14 noyabr kuni “Paxtakor” markaziy stadionida Saudiya Arabistonini qabul qiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Qirg'izistonga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng mazkur bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kecha o'tkazilgan navbatdagi mashg'ulotlar avvalida himoyachi Islom To'xtaxo'jaevdan intervyu oldik.

- Qirg'iziston bilan o'yinda asosiy tarkib futbolchilarining maydonga tushmaganligi Saudiya bilan o'yinga tasirini o'tkazmaydimi? Umuman tayyorgarlik xususida qisqacha...

- Ko'z tegmasin bari yaxshi kayfiyatda ketyapti. Umuman bu murabbiyning rejasi, kimni tushishi yoki tushmasligini u hal qiladi.

-  Oldindagi raqib avvalgilaridan butkul farq qiladi. Kuchi, tarkibdagi futbolchilarning saviyasi bobida ham ustun. Yaman yoki Singapurga bo'lgan munosabat Saudiyaga o'tmaydi. Bu borada futbolchilarning munosabati qanday?

- Havotirga o'rin yo'q. Nasib qilsa xalqimizga chiroyli o'yin va g'alabani tortiq qilamiz. Barcha bu o'yinga jiddiy qaramoqda. 

- Mahalliy futbolchilar asosan Qirg'iziston bilan o'yinda ishtirok etdi. Legionerlar o'yinga bir necha kun qolganda keldi. Bu jamoaviy o'yinni shakllanishiga  halaqit bermaydimi?

- Albatta biroz tasir qiladi. Lekin legionerlar avvalgi yig'inga qaraganda kamroq, shu tarafdan muammo bo'lmasa kerak.

- Qiziq! Terma jamoa bo'lajak o'yinga qanday kutilmagan sovg'a tayyorlayapti?

- Yaxshisi uch ochko qo'lga kiritib ishqibozlarga syurpriz qilamiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика