So’nggi yangiliklar

19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1

Islom Toshpo'latov: “Bu yil Superligada o'ynab katta tajriba oldim” Yangiliklar

Islom Toshpo'latov: “Bu yil Superligada o'ynab katta tajriba oldim”

Superliganining 22-turida “Surxon” mehmonda “Turon”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Mazkur bahsdan so'ng “Surxon” futbolchisi Islom Toshpo'latov fikrlariga quloq tutdik.

- Qiziqarli o'yin bo'ldi, - deya gap boshladi Toshpo'latov. CHunki har ikki jamoaga ham g'alaba juda zarur edi. Dastlabki golni urib olganimizdan so'ng “Turon” ko'proq hujum tashkil qilishga urindi. SHuning oqibatida standard vaziyatda o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Umuman olganda, stadionga yig'ilgan muxlislar chiroyli va murosasiz o'yin guvohiga aylanishdi.

Superligada qolish imkoniyati xususida
- Bizda Superligada qolish imkoniyati ancha yuqori. Oldimizda turgan o'yinlarda o'zimiz uchun kerakli natijalarni qayd eta olsak, maqsadimizga erisha olamiz. Bundan tashqari, o'z maydonimizda o'tkazadigan bahslarda Superligada qolishimizni kafolatlaydigan ochkolarni ishlab olishga urinamiz.

Bu mavsum borasida
- Barqaror o'yin ko'rsata olmayotganimizga ochig'i o'zimiz ham tushunmayapmiz. Bizda ajoyib murabbiylar shtabi mehnat qilmoqda. Futbolchilar ham mashg'ulotlarda tinimisiz harakat qilib, jamoaviy o'yin darajasini oshirish ustida izlanmoqdamiz. O'ylashimcha, omad etishmasligi tufayli muhim o'yinlarda g'alaba qozona olmayapmiz.

Joriy yildagi faoliyati to'g'risida
- Kichik jarohatlar ko'p bo'ldi. Agar ularni hisobga olmaganda, Superligada o'ynab, ancha tajriba oshirdim. Bu esa menga kelgusi mavsumlarda menga juda asqotadi.

“Neftchi”ning Superligaga qaytishi haqida
- Albatta, bundan juda xursand bo'ldim. “Neftchi” Superligada to'p tepishga loyiq jamoa. Hozircha “Surxon” tarkibidaman. “Neftchi”dan kelgusida taklif bo'lishi xususida o'ylab ko'rganimcha yo'q. Mavsum yakuniga etganidan so'ng bu haqda o'ylab ko'rish mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика