So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

Islom Qobilov: “Osiyo grandlarini yana bir bor yirik hisobda mag'lub etishga urinamiz” Yangiliklar

Islom Qobilov: “Osiyo grandlarini yana bir bor yirik hisobda mag'lub etishga urinamiz”

FIFA kunlari munosabati bilan milliy jamoamiz qatorida olimpiya terma jamoasi ham navbatdagi yig'inga kirishishdi.

Poytaxtimizdagi TTYMI o'yingohida olib borilgan mashg'ulotlar yakunlangach jamoa sardori Islom Qobilovga o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Bugundan boshlangan galdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini haqida ikki og'iz fikr bildirsangiz...

- Mana bugundan Olimpiada yo'llanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionatiga hozirlikni boshlab oldik. Kayfiyatlar alo. Barcha yaxshi holatda. Umuman olib aytganda hammasi joyida. Reja asosida mashg'ulotlarni o'tkazyapmiz.

- CHiziqlar orasidagi raqobat qanday? Bilamizki avvalgi musobaqada eng kuchli nuqtamiz markaz bo'lgandi...

- Albatta. Markazda raqobat o'ta kuchli. Bir-biriga munosib, kuchli o'yin namoyish etayotgan futbolchilar chaqirilgan deb o'ylayman. Qolaversa sog'lom raqobat muhiti aslo zararga ishlamaydi.



- Quradagi raqiblar to'g'risida nima deya olasiz? Qizig'i biz bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan termalar guruhimizdan joy oldi.

- Oldimizda masuliyatli vazifa turibdi. Olimpiya o'yinlariga yo'llanmaga ega chiqish maqsadimiz ekan, har bir jamoani mag'lubiyatga uchratishimiz shart. Albatta, to'g'ri munosabatda bo'lgan holda. Oldingi Osiyo chempionatida Janubiy Koreya va Yaponiyani yirik hisobda enggan edik. Endigi safar ham bunga yana bir bor urinib ko'ramiz.

- Eron olimpiya terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. Bu ularning uslubiga va o'yiniga tasiri o'tkazadimi?

- Ha, bo'lmasamchi! Har bir murabbiyning uslubi, falsafasi bo'ladi. SHundan kelib chiqib jamoaga o'zgartirish kiritadi.


Abdulaziz suhbatlashdi


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика