So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Islom Qobilov: "Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga erishamiz" Yangiliklar

Islom Qobilov: "Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga erishamiz"

U-23 Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston - Eron uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz sardori Islom Qobilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Har doim birinchi o'yin hayajonli bo'ladi va raqiblar bir-birini o'rganishga harakat qilishadi. Dastlabki 15-20 daqiqadan so'ng o'z o'yinimizni ko'rsatishni boshladik. Birinchi taym oxirlarida penaltidan gol urishga erishdik.

Ikkinchi taymda boshida biroz xotirjamlikka berilib gol o'tkazib yubordik. Hisob tenglashganidan so'ng g'alabaga harakat qildik. Eron baribir Osiyoning etakchi jamoalaridan biri. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib guruhdan chiqishga erishamiz.

Raqib bizni yaxshi o'rganib chiqishgani ko'rindi. Bizda ham, ularda ham kamchiliklar bor. Hozir xatolar haqida biror narsa deyish qiyin, videoni tomosha qilib, tahlil qilamiz.



Tanaffus vaqtida bosh murabbiy birinchi taym boshidagidek harakat qilmasligimizni, to'p bilan yaxshiroq harakat qilishimizni aytdi.

Esingizda bo'lsa, ikki yil oldin Xitoydagi Osiyo chempionatining ilk turida Qatarga yutqazib qo'ygan edik va yakunda chempion bo'lgandik. Bugun yutqazmadik. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq o'ynashimiz lozim, - deydi Islom Qobilov.



Akramjon Mamadaliev Songxla shahridan championat.asia sayti uchun maxsus

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика