So’nggi yangiliklar

12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  0 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  2 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  1 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  3 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  0 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  6 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  10 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  2 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  6 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  3 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1

Islom Ismoilov: "Qo'rqoqlarga futbolda joy yo'q. SHomurodov ham etti oy gol urmasdan "Jenoa"ga ketdi-ku" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Qo'rqoqlarga futbolda joy yo'q. SHomurodov ham etti oy gol urmasdan "Jenoa"ga ketdi-ku"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "Turon" - "SHo'rtan"(0:1) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinni hamma ko'rdi. "SHo'rtan" bilan o'tkazgan uchta o'yinimizda ham arzimagan xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubormoqdamiz. Qaysidir joyda omadimiz kelmayapti. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. O'yinni ko'rib xatolarimizni tahlil qilamiz. Ayrim futbolchilarimiz futbol o'ynagani qo'rqyapti. Qo'rqoqlarga futbolda joy yo'q. Yaxshisi boshqa ish qilish kerak. Maydonga chiqgach jamoa uchun jon kuydirish lozim, yonish kerak, o'yda o'ynayapmiz. Jamoamizda shunaqa futbolchilar bor ekan, qo'rqoq futbolchilarni qanday izohlashni ham bilmayman",- deydi Islom Ismoilov.

- Mirjalol Mirzaev o'tgan o'yinda burchak zarbalaridan samarali uzatmalarni bergandi. Bugun ham u maydonga tushgach havli uzatmalarni amalga oshirishni boshladi. Uning bugun kech tushirilishini sababi nimada?
- Mirjalol Mirzaev yosh futbolchi. Jamoamizda qanot chizig'ida raqobat bor. Uni sekin-asta tayyorlab boryapmiz. Pro ligada ko'p yosh futbolchilar o'yinni bosimini ko'tara olmayapti. O'zini xohlagan o'yinini ko'rsatishga qiynalmoqda. O'tgan o'yinda u juda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. To'g'ri, golli uzatma bergan bo'lishi mumkin. Lekin, taktik xatolar qilgandi. SHu bois uning o'rniga Asliddin Toshtemirovga imkoniyat berishni xohlagandik. Ikkinchi taymda vaziyatga qarab tushirdik.

- "Turon" kuchli jamoa bo'lishiga qaramasdan "Dinamo", "Neftchi" kabi jamoalar bilan o'yinlarda ochko yo'qotmoqda. Jamoaga nima etishmayapti? SHuningdek yosh hujumchi Asilbek Qayumovni asosiy tarkibda maydonga tushurish vaqti kelmadimi?
- Mana hozir ham futbolchilarimizga takidladik. Raqiblarimizga ochko ulashyapmiz. Bugun olti ochkolik o'yin bo'lishini va ko'p narsani hal qilib berishini tushuntirgandik. Lekin, ayrim qo'rqoq futbolchilarimiz hisobiga jamoa o'z o'yinini ko'rsata olmayapti. Ikkinchidan raqib bizning aksariyat hujumlarimizni to'xtatib qo'ymoqda. Hakamlarga ham etirozim bor, futbolchilar maydonda istaganicha yotibdi lekin hakam etibor bermayapti. Darvozabon to'pni xohlagancha ushlab turib o'yinga kirityapti, unga kartochka berilgani yo'q. Futbolchilar o'yinni cho'zyapti. Hakam tomonidan esa hech qanday reakciya bo'lmayapti. Qo'shib berilgan daqiqalarning o'zida qancha to'xtalish bo'lyapti, hakam esa o'yinni tugatib qo'ymoqda. Qachongacha bunday yurish mumkin. Asilbekka keladigan bo'lsak, unga qaraganda tajribaliroq Otabek Haydarov bor. Asliddinda jismoniy tayyorgarligi bilan bog'liq muammolar bor.

- Otabek Haydarov Superligadan jalb etildi. Biroq, shu kungacha asosiy tarkibda maydonga tushsada gol urgani yo'q...
- Otabek harakat qilyapti. SHomurodov ham etti oy gol urmasdan "Jenoa"ga ketdi-ku. Gap asosiy markaziy hujumchini gol urishida emas. Otabek Haydarov ko'proq hujumlardagi bog'lamlarda qatnashadi. Unga ishonishda davom etamiz. Jamoamiz yosh, masalan "SHo'rtan" tajribaga ega, Superligada o'ynagan, OFK kubogida ishtirok etgan. To'g'ri jamoamiz oldiga vazifa qo'yilgan. SHuning bilan birga o'yinni sifatini oshirish, jamoani shakllantirish ham asosiy vazifamiz hisoblanadi. Biz shuni tobiga keltirishga harakat qilyapmiz. O'zimiz istagan futbolchilarni qo'shib olamiz, o'yinimizni kuchaytiramiz. Sifatga ham etibor beramiz.

- Sizni avvaldan yaxshi bilamiz, uzoqni ko'zlab reja tuzadigan murabbiysiz. Agar PRO-Liga ikkinchi davrasidan so'ng musobaqa yuqori va quyi to'rtlikka ajratiladigan bo'lsa, jamoa ushbu chempionatda debyut mavsumini o'tkazayotgan bo'lsa ham yuqori to'rtlik vazifasini deyarli uddaladi. Keyingi rejalaringiz qanday?
- Jamoada tajribali futbolchilar bo'lishi mumkin, lekin o'zingiz ham aytib o'tayapsiz, biz yosh jamoamiz. Masalan "SHo'rtan" yuqori ligalarda o'ynagan va tajribali jamoa, "Neftchi" shonli tarixga ega bo'lgan klub, "Dinamo" va "Xorazm" haqida ham shu fikrlarni aytish mumkin. Bilasizmi, jamoangizda qanchalik tajribali futbolchilar bo'lmasin, tarkib yaqinda shakllantirilgani baribir sezilib qolaveradi. Ayni damda musobaqa jadvalida 2-o'rindamiz. Navbatdagi uchrashuvlarga ham ishlab chiqqan rejamiz bor, mavsumning qolgan uchrashuvlarida g'alaba qozonib jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz degan umiddaman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика