So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Islom Ismoilov - "Maqsadim "Turon"ni Superliga darajasiga olib chiqish" Yangiliklar

Islom Ismoilov - "Maqsadim "Turon"ni Superliga darajasiga olib chiqish"

"B" Pro liga ishtirokchisi, hozirgi kunda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan O'zbekiston tumanining "Turon" klubiga yangi tayinlangan bosh murabbiy Islom Ismoilov bilan suhbat uyushtirdik.

- "Turon" klubiga kim taklif bilan chiqdi?
- "Turon" klubining prezidenti Abduvahob aka bosh murabbiylikka taklif qildi. Men bu taklifni qabul qildim.

- Klubdagi sharoitlar?
- Klubdagi sharoitlar juda ham yaxshi tashkillashtirilgan. Klub professionallik sari intilmoqda. SHu kungacha Bahrom Hakimov ham shu darajaga kelishi uchun ancha harakat qilganligi ko'rinib turibdi. Klub homiylarga ega, futbolchilar ham moliyaviy muammolar yo'q. Baza va boshqa hamma sharoitlar etarli. Klub bugungi kunda "B" Pro liga jamoalari o'rtasidagi eng yaxshi stadionga ega.

- Futbolchilar sizning qarashingizga to'g'ri keladimi? Yoki yozgi tanaffusda yangi o'yinchilar olib kelish niyatingiz bormi?
- Albatta hamma murabbiyning o'z qarashlari o'z uslubi bo'ladi. Bahrom Hakimov ko'p futbolchilarni o'z uslubiga qarab chaqirgan bo'lishi mumkin. O'zgarishlar bo'ladi albatta, bir ikkita chiziqlarni kuchaytirish niyatim bor. Jamoada yaxshi tajribali futbolchilar jamlangan. Hozirgi jamoadagi bollar ham saviyasi va mahorati bilan Superliga jamoalari futbolchilari bilan raqobatlasha oladi. Ulardan ko'nglim to'q.

- "Turon" klubi muxlislariga tilaklaringiz va kelajakdagi rejalar...
- Kelajakdagi rejalar haqida gapirgan bo'lsam, xudo xohlasa klub rahbariyati bilan gaplashdim, klub akademiyasini tashkil qilamiz. Klubning eng oldi maqsadlaridan bittasi bu yil "B" Pro liga bahslarida birinchi o'rinni egallab "A" Pro ligaga yo'llanma olish. Xudo xohlasa vaqti kelib "Turon" klubini Superliga darajasiga olib chiqish. Muxlislarga tilagim bundan buyog'iga biz bilan birga jamoani 12-o'yinchisi bo'lib bizni qo'llab-quvvatlashlarini tilab qolaman.

Abdulaziz Abduvohidov suhbatlashdi.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика