So’nggi yangiliklar

09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  1 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  6 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  4 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  39 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  6 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  5 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  2 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2

Islom Ismoilov: "Javohir Sohibovning Ukrainaga ketishi bizni faqat xursand qiladi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Javohir Sohibovning Ukrainaga ketishi bizni faqat xursand qiladi"

Pro liganing navbatdagi turida Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi o'z maydonida Yaypanning "Turon" klubini qabul qildi(2:3).

Murosasiz hamda keskin ruhda o'tgan uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"O'yinni 0:2 bilan boshladik va 3:2 hisobida yakunladik. Dastlabki daqiqalarda himoyadagi qo'pol xatolar hisobiga tezkor gol o'tkazib yubordik. Albatta, bu ruhiy tomondan futbolchilarga tasir qilishi tabiiy edi. CHunki, besh daqiqa ichida ikkita to'p olib chiqish ruhan jamoani tushkunlikka solib qo'ydi. SHunga qaramasdan, yigitlarga iroda ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman, ular ko'rsatmalarni ikkinchi bo'limda bajarishdi. Tanaffusdan jamoamning o'yini o'zgardi deya olaman. Aslida uchrashuvdan oldin tayyorlagan rejamiz ham shunday edi. Raqib ko'proq to'pni nazorat qilishini bilar edik. SHuning uchun ikkita hujumchi bilan o'yinni boshladik. Hujumkor futbol ko'rsatish kerakligini, pressing qilish lozimligini futbolchilarga tushuntirishga harakat qilmoqdamiz. Aytganlarimizni bajarishsa, o'zlariga foyda bo'ladi",- deydi Islom Ismoilov.

- Tanaffusda futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz?

- Bilasiz, murabbiylar shtabida tajribali mutaxassis va murabbiy Murod Ismoilov faoliyat olib boradilar. Tanaffusda ular o'z fikrlarini bildirdilar. Murod Muzaffarovich to'g'ri ko'rsatmalarni berdilar. Ikkinchi bo'limda jamoamizning o'yinini ijobiy tomonga o'zgarishida Murod Muzaffarovichning hissalari katta bo'ldi, deb o'ylayman. Yigitlar o'zlarida g'alaba uchun kuch topa olishdi.

- Javohir Sohibovning Ukraina klubiga o'tishiga murabbiy sifatida sizning munosabatingiz qanday?

- Javohir jamoamizni etakchi o'yinchisi edi. "Turon" klubi shu vaqtgacha futbolchilarni qadrlab kelmoqda. Futbolchi uchun nima foydali bo'lsa, klubimiz amalga oshirishga yordam beradi. Uning xorijda o'ynashidan biz faqat xursand bo'lamiz. To'g'ri, jamoamizda jarohatlangan futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Ayrim pallalarda o'yinchi etishma qolyapti. SHunday bo'lsada "Turon" klubi rahbariyati Javohirning xorijga ketishiga imkoniyat yaratib berishdi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

- O'tgan o'yinlarda jamoangizning o'yinidan qoniqish hosil qilmayotganingizni ko'p bor takidlagan edingiz. Bugun shogirdlaringiz namoyish qilgan o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?

- Birinchi bo'limda futbolchilar biz istagan narsalarni ko'rsatib bera olishmadi. Ikkinchi bo'limda ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi. Biz istagan o'yinni namoyish etishdi. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Ko'rgan bo'lsangiz ikkinchi bo'limda raqib jamoa deyarli havfli vaziyat yaratmadi. O'yinni umuman oladigan bo'lsak, ilk daqiqalardagi havli vaziyatni aytmasa boshqa vaziyat yarata olishmadi. To'g'ri, to'pni nazorat qilishdi. Lekin, havfli vaziyatlar yaratish borasida ustunlik jamoamiz tomonida bo'ldi. Bu hisobda ham aks etdi. Biz istayotgan futbolni tushunib olishlari uchun futbolchilarga ham vaqt kerak. Bu juda katta kuch talab qiladi. Pressingga asoslangan futbolda katta kuch kerak bo'ladi. SHuning uchun jismoniy tayyorgarlik ustida ham ishlayapmiz. Umid qilamanki, o'yindan-o'yinga jamoamizdagi sifat oshib boradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика