So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  0 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Islom Ismoilov: "CAFA turnirida kuchsiz jamoalar yo'q, Dushanbega o'z o'yinimizni ko'rsatish uchun keldik" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "CAFA turnirida kuchsiz jamoalar yo'q, Dushanbega o'z o'yinimizni ko'rsatish uchun keldik"

Xabaringiz bor, ertadan Tojikistonda CAFA U-17 musobaqasi start oladi.

O'zbekiston bu turnirga Islom Ismoilov ustozlik qilayotgan U-15 terma jamoasi bilan tashrif buyurgan. Vakillarimiz ertaga ilk uchrashuvda Eron U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.  

Bugun musobaqa oldidan tashkiliy ishlar muhokama qilindi, murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. O'zbekiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov anjumanda quyidagilarni aytdi. 


"Avvalo, samimiy qabul uchun Tojikiston futbol federaciyasi va Markaziy Osiyo futbol associaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. Kelasi yil oktyabrda bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo Kubogi saralash turniriga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko'ryapmiz. 

Kuni kecha uyimizda o'tkazilgan Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlangan xotira turnirida g'olib chiqdik. CHernogoriya, BAA, Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi yaxshi sparring o'yinlar o'tkazdik. 

CAFA turniriga kelsak, har qanday murabbiy doimo o'z oldiga maksimal maqsadlarni qo'yadi. Raqiblar yaxshi, lekin bu erda kuchsiz jamoalar yo'q. Biz Dushanbega o'z o'yinimizni ko'rsatish uchun keldik. CAFA turniri yaxshi sinov bo'ladi. Biz turli uslubdagi to'rtta jamoa bilan o'ynaymiz. O'yindan o'yinga tayyorlanib boramiz, turli sxemalarni ko'zdan kechirib olamiz. Turnir qiziqarli o'tadi, deb o'ylayman", – deydi Islom Ismoilov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика