So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  3 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Islom Inomov: “Nima uchun “Lokomotiv”dan ketganimga o'zim ham tushunmadim” Yangiliklar

Islom Inomov: “Nima uchun “Lokomotiv”dan ketganimga o'zim ham tushunmadim”

“Lokomotiv” bilan “Bunyodkor” o'rtasidagi futbolchilarning ko'chib o'tishlari yana davom etdi.
Qishdan beri “Qaldirg'ochlar”dan Temiryo'lchilarga bir qator o'yinchilar ko'chib o'tgandilar. Buni qarangki, mavsum boshlanishigacha “Loko”dan “Bunyodkor”ga ham ayrim futbolchilar qaytishdi. Avvaliga darvozabon Pavel Bugalo bilan himoyasi Anvar G'ofurov qaytgan bo'lsa, mavsum boshlanishiga bir kun qolganida Islom Inomov ham “Lokomotiv”dan “Bunyodkor”ga o'tdi. Balki uni o'tdi demasdan qaytdi deyishimiz to'g'riroq bo'lar. CHunki ilgari ham ushbu klubda to'p surgan. Nima bo'lganda ham Inomov endi “Bunyodkor “ sharafini himoya qiladi. Lekin tayyorgarlikni “Loko”da olib borib superkubokda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushgan futbolchining kutilmaganda nima sababdan bunday qarorga kelganligi juda qiziq. Inomov o'ziga yarasha mahoratli futbolchi. SHu sababli uning “Qaldirg'ochlar” tarkibiga qo'shilishi raqaobatni sog'lom ravishda kuchaytiradi. Islom bilan gaplashganimizda uning o'zi ham bunday bo'lishini kutmaganini aytib o'tdi.

- Mavsum boshlanishi arafasida kutilmaganda “Bunyodkor”da paydo bo'ldingiz. Buning sababi nimada?
- “Lokomotiv” jamoasi bilan o'rtamizda oz-moz kelishmovchilik bo'ldi. Men uchun jamoani almashtirish eng yaxshi variant edi. “Lokomotiv” yaxshi jamoa, hech qanday salbiy fikr bildira olmayman. U erda ikki yil to'p surdim. Buning uchun hammasina minnatdorligimni bildiraman. Futbolchining hayoti mana shunday to'siqlardan iborat bo'ladi.

- Sizni ham “Loko”ni tark etishingiz bosh murabbiy bilan bog'liq emasmi?
- To'g'risini aytsam sababini o'zim ham tushunmadim. Endi men “Bunyodkor” azosiman.

- Superkubokdagi mag'lubiyatdan keyin tushunmovchiliklar kelib chiqdimi?
- Yo'q, bu sabab emas, hammasi joyida edi. Faqat oxirgi kunga borib vaziyat tamoman o'zgarib ketdi.

- Tabiiyki, chempionat boshlanayotgan paytda klubni almashtirish siz uchun ham kutilmagan qaror bo'ldimi?
- Bu vaziyatni kutilmagan yoki kutilmagan deyishim ham mumkin. Ertaga nima bo'lishini hech bir inson bilmaydi, to'g'rimi? “Bunyodkor” rahbariyati va Mirjalol Qosimov bilan gaplashganimizdan keyin shunday qarorga keldik.

- “Lokomotiv” libosida superkubokda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushgansiz. Aytingchi, sizni qanday qarshi olishdi?
- “Bunyodkor” o'zim o'ynagan jamoam, men uchun mutlaqo begona emas. Bu erdaga barcha futbolchilar men uchun tanish va munoabatlarimiz ham yaxshi. Meni bu erda futbolchilardan tortib murabbiylargacha iliq kutib olishdi. Sizga to'g'risini aytsam, “Bunyodkor”ga o'tganimdan xursand bo'ldim. Endi bu erda astoydil ishlab o'zimni ko'rsatish uchun harakat qilaman. Avvalo sport formamni yanada yaxshi holatga keltirib olishim zarur. “Bunyodkor”ning chempionlik Kubok uchun g'alabalarida, shuningdek, chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatlariga ham o'z hissamni qo'shsam boshim osmonga etardi. Men uchun birinchi navbatdagi vazifam – murabbiylarning ishonchini oqlashdir.  

- Haligacha “Loko”dan “Bunyodkor”ga o'tganingizga ishonmayotganlar ham bor. Bu ishqibozlar uchun chinakam syurpriz kabi yangilik sifatida qabul qilindi.

- Ha, o'zim uchun ham syurpriz bo'ldi desam ham bo'ladi.

- Siz uchun “Lokomotiv”da muhit yaxshimidi?
- Ha, hammasi binoyidek edi. Nima uchun bunday bo'lganiga o'zim ham tushunmay qoldim.

- Ketishingiz xususida Vadim Abramov bilan gaplashgandirsiz-a?
- Nafaqat Vadim Karlenovich balki, barcha rahbarlar bilan gaplashdim. Ular bilan o'zaro suhbatlarimiz klubni almashtirish masalasi bilan tugadi. Vaqt tig'iz bo'lib turgan paytda men uchun variantlarning ichida eng yaxshisi “Bunyodkor” edi va shuning uchun bu erga ko'chib o'tdim.

- Demak, sizga qiziqishlar ham ko'p bo'lganmidi?
- Nima desam ekan? “Lokomotiv”dan ketishim oxirgi kunga borib hal bo'ldi. O'zim ham bunday bo'lishini kutmay qolgandim. Mavsum deyarli boshlangan paytda boshqa takliflar haqida yaxshilab o'ylab olish uchun vaqt qolmagandi. Faqatgina “Bunyodkor” meni qaytarishni jiddiy ravishda xohladi va men xursandchilik bilan rozi bo'ldim. Mirjalol Qo'shoqovich bilan gaplashgach bu erga kelishni xohladim. “Bunyodkor”da to'p surganman va bu erdan yaxshi xotiralar qolgan. Ishonamanki, bu safargi faoliyatim ham muvaffaqiyatli bo'ladi.  

- Mavsum startiga yaqin “Lokomotiv”ni tark etishingizni sizni xafa qilmadimi?

- Yo'q, nega xafa bo'lar ekanman? Bu futbolchining hayoti va unda istalgan holat yuz berishi mumkin. Qachondir futbolchilik faoliyatimni tugataman hamda murabbiylik kasbiga o'taman. Aytishni istardimki, “Loko”dan ketishim bu kayfiyatimga umuman salbiy tasir qilgani yo'q. “Bunyodkor” ham, “Lokomotiv” ham O'zbekiston jamoasi.

- Siz “Lokomotiv” bilan “Bunyodkor”ning ichki holatlarini ham juda yaxshi bilasiz. Ikkala klub chempionlik uchun asosiy davogarlar sanaladilar. Ayni paytda siz uchun qaysi jamoa kuchliroq?
- Bunday vaziyatda bu jamoalarni taqqoslab bo'lmaydi deb o'ylayman. “Bunyodkor”ning ham, “Lokomotiv”ning ham o'ziga yarasha kuchli jihatlari bor. Kim kuchli ekanligini faqat vaqt ko'rsatib beradi. Ikkalasi ham kuchli klublar bo'lganligi uchun solishtirish juda qiyin. Buning ustiga “Paxtakor” bilan “Nasaf”ni ham unutmagan bo'lardim. Umuman aytganda, ushbu jamoalarning o'ziga yarasha ustun tomonlari mavjud. CHempionlik uchun jang ushbu to'rtta klub o'rtasida kechadi.  

- Kutilmaganda jamoani almashtirganingizdan so'ng endi yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
-  Nimalarni kutardim? Albatta chempionlik bilan Kubokni qo'lga kiritish haqida o'ylayapman. Osiyo chempionlar Ligasida ham iloji boricha uzoqroqqa borishga umid qilyapman. Buning uchun yaxshi o'ynash va ishlash kerak.

- SHu o'rinda “Lokomotiv” ishqibozlariga aytadigan gapingiz bormi?

- Ularga omad tilayman. Agar qandaydir tushunmovchiliklar bo'lgan bo'lsa uzr so'rayman. Vaziyatni hamma uchun tushuntirib berishning ilojisi yo'q. “Lokomotiv”da qo'ldan kelganicha to'p surib, jamoaning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shishga harakat qildim.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика