So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Islom Ahmedov "Paxtakor" akademiyasiga direktor etib tayinlandi Yangiliklar

Islom Ahmedov "Paxtakor" akademiyasiga direktor etib tayinlandi

"Paxtakor" futbol klubi akademiyasiga tajribali mutaxassis Islom Ahmedov direktor etib tayinlandi.

Yangi direktor klub rahbariyati tomonidan akademiya vakillariga o'tkazilgan yig'ilishda tanishtirildi. Futbolchilik faoliyatida yaxshi himoyachi bo'lgani bilan yodda qolgan Ahmedov keyinchalik yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlashda katta xizmat ko'rsatib, OFK yo'riqchisiga aylangan. Ahmedovga uzoq yillar "Paxtakor" tizimida ishlab kelgan Valeriy Borodavkin yordamchi sifatida ko'maklashadi.

Bugungi kunda "Paxtakor" futbol akademiyasida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan 470 nafar tarbiyalanuvchi futbol sirlarini o'rganmoqda. 11 yosh toifasi bo'yicha ikkitadan jamoa faoliyat ko'rsatmoqda.

Akademiyaning asosiy maqsadlari qatoridan sifatida yoshlarni sog'lom tarbiyalash, yosh futbolchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini vujudga keltirish, tayyorgarlik uchun ilmiy-uslubiy sharoitni rivojlantirish, O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlab berish kabi vazifalar o'rin olgan.

Ayni paytda "Paxtakor" FK rahbariyati akademiyani rivojlantirishga katta etibor qaratmoqda. Ishni yanada yaxshiroq yo'lga qo'yish uchun xorijdan mutaxassislar taklif etilmoqda. Bu borada jahonga mashhur «DOUBLE PASS» kompaniyasi bilan hamkorlik va kompaniya xodimlarining bevosita faoliyat ko'rsatishini aytish mumkin.

Yosh o'yinchilar - futbolimiz kelajagi. Ularni turli uslublarni qo'llagan holda doimo o'sib borishlarini taminlash lozim. Aynan shu sababli klub rahbariyati tomonidan akademiya faoliyati qayta ko'rib chiqilmoqda. Yangi direktor Islom Ahmedov muntazam ravishda murabbiylar uchun darslar o'tib borishi ko'zda tutilgan.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика