So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  27 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Islom Ahmedov: “O'quv-mashg'ulot jarayoni o'zgarishi kerak” Yangiliklar

Islom Ahmedov: “O'quv-mashg'ulot jarayoni o'zgarishi kerak”

Malumki, yaqinda Toshkentda OFKning futbol murabbiylari uchun o'quv-seminar kurslari o'tkazilgandi.

Ushbu o'quv-kurslari “B” licenziyasi uchun o'tkazilib, unda 19 nafar ishtirokchi murabbiylikning navbatdagi pog'onasi yo'lida tahsil olgan edi. O'quv mashg'ulotlarini OFK instruktori Islom Ahmedov olib borgan, SHavkat Imamov koordinator vazifasini bajargandi. Biz ushbu o'quv kursi yakunlari haqida Islom Ahmedovdan intervyu oldik.

- Islom aka, o'quv kurslari qanday o'tdi? Ishtirokchilarning o'quv jarayoniga yondashuvidan ko'nglingiz to'ldimi?
- Albatta, o'quv kurslaridan ko'nglim to'ldi. Garchi bunday holat kamdan-kam uchrasada, bu safar ishtirokchilar kurslarga o'zgacha ishtiyoq bilan yondashishdi. O'quv jarayoni juda ham qiziqarli ruhda o'tdi. Oliy va birinchi liga murabbiylari, yoshlar va o'smirlar bilan ishlayotgan mutaxassislar jam bo'lgan o'quv kurslarida o'ylagan rejalarimizni to'laligicha amalga oshirdik. Bu galgi o'quv kurslariga bir nechta yangiliklar kiritilgandi. Ham nazariy, ham amaliy mashg'ulotlarda ishtirokchilar bu yangiliklarni tezda o'zlashtirib olishdi. Bu holat ham meni xursand qildi.

- Ishtirokchilar orasidan kimlarni alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Bu galgi “V” licenziyasi uchun o'quv kurslarida Hamidjon Aktamov, Sobirxon Ag'zamov, Ulug'bek Baqoev, Bek Bekov, Xislatjon CHilmatov, Anton Devyashin, Komil Jo'raev, Rafael Fabarisov, Aleksandr Xvostunov, Bahromjon Haydarov, Nodirjon Boltaev, Nodirjon Mardonov, Muhsin Nizomiddinov, Olim SHokirov, Sunnatilla SHoymardonov, Baxtiyor Turdiqulov, Olimxon Tursunxo'jaev, Anvar O'rinov, Vadim Valickiy, jami 19 nafar murabbiy tahsil oldi. Ularning hammasi ham kurslarda katta ishtiyoq bilan mehnat qilishdi. Ayniqsa, “Olmaliq” klubidan kelgan Rafael Fabarisov, “Bunyodkor”dan Aleksandr Xvastunov, hozirda futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan Ulug'bek Baqoev, “Qizilqum” vice-prezidenti Hamidjon Aktamov, “Neftchi” klubidan Bahrom Haydarovni alohida takidlagan bo'lardim. Futbolchi yilning istalgan vaqtida maydonga tushib, to'liq kuch bilan o'ynashga tayyor bo'lishi kerak. Zamonaviy futbolning talabi ham shu bo'lyapti. O'quv kurslarida bo'lajak murabbiylardan shu narsaga etiborliroq bo'lishlarini talab qildik. Masalan, kelasi yilning yanvar oyida Qatarda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Fevral oyida OCHL bahslari boshlanadi. Martdan to noyabrgacha milliy chempionat va kubok o'yinlari o'tkaziladi. Ko'ryapsizmi, futbolchi yil davomida maydonda bo'lishi kerak. SHuni inobatga olgan holda tayyorgarlik jarayonida o'zgarishlar bo'lishi shart. Kurs yakunidagi imtihonlarni ham shu asosida qabul qildik. 


- “V” o'quv kurslari “A” va “PRO” licenziyasi uchun o'tkaziladigan kurslardan nimasi bilan farq qiladi?
- “V” murabbiylik toifasi uchun o'tkaziladigan kurslar uch haftaga mo'ljallangan bo'ladi. Bu murabbiylik licenziyasini olmasdan turib, “A” toifasi uchun o'qib bo'lmaydi. “V” guvohnomasiga ega murabbiylar oliy va birinchi ligada bosh murabbiy yordamchisi, Yoshlar ligasi hamda boshqa barcha yosh toifasidagi jamoalarda bosh murabbiy lavozimida ishlashlari mumkin.

- Avvalgi yillarda tashkil etilgan kurslari bilan taqqoslaganda, o'quv jarayoniga qanday yangiliklar kiritildi?
- Bunday yangiliklar etarlicha bo'ldi. Asosiy yangilik bu o'quv-mashg'ulot jarayonini yangicha uslubda tashkil etishga qaratildi. Futbolda texnika, taktika, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik birdek muhim ekanligi malum. Texnika - bu to'p bilan to'g'ri muomala qilish degani. Taktika - raqibga qarshi munosib qarshilik ko'rsatish, to'g'ri taktika tanlashdir. Jismonan tayyor bo'lish esa texnika va taktika uyg'unligini o'yin paytida ko'rsata bilishga bog'liq. Psixologik tayyorgarlikka ortiqcha tarif berish shart emas. Lekin bu o'quv kursimizda biz psixologik tayyorgarlikka katta etibor qaratmadik. Kuniga ikki soat davom etgan kurslarda o'yin epizodlarini ham tahlil qildik. Murabbiy umumiy guruh mashg'ulotlari chog'ida ayrim futbolchilarga alohida yondashishi ham kerak. O'sha imkoniyatini to'liq namoyish etib bera olmayotgan o'yinchilarga to'g'ri so'z topa olishi ham bir mahorat. Mashg'ulotlarda shu narsalarni ham murabbiylarga tushuntiridik.

- Endigi rejalar qanday?
- Kuni kecha Qarshida murabbiylar uchun o'quv kurslari boshlandi. Unda asosan vohaning uch klubi - “Nasaf”, “SHo'rtan” hamda “Mashal” jamoalarining murabbiylari ishtirok etishyapti. Maqsad - murabbiylarni yangi o'quv metodlari bilan tanishtirish, ularning malakasini yanada oshirishdan iborat. Bundan o'quv kurslarini qolgan viloyatlarda ham tashkil etish kerak deb o'ylayman.

Ulug'bek Baqoev, o'quv kursi ishtirokchisi
 
“Ochig'i, murabbiylik sohasi menga juda ham yoqib qoldi. Kurslarda tahsil olish jarayonida murabbiylik kasbiga mehrim yanada oshdi. Lekin oson kasb emasligi, murabbiylarga qanchalik qiyin bo'lishini tushunib etdim. Katta ehtimol bilan bu yil futbolchilik faoliyatimdagi so'nggisi bo'ladi. Ammo hali bir qarorga kelmadim. Menimcha, kelasi yildan murabbiylik faoliyatini boshlasam kerak. Navbati bilan “A”, keyin “PRO” murabbiylik guvohnomalari uchun tahsilni davom ettiraman”.
 

Kamoliddin Alimov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика