Iskoning agenti PSJ prezidenti bilan uchrashdi

Tolibjon Qosimov
29 dek 2018, 11:23
28 dekabr kuni PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi "Real" futbolchisi Iskoning otasi va agenti bilan uchrashuv o'tkazdi.

Bu haqda "Paris United" nashri xabar berdi.

Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelishmovchilik sabab Madrid klubini tark etmoqchi. Futbolchining agenti allaqachon "Barselona", "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" rahbariyati bilan aloqaga chiqqan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Iskoning o'zi Parijda yashashni va o'ynashni xohlamoqda. Biroq, PSJ moliyaviy feyr-pley sabab yarim himoyachini xarid qilishda muammolarga duch kelishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Paris United