Isko o'zini Anchelotti tomonidan aldangan deb hisoblamoqda va "Real"ni tark etish niyatida
17 apr 2015 16:10
Yangiliklar


Isko o'zini Anchelotti tomonidan aldangan deb hisoblamoqda va "Real"ni tark etish niyatida
"Real" yarim himoyachisi Isko shu kunlarda og'ir ruhiy holatda.
Xabarlarga ko'ra, futbolchining kayfiyatini jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti buzgan. Gap shundaki "qaymoqranglilar" safida Luka Modrich va Xames Rodriges jarohat olgan paytida, Isko doimo asosiy tarkibda maydonga tushgan va Anchelotti tomonidan maqtovlar eshitgan. Ammo Modrich va Rodriges qaytgan birinchi muhim o'yindayoq Iska zaxirada qoldi. "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng, Isko o'zini Anchelotti tomonidan aldangan deb hisobladi va "Qirollik klubi"dan ketish haqida o'ylab qoldi.

Fikrlar