Isko jamoadoshlaridan uzr so'radi
08 mar 2019 16:55
Yangiliklar
Isko jamoadoshlaridan uzr so'radi
Gap shundaki, “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Santyago Solari “Ayaks”ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga Iskoni kiritmagani sabab ispaniyalik xavbek undan norozi bo'lgan. SHundan so'ng, Isko jamoa bilan avtobusda ketishni xohlamagan va klub bazasini o'z mashinasida tark etgan. Javob bahsi o'tkazilgan kuni esa u jarohatlangan yoki tarkibga kiritilmagan futbolchilar uchun ajratilgan maxsus joyda ham ko'rinish bermagan.
Iskoning o'zini bunday tutishi klub azolari va ”blankos” sardori Serhio Ramosning noroziligiga sabab bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi xatosini tan olib barchadan kechirim so'ragan.
Eslatib o'tamiz, ECHLning ketma-ket uch karra g'olibi “Real” o'z maydonida “Ayaks”ga yirik hisobda (1:4) mag'lub bo'lib, nim chorak finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar