So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  11

Iskanderov.... U haqida ikki og'iz, Rashidov haqida ham Yangiliklar

Iskanderov.... U haqida ikki og'iz, Rashidov haqida ham

Bugungi kunda O'zbekiston chempionatida kim kuchli? Jamshid Iskanderovmi yoki Sardor Rashidov?

Xuddi shunday savollarga javobni 2008 yilda ham berar edik. Kim kuchli, Ahmedovmi yoki Jeparov? Undan avval ham talashib tortishgan, kim kuchli Qosimovmi yoki SHkvirin? 




Avvalo maqola boshida ularni do'st ekanliklarini aytib o'tay

Odil Ahmedovning taklifiga binoan "Anji" - "Gannover" o'yinini tomosha qilish uchun 2013 yilning 14 fevralida Moskvaga borgan edim. O'yindan keyin Odil jamoasi bilan Ispaniyaga, men uning eng yaqin do'sti Sodiq bilan Toshkentga qaytgandim. Sodiq ham internat tarbiyalanuvchisi bo'lib, faoliyatini "So'g'diyona"da o'tkazgan. Ammo futbolchilik faoliyati silliq kechavermagach, tugatishga qaror qildi. Hozir yodimda yo'q, ammo o'sha paytda, hech kim Rashidov degan futbolchi haqida bilmagan payt, men Sodiq bilan u haqda gaplashib keldim. Statistikaga nazar tashlasangiz, 2012 yil Rashidov bironta o'yinda maydonga tushmagan. Bizning suhbat esa 2013 yilning 16 fevralida bo'lgan.

Sodiq shunday degandi:

- "Bunyodkor"da Sardor Rashidov degan futbolchi bor. Men "So'g'diyona"da o'ynab yurgan paytim, u o'rinbosarlar safida faoliyat olib borar edi. Yaqinda o'yinini ko'rdim. Ancha pasayibdi. 5 yil avval (2008 yil nazarda tutilgan) juda ham kuchli edi. Afsuski, unga u paytlar hech kim etibor qaratmadi. Hattoki "So'g'diyona"ning asosiy tarkibida ham. 




Undagi istedod kecha paydo bo'lib qolmadi


Keling, shu erda to'xtab turamiz. Bu maqola ancha chalkash ko'rinishga ega bo'ladi. Anchadan beri maqola ham yozmay qo'ygandim. Endi navbatni Jamshid Iskanderovga beramiz.

Sardordan farqli ravishda Jamshidni 12 yoshidan bilaman. "Paxtakor"ni 1993 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari haqida ko'p yozganman. Haqiqatdan ham, o'sha paytda Jamshid juda kuchli o'yinchi edi. Kecha o'yin tizginini o'zgartira olgan Jamoliddin Masharipov ikkisi ajoyib tandem hosil qilishardi. Ularning ikkisi bir vaqtda asosiy tarkibga qo'shilishdi, faqat Jamshidni o'yini Jaloliddinnikidan sal yaxshiroq chiqdi. Natijada 2013 yil Jamshid terma jamoadan ortmadi, Jaloliddin esa hattoki "Paxtakor"ni asosiy tarkibiga tushmay qo'ydi. Buning o'ziga xos sabablari bor, bu haqda yozib o'tirmayman. 

19 yoshli Iskanderov 2012 yil oliy ligada 4ta o'yinda maydonga tushgan. Rashidov esa 2013 yilga kelibgina, oliy ligadagi debyutini nishonladi. Ammo u Jasur Hasanovning soyasida qola boshladi, 2014 yil Hasanov "Lokomotiv" azosiga aylandi va Rashidovning elkasiga shamol tegdi. Bu paytda Iskanderovga xalaqit qiladigan hech nima yo'q edi. O'ynasa bo'lgani, asosiy tarkibdan joy bor. Ammo shu erda bitta lekini paydo bo'ldi. Yoshlar va olimpiya terma jamoasining keti uzilmas yig'inlari. Rashidov kech ko'zga tashlangani sabab, u o'z paytida o'rin olishi mumkin bo'lgan olimpiya terma jamoasiga jalb qilinmadi, u yoshlar terma jamoasi bilan yillar davomida yurib klubidan uzilib qolmadi. U zaxirada o'tirib bo'lsa-da, "Bunyodkor"dan uzoqlashmasdan, o'sha falsafada o'sa boshladi. Natijasini bugun ko'rib turibmiz. 

Ko'pchilik savol beradi, nega yoshlar va o'smirlar terma jamoasida yulduz bo'lgan futbolchilar keyinchalik yo'q bo'lib ketishadi, nega aksincha biron bir terma jamoaga jalb etilmagan o'yinchi keyinchalik zo'r bo'lib ketyapti? Javobi oddiy buning axir! Futbolchi o'z klubidan uzilib qolganidan keyin, yoshlar va olimpiya terma jamoasidagi yoshi o'tgach kimga kerak bo'ladi? 

Abbos Maxsitalievni o'smirlardan yoshlarga, yoshlardan olimpiyaga, orada MTJga sarson qildik. Bugun uning "Paxtakor" asosiy tarkibidan o'rin olmagani sababi klubda emas, tizimda. 




Uni esa avaylashimiz kerak. SHunda MTJda as qotadi

O'zbekiston futboli endi oyoqqa turyapti. Biz esa bir yo'la o'smirlar va yoshlar terma jamoasining JCHga chiqishini istaymiz. O'sha yilning o'zidayoq olimpiya terma jamoasini Olimpiadaga borishini istayapmiz va MTJning JCHga borishini xohlayapmiz. CHetdan qarang, biz bittada 4ta vazifani uddalashga qodirmizmi? Yo'q! Yo'q ekan, nega ulardan birini tanlamaymiz? Yoki Iskanderov va Maxsitaliev kabi futbolchilarni yoshlar va olimpiya terma jamoasida olib yuraveraylik-da, keyin ulardan voz kechaylik va u nima uchun o'z klubida yaxshi o'ynamayapti demaylik. MTJga ham bormasin, chunki o'z klubida keyinchalik o'ynab keta olmaydigan futbolchi keyinchalik MTJdan ham chetga chiqib qoladi. Yoki boshqa yo'li bor, futbolchi o'z klubi safida shug'ullansin. Yig'inlarga jalb etilmasin. Agar yoshlarimiz JCHga chiqib qolsa, marhamat faqat JCHGa borib kelsin. Yapon va koreyslar shunday qilishyapti-ku?! Yaxshisi futbolchi o'z klubida OCHLda o'ynasin, bir bo'limdan keyin zaxiraga chiqib ketmasin. Osiyo chempionatidan keyin barcha o'z klubiga ketib OCHLga tayyorgarlik ko'rayotgan payt, 1993 yilda tug'ilgan futbolchilar biz uchun qimmatga tushgan Tailanddagi musobaqaga ketdilar va u erdan ruhiy bosim bilan qaytdilar. O'tgan yili Jamshiddan kuchsiz deya etirof etilgan Masharipov kecha undan yaxshiroq o'ynadi. Sababi, u to'liq klub bilan yig'in o'tkazdi. Iskanderov esa klub bilan bo'lgan bo'lsa, 1 hafta bo'ldi. Klub u siz mavsumga tayyorgarlik ko'rdi va u siz yangi mavsumga shakllandi. 

OCHL terma jamoamiz uchun qanchalik muhim? Bu yil chempionat sal qiziydi. Sababi endi 4-o'rin egasi ham OCHLga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu degani, kuchli uchlikdan tashqari o'rinlar uchun ham kurash ketadi degani. Bugungi kundagi tarkibdan kelib chiqsa, "Olmaliq" va "Neftchi" shu o'rinlar uchun kurashishi mumkin. Agar OCHLda yaxshi qatnasha olsakgina 2017 yilda ham shunday ko'rinishdagi kvotaga ega bo'lamiz. OCHLda yaxshi qatnashish uchun esa futbolchilar klublarida asosiy tarkibda shug'ullanishi kerak. Agar 2017 yili ham shu kvotalarni saqlab olsak, demak chempionatimizdagi 4 o'rin uchun kurash 2018 yilga qadar davom etadi. Bu bitta cikl, JCH cikli. Kuchli chempionat, bu kuchli terma jamoa degani. Ko'ryapsizmi, futbolda hamma narsa zanjir kabi bir-biriga bog'liq. Lekin o'sha zanjirni bir-biriga ulay olmayapmiz.

Hozir olimpiya terma jamoamiz Vetnamga ketishga hozirlik ko'ryapti. Undan o'tib Bangladeshda saralash o'yinlari bo'lib o'tadi. Biz Bangladeshdagi saralash o'yinlariga shunchalik tayyorgarlik ko'ryapmizki, xuddi Olimpiadaning o'ziga ketayotgandek. Aslida bugungi kundagi kuchimizdan kelib chiqib, Bangladeshga shunday borib birinchi o'rinni qo'lga kiritib kelishimiz kerak. Agar shu ishni qila olmasak, Olimpiadaga borishdan nima naf? Bangladeshdagi turnir, bu raqib kuchining patir uchidan bir chimdin xamiri xolos. Asosiy kuchlar Qatarda yig'iladi, Qatarga esa tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, lekin bu boshqa mavzu. SHunchaki klubini asosiy tarkibidan joy olib turgan bolalarni hadeb u shoxdan bu shoxga qo'ndiraverish ham yaxshi emas. Menga uchta hovliga ko'chaverib bir xil meva bergan daraxtni ayting, qaytib maqola yozmay. Daraxt bir joyda ko'karadi.

Futbolchilar bilan ko'p gaplashaman, terma jamoa ularni zeriktirib yuborishi kerak emas. Terma jamoani sog'inib yashashlari kerak. Ular esa sog'inishga ulgurmayaptilar. Sog'inib turgan bolani maydonga tushirib yuboring, qo'pol qilib aytganda "g'ajib" tashlaydi. 

Endi yuqoridagi savol, kim kuchli Rashidovmi yoki Iskanderov? Bularni tenglashtirmagan bo'lardim. Ikkisi ham kuchli, ikksining ham ustun va kamchiliklari bor. Muhimi, ularning ikkisidan MTJda foydalana olish. Undan muhimi esa, ularning qanday sifatda MTJga etib kelishi. 

Yaxshi hamki, o'z paytida Rashidov ko'zga tashlanmagan ekan. Aks holda u ham yillar davomida avval yoshlar, keyin olimpiya terma jamoasida yuraverib hozir o'rtamiyona futbolchiga aylanib ulgurgan bo'lardi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Sodiq aytganidek, nega uni 2007 yil ko'rishmadi? 2007 yil Runi kabi vunderkind sifatida OKga borganidami? O'sha yilning o'zidayoq biron bir chempionatga ketganida allaqachon hozir Evropaning grand klublaridan birida bo'lardi. Nega uni yosh futbolchi sifatida 2011 yilgi OKda ko'rmadik. Bizda selekciya yo'q, o'z paytida Odilni ham 2007 yilgi OKga olib ketishmagan. Yo'qotiladigan har bir 4 yil katta muddat. 

Xullas, bugunga aytmoqchi bo'lganlarim shular, o'ylashingiz uchun vaqt ketdi...


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика