Iroqning yosh yulduzi Ali Jasim A Seriyaga o'tmoqda
19 iyu 2024 15:46
Yangiliklar
Iroqning yosh yulduzi Ali Jasim A Seriyaga o'tmoqda
Iroqlik 20 yoshli Ali Jasimni o'zbek futboli ishqibozlari U-20, U-23 va kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogi orqali xshi tanishadi.
Ayni paytda Iroqning "Eyr Fors" jamoasida to'p tepayotgan 2004 yilda tug'ilgan iqtidor bilan Italiyaning "Komo" jamoasi kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. "Komo" va futbolchi o'zaro shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Tez orada har ikkala klub kelishib olishlari kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Komo"ni sobiq futbolchi Sesk Fabregas boshqaradi. Ular ortda qolgan mavsum A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.

Eslatib o'tamiz, Ali Jasim bu mavsum OCHLda 4ta, Iroq Yulduzlar ligasida esa 9ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar