So’nggi yangiliklar

01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  0 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  3 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  8 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  23 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  18 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  40 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0

Iroq bilan Osiyoni zabt etgan, islom dinini qabul qilgan, tibbiyotdan futbolga o'tgan yoxud "Al Sib"ni kim boshqarmoqda? Yangiliklar

Iroq bilan Osiyoni zabt etgan, islom dinini qabul qilgan, tibbiyotdan futbolga o'tgan yoxud "Al Sib"ni kim boshqarmoqda?

OKMK jamoasi ertaga OCHLdagi yurishini boshlaydi. Bu yo'lda raqib O'moning "Al Sib" jamoasi hisoblanadi.

AGMK

Khurshid Giyosov - 47'

AFC Champions League Qualification . Semi Finals-tur

15/08/2023, 21:00

0
:
1
Tugadi

Al-Seeb

45'
90'
47'  Khurshid Giyosov
73'  Martin Boakye

Turli manbalar "Al Sib" jamoasini mahalliy murabbiy Rashed Jaber boshqarayotganini aytmoqda. Biroq klub 3 iyul kuni taniqli braziliyalik murabbiy Jorvan Vieyrani bosh murabbiy sifatida elon qilgan. OKMK bilan o'yinga ham jamoani aynan u tayyorlamoqda. Jorvan Vieyra bugungi avlod vakillariga tanish bo'lmasligi ehtimoli katta albatta. Biroq katta yoshli avlod ushbu murabbiyni juda yaxshi bilishadi. Biz esa uning faoliyatiga nazar solishni lozim, deb topdik. 

Tibbiyot universtitetidan futbolga

Jorvan Vieyra 1953 yilning 29 sentyabrida Rio-de-Janeyroda tug'ilgan. U intervyularida ko'p bor o'zini portugaliyalik, deb hisoblashini aytgan. CHunki otasi portugaliyalik, onasi esa braziliyalik edi. Jorvan esa doim Portugaliyaga sodiq. Har doim yonida portugal pasportini olib yurishni va futbol uchrashuvlaridagi hujjatlarda uning portugaliyalik, deb qayd etilishini tan oladi. Qahramonimiz 3 yil davomida sport tibbiyoti yo'nalishida tahsil olganidan so'ng futbolchilik faoliyatini boshlaydi. 1970 yillarda Braziliyaning "Vasko da Gama" "Botafogo" jamoalarida to'p tepadi. Butsalarini mixga ilgach o'zi harakat qilgan yuqoridagi ikki jamoada ham murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. 

Murabbiylik sarguzashtlarining boshlanishi 

Vieyraning Osiyo tomon yurishi 1980 yillarda boshlangan. Dastlab "Qatar SK", O'mon U-20 terma jamoasida faoliyat olib bordi. Faoliyatining keyingi 8 yilini Marokashda o'tkazgan, u erda mamlakat chempionati, kubogida g'olib chiqqan. 1986 yil Xose Fariya bilan birgalikda Marokash terma jamoasini Jahon chempionatiga olib boradi. U erda guruhdan chiqqan terma jamoa keyingi bosqich uchun kechgan o'yinda Germaniyaga engiladi (0:1). Quvaytning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasini boshqargan mutaxassis oradan bir yil o'tib "Al Qodisiya" bilan chempionlik shoxsupasiga ko'tariladi.  

Qitada yangi kashfiyot yoxud SHarqiy Osiyo gegemonligiga barham berilishi 

2007 yilga qadar ketma-ket ikki Osiyo kubogini SHarqiy Osiyo vakili Yaponiyaga nasib qilayotgan edi. Biroq musobaqa boshlanishiga 2 oy qolganda Iroq ustoziga aylangan Jorvan Vieyra Yunus Mahmud etakchiligida bunga barham bera oldi. U Iroqni boshqarishga rozi bo'lganida ko'pchilik aqldan ozgan, deb o'ylagandi. 

"Mamlakatda notinchlik, urush bo'layotgandi. Lekin futbolchilarga urushda emas, maydonda ekanligimizni aytdim. Barchani birlashtirishga harakat qildik. Siyosat haqida gapirmaslikka kelishib oldik. Men sehrgar emasdim. Lekin odamlarni o'zgartirish mumkinligini bilaman",- degan edi Tailand, O'mon, Avstraliya bilan bir guruhdan o'rin olgan Vieyra. 

Uning aytishicha, Iroqdagi murabbiylik faoliyatidagi eng qiyin damlar bo'lgan. SHunga qaramay Iroqni g'oliblik sari etaklay olgan. 

"Men g'alaba qozonishimizga ishonim komil bo'lishi kerak. Men hayotimda juda ko'p marotaba yutqazganman. Lekin muammolarimni emas, g'alaba haqida so'zlayman",- deydi Vieyra. 

Osiyo kubogida guruh bosqichida O'mon va Tailand bilan durang o'ynagan Iroq, Avstraliyani taslim qiladi va 5 ochko bilan kvartetda birinchi o'rinni egallaydi. CHorak finalda Vetnam osonlikcha taslim etilgach, yarim finalda Osiyo grandi Janubiy Koreya penaltilar seriyasida mag'lub etiladi. Finalda esa o'sha yillarning qudratli terma jamoasi hisoblangan, Jahon chempionatlarida ishtirok etib kelgan Saudiya Arabistoni taslim qilinadi. Bu esa Iroq futbolidagi katta sahifa ochilganidan darak edi. Yunus Mahmud musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb etirof etiladi. 

O'zbek klublari va terma jamoalariga qarshi 

2007 yil Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyadagi yig'in doirasida Iroq bilan o'ynaydi. Aziz Ibragimov va Ulug'bek Bakaevlarning gollari evaziga vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonadi. 

O'zbekiston - Iroq 2:0

02.07.2007. Seul. "Pachju" stadioni. 100 tomoshabin

Gollar: Aziz Ibragimov 3, Ulug'bek Bakaev, 73


"Bunyodkor" - "Sepaxon" 2:0

19.03.2008. OCHL 2-tur. MHSK stadioni. 13000 tomoshabin 

Hakam: Al Marzuki Farid (BAA)

Gollar: Ulug'bek Bakaev 60, Timur Kapadze 80

"Sepaxon" - "Bunyodkor"

21.05.2008. OCHL 6-tur. Tehron. "Ozodi" stadioni

Hakam: Abdulloh Al Hiloli (O'mon)

Gollar: Ali Muhammad Jaloliddin - Gochguli Gochguliev

Oradan bir yil o'tib professor Vieyra "Sepaxon" bosh murabbiyi rolida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" bilan to'qnash keladi. Toshkentda o'tgan o'yinda "qaldirg'ochlar" 2:0 hisobida g'alaba qozongan, Tehronda tomonlar durangga imzo chekkan. Oradan 15 yil o'tib yana Qosimov - Vieyra jamoalari maydonda uchrashmoqda. Hozircha bu qarama-qarshilikda Qosimov mag'lub bo'lmagan. Bu anana ertaga ham davom etishini tilab qolamiz

Islom dinini qabul qilgan braziliyalik 

Yuqorida takidlaganimizdek, Vieyra o'z vaqtida 8 yil Marokashda faoliyat olib borgan. Aynan shu pallada u islom dinini qabul qilgan. Bu haqida u shunday deydi: "Men avval dindor bo'lmaganman. Islomni majburan qabul qilganim haqidagi gaplar noto'g'ri. SHuningdek, bu ish faqatgina ayolim arab millatiga mansub bo'lgani uchun emas". 

U marokashlik Xadicha Faxim ismli ayol bilan turmush qurgan. Buning natijasida murabbiyda Braziliya, Portugaliya, Marokash fuqaroligi mavjud. 

Jorvan Vieyra 7ta til, jumladan arab tilida ham gapira oladi. 

Franciyada sport fanlari doktori unvoniga ega. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика