So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  6 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Iroq - O'zbekiston 0:1. Matnli translyaciya Yangiliklar

Iroq - O'zbekiston 0:1. Matnli translyaciya

Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                          
YANGILASH

90. O'yin tugadi! O'zbekiston Iroqni 1:0 hisobida mag'lub etdi!

88. O'zgarish. O'zbekiston.
Akmal SHorahmedov o'rniga SHuhrat Muhammadiev tushdi

86.
Jarima to'pini Rashidov amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi.

85. Ogohlantirish. Iroq.
Mahdi Karim

82. Xavfli vaziyat! Hasanovning diagonal pasini Rashidov darvozaga yo'lladi, to'pni Muhammad Hamid qaytardi!

80. O'zgarish. Iroq.
Saad Abdul Amir o'rniga Jastun Hekmat tushdi

79.
Lutfulla To'raev markazda to'pni raqibdan olib qo'yib Nasimovga uzatdi, biroq Bahodir o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan

78.
Iroq hujumkorlikni oshirdi. Jamoa hisobni tenglashtirmoqchi

76. Saad Abdul Amir Farruh Sayfievni yiqitdi. O'yin davom etadi. Xavfli vaziyat! Jasur Hasanov jarima maydoni ichida paydo bo'ldi va to'pni sheriklariga uzatdi, himoyachilar hushyor o'ynashdi

75.
Lutfulla To'raevning jarima to'pidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi

74. O'zgarish. O'zbekiston.
Sanjar Tursunov o'rniga Sardor Rashidov tushdi

72.
Iroq bosh murabbiyi Radhi SHenashiel asabiy tarzda maydon chetida shogirdlariga yo'l yo'riq ko'rsatmoqda

70. O'zgarish. O'zbekiston.
Igor Sergeev o'rniga Bahodir Nasimov tushdi

68.
Yunus Mahmud tomoniga uzatilgan to'pni Krimec boshi bilan qaytarib xavfni bartaraf etdi

68.
Maydonga Bahodir Nasimov tushishga tayyorlanmoqda

67.
Iroqliklar bor kuchlari bilan hisobni tenglashtirishga urinishmoqda...

64. Xavfli vaziyat!!! Iroqning juda xavfli hujumi! Durgam Ismoil chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va sherigiga to'pni uzatdi. Amjad Halafning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Suyunov qaytara olmadi, lekin to'p ham noaniq yo'nalish oldi!

63.
Birinchi bo'limda penaltidan gol ura olmagan Ali Bahjat to'p uchun kurashda shikastlangan ko'rinadi unga shifokorlar yordam ko'rsatishdi

61. O'zgarish. O'zbekiston.
Bugun terma jamoa safida o'zining 50-uchrashuvini o'tkazgan Vitaliy Denisov o'rniga Farruh Sayfiev tushdi

59. Xavfli vaziyat! Denisov raqib jarima maydoni ichida paydo bo'lib zarba berdi, biroz noaniq!


57. O'zgarish. Iroq. Humam Tariq o'rniga Ahmad Yasin tushdi

55. Eldorbek Suyunov hozir xatoga yo'l qo'ydi, yaxshiyam Yunus Mahmudov vaziyatdan foydalana olmadi. Kapadze maydonni tark etgach sardorlik bog'ichi aynan Suyunovga o'tdi

54. Terma jamoamiz tezkor kombinaciyalar bilan raqib himoyasini shoshirib qo'ya oldi, biroq uzoq davom etgan to'p uzatishlardan so'ng xatoga yo'l qo'yildi va to'p yo'qotildi.

50. Endi Yunus Mahmudni Mullajonov yon chiziq yonida yiqitdi. Tajribali hujumchi maydonga tushgach sardorlik bog'ichini taqib oldi. Jarima maydonimiz ichiga oshirib berillgan to'pni Suyunov osongina ushlab oldi

49. Jasur Hasanov chap qanotdan oldinga intildi, uni Osama Jabbor qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

47. Iroqning ikkinchi bo'limdagi ilk hujumini Krimec qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Jarima to'pini Durgam Ismoil amalga oshirdi, noaniq.

46. O'zgarishlar. Iroq safida maydonga Yunus Mahmud, Amjad Halaf, Osama Jabbor va Mahdi Karim maydona tushdi

46. O'zgarishlar. O'zbekiston. Timur Kapdze va Aziz Haydarov o'rniga Javlon Ibrohimov va Lutfulla To'raev maydonga tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha terma jamoamiz 1:0 hisobida oldinda bormoqda.

45. Birinchi bo'limda zarbalar bo'yicha 4:3 O'zbekiston oldinda

44. Xavfli vaziyat!!! Hasanvning pasini Iskanderov atayin o'tkazib yubordi, markazda paydo bo'lgan Tursunov to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq!

42. Akmal SHorahmedov birinchi bo'limda ancha faol va ishonchli o'ynamoqda

40. Vakillarimiz to'pni ko'proq o'zlarida ushlab turishga urinishmoqda. Bitta hujumchimiz Igor Sergeev himoyachilarga tinchlik bermayapti

35. Hozircha Sanjar Tursunov deyarli ko'rinayotgani yo'q. Unga deyarli biron marta ham to'p kelib tushgani yo'q. 

32. Darvoza ustuni!!! Ali Bahjatning zarbasi ustunga tegib maydonni tark etdi! Hisob o'zgarmay qoldi!



32. SHavkat Mullajonov Saad Abdul Amirni o'z jarima maydoni ichidi yiqitdi.

31. PENALTI! O'zbekiston darvozasiga!

28. O'yin tempi biroz tushgandek. Jamoalar biroz qo'pol o'ynashmoqda.

25. SHorahmedov hujumga o'tib jamoamiz uchun burchak to'pi ishlab oldi. Ketma-ket ikki bor amalga oshirilgan burchak to'plari jamoamizga foyda keltirmadi. Bu orada Abdul Qodir Tariq shifokorlar yordamiga muhtoj. U Kapadze bilan to'qnashib ketdi

24. Ochig'i gol urilgunga qadar iroqliklar juda katta ustunlikka ega edilar. Hisob ochilgach ular aytarli hujum tashkil etishgani yo'q

23. O'zbekistonning hujumi, Hasanov chap qanotdan oldinga borib markazga to'pni uzatdi. Kapadze to'pga atayin tegmadi, biroq uning ortida turgan Sergeevga to'p o'tmadi.

21. Jamshid Iskanderovning urgan golini TAS-IX hududida tomosha qiling.



20. Iroq ustozi Radhi SHenashiel ham shogirdlariga ko'rsatmalar berib bormoqda.

19. Ogohlantirish. O'zbekiston. Akmal SHorahmedov 

18. Iroq burchak to'pi ishlab oldi. Mirjalol Qosimov o'rnidan turib yigitlarga ko'rsatma bermoqda. Burchak to'pi Ali Fayozning kuchsiz zarbasi bilan tugadi. Suyunov o'z o'rnida

16. Bu safar Aziz Haydarov markazda raqibni yiqitdi. Saaj Abdul Amir jabr ko'rdi, hakam o'ziga yaxshi tanish bo'lgan Haydarovni og'izaki ogohlantirdi

14. SHavkat Mullajonov maydon markazida Abdul Qodir Tariqni yiqitdi. Iroq hujum qilishda davom etadi. Humam Tariqning 18 metrlardan chap oyog'i bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

13. Belgilngan penaltini Jamshid chap oyog'i bilan darvozaning o'ng burchagiga yo'lladi, darvozabon qarama qarshi tomonga tashlangandi.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Iskanderov 0:1!

12. Sergeevga shifokorlarimiz yordam ko'rsatishmoqda. To'p yonida Jamshid Iskanderov

11. PENALTI!!! Ahmad Ibrohim Igor Sergeevni o'z jarima maydoni ichida yiqitdi. Hakam 11 metrli jarima to'pini belgiladi

10. Iroqning hujumlari oxiriga etmayapti. Lekin ustunlik raqiblar tomonida tan olish kerak buni .

8. Stadionga kelganlarning kattagina qismi Iroqqa muxlislik qilmoqda. Bu tabiiy holat

6. Termamiz ilk bor hujumga o'tdi. Jasur Hasanov o'zining chap qanotidan oldinga o'tdi. Biroq sheriklariga to'p uzata olmadi. Keyingi hujum o'ng tomondan tashkil etildi. SHorahmedovning uzatgan to'pi Muhammad Hamidning qo'liga borib tushdi

5. Xavfli vaziyat! Humam Tariq juda ham faol! Hozir aynan u jarima maydonimiz ichiga yorib kirib zarba berdi, to'p uzoq ustun yonidan o'tib ketdi.

4. Hozir Eldor Suyunov juda sovuqqon tarzda harakat qildi. U to'pni Mullajonovga raqib ustidan tashlagan holda uzatdi. Homadi Ahmad sal qolsa to'pni olib qo'yardi

4. Dastlabki daqiqalarda arablar to'pni o'zlarida ko'proq saqlab turishibdi. Futbolchilarimiz asosan himoyalanishmoqda.

2. Iroqning navbatdagi hujumga o'tishi. Yon chiziqdan tashlab berilgan to'p uchun kurashda SHorahmedov Humam Tariqdan ustun keldi, raqib himoyachimizni qo'pollik bilan to'xtatib qolishdan boshqa chorasi qolmadi. 

2. Ilk hujumni raqiblarimiz tashkil etishdi. O'ng qanotdan Humam Tariq oldinga o'tib sheriklariga to'pni oshirdi, Ali Husnining zarbasi anchagina noaniq ketdi.

1. Iroqliklar bugun yashil, O'zbekiston esa oq rangli futbolkalarda o'ynashadi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi. O'yin boshlanishi uchun barchasi tayyor

- O'yinni internet orqali tomosha qilmoqchi bo'lganlar uchun havola.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


Iroq - O'zbekiston 0:1
25 dekabr 2014 yil. SHarja. "Holid bin Muhammad" stadioni
GOL:
Jamshid Iskanderov 13 penalti, - 0:1.
Amalga oshirilmagan penalti:
Ali Bahjat 32 (ustun)
Hakamlar:
Muhammad Abdulla Hasan Muhammad, Muhammad Al Hammadi, Hasan Al Mahri, Muhammad Al Zaruni (barchasi BAA).

Iroq:
20.Muhammad Hamid, 2.Ahmad Ibrohim, 3.Ali Bahjat, 5.Ali Fayoz (26.Osama Jabbor, 46), 7.Homadi Ahmad (10.Yunus Mahmud, 46), 11.Humam Tariq (9.Ahmad Yasin, 56), 15.Durgam Ismoil, 21.Saad Abdul Amir (16.Jastun Hekmat, 80), 23.Volid Salim, 27.Ali Xusni (19.Mahdi Karim, 46), 29.Abdul Qodir Tariq (24.Amjad Halaf, 46).
Zaxira: 1.Ali Yasin, 12.Jalol Hassan, 4.Saad Natiq, 6.Samih Said, 7.Saif Salman, 13.Nabil Saboh, 14.Salom SHokir, 18.Ala Abdulzahro, 25.Marvan Husin

O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 3.SHavkat Mullajonov, 6.Jasur Hasanov, 7.Aziz Haydarov (14.Javlon Ibrohimov, 46), 9.Igor Sergeev (16.Bahodir Nasimov, 70), 10.Jamshid Iskanderov, 17.Sanjar Tursunov (15.Sardor Rashidov, 74), 18.Timur Kapadze (13.Lutfulla To'raev, 46), 19.Vitaliy Denisov (22.Farruh Sayfiev, 61), 23.Akmal SHorahmedov (20.SHuhrat Muhammadiev, 88).
Zaxira: 21.Akbar To'raev, 4.Bobur Yo'ldoshev, 5.Anzur Ismoilov, 8.Vohid SHodiev, 11.Navro'zbek Alimov.

Ogohlantirishlar: Akmal SHorahmedov 19, Mahdi Karim 85.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика