Iroq bilan o'yinda SHomurodov, Krimec va Masharipov jarohat oldi. Ularning holati qanday?
10 sen 2019 12:52
Yangiliklar
Iroq bilan o'yinda SHomurodov, Krimec va Masharipov jarohat oldi. Ularning holati qanday?
O'yinda 0:0 hisobi qayd etilganidan xabaringiz bor. Mazkur bahsda Egor Krimec, Eldor SHomurodov va Jaloliddin Masharipov turli darajadagi jarohatlar olishdi.
Terma jamoamiz shifokori Abror Pirriev ularning har biri haqida saytimizga malumot berdi.
"Egor Krimecning chap ko'zinig pastki qismi chuqur yorilgan. O'yin vaqtida uni tez yordam mashinasi Ammandagi shifoxonaga olib ketdi. Ushbu jarohat 4ta chok yordamida tikildi. Krimec o'z klubi safida bemalol mashg'ulotlarda ishtirok etaveradi va taxminan 10 kunlada choklar olib tashlanadi.

Eldor SHomurodov esa tizzasidan engil jarohat olgan. Jaloliddin Masharipovning tovon boldirining bo'g'ini shikastlangan.
SHomurodov ham, Masharipov ham davolanishni o'z klubida davom ettiradi. Aytganimdek jarohatlar og'ir emas, futbolchilar o'z klubidgi navbatdagi o'yinda maydonga tushishlariga to'sqinlik qilmaydi", - deydi Abror Pirriev.

Tolibjon Qosimov, Amman shahridan
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar