So’nggi yangiliklar

12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  2 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  1 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  3 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  13 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  21 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6

Irodali Usmonov! Yangiliklar

Irodali Usmonov!

Xabaringiz bor, shu kunlarda Tailandda futzal bo'yicha XVII Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tmoqda.

Futzal. Osiyo kubogining ilk bahsida qiyin, biroq muhim g'alabani qo'lga kiritdik

Kecha "B" guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi 1-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi. Qiyin o'tgan uchrashuv vakillarimizning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Ana shu bellashuvda jamoamiz o'z gollarini urishni boshlab olishga qiynalib turgan paytda Akbar Usmonov bir teginishdagi zarbasi bilan dastlabki golimizni urib berdi. Uyog'iga keyin yana ikkita gol urdik. SHu yigit uchun juda xursandman. O'zbekistonning bir necha karra eng yaxshi futzalchisi bo'lgan hujumchining faoliyatida malum vaqt keskin pasayish kuzatildi, hattoki terma jamoadan chaqiruv olmay qolgan vaqtlar ham bo'ldi. Akbarning o'yinidagi pasayish shaxsiy sabablar tufayli edi. Buni yozishim to'g'ri bo'ladimi yoki yo'q bilmayman. Lekin, yozishga qaror qildim. Hujumchining padari buzrukvorlari uzoq vaqt og'ir hastalik bilan og'rib qolgandilar va o'z-o'zidan futzalchi bunday holatda bor diqqat-etiborini sportga qarata olmas edi. Oila har qanday narsadan ustun. Akalari bilan birga otasining sog'lig'i haqida qayg'urib kelgan Akbarning o'yinida pasayish kuzatila boshladi. Uzoq vaqt davom etgan kasallik bilan kurashdan so'ng uning otasi olamdan o'tdilar. Otasining vafotidan keyin Akbarning ruhiy holati ham izdan chiqqani tabiiy. Hammasini yana izga tushirib olish uchun vaqt kerak edi. Akbar Usmonov o'sha holatdan chiqib keta oldi va yana terma jamoaga chaqirila boshladi. Mana gol ham urdi. Irodali o'yinchi ekanligini ko'rsatdi. O'yinidagi pasayishni ham bartaraf qildi, formaga kirdi, ruhiy tushkunlikni ham engib o'ta oldi.

Akbar odatda klub futzalchisi bo'lib kelgani rost. U o'z jamoasida odatda gollarni qalashtirib tashlaydi, ammo terma jamoada yuqori samaradorlik ko'rsatmasdi. Bu borada vaqtida o'zidan ham intervyu olib so'raganman. Aynan shuning uchun ham uning terma jamoada muhim pallada gol urganidan mamnunman. Hujumchimiz golni qanday emociya bilan nishonlaganini ko'rgandirsiz. Ana shu emociyalar ham yuqoridagi fikrlarimga isbot bo'la oladi. Qaytganing bilan, Usmonov!


Kecha shuningdek Dilshod Rahmatov ikkita gol urdi. Lekin, unga ortiqcha to'xtalmadim. SHunchaki, sardor o'z nomi bilan sardor. DR7 jamoani kerak paytda ortidan etaklay olmoqda. Musobaqada qator yo'qotishlar bilan ishtirok etayotgan Xose Venansio boshchiligidagi futzalchilarimizga omad va zafar yor bo'lsin! Aytgancha, murabbiyning musobaqa oldidan biz chempion bo'lish uchun keldik degan intervyusi ham shaxsan menga yoqdi. Murabbiy Erondek juda kuchli raqib borligiga qaramasdan dangal chempion bo'lmoqchimiz dedi. Bu qatiyati uchun mutaxassisga bo'lgan hurmatim yanada oshdi.

Davron CHoriev jarohat sabab Osiyo kubogini o'tkazib yubormoqda. Bundan tashqari, asosiy darvozabonimiz Ravshan Eliboev musobaqa oldidan jarohat sabab qaydnomadan chiqarildi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика