So’nggi yangiliklar

22:46Антони яна энг зўри  1 22:13Назорат ўйини. "Локомотив" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  0 22:00А Серия. "Эмполи" "Милан" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  3 21:45Аброр Пирриев Ўзбекистон футзал федерацияси тиббиёт департаменти директори этиб тайинланди  2 21:25Льюис Ҳусанов ҳақида: "Унда оғир старт бўлганди ва бугун гол урганидан хурсандман"  10 21:08БАА Про лигаси. "Ал Ваҳда" ўз уйида "Хорфаккан"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:02Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида "Бешиктош"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 20:54Гвардиола Ҳусанов ҳақида гапирди  9 20:25Гвардиолага ёрдамга келган ўзбек  16 20:07Хосеп Гвардиола: "Кейинги босқичга чиққанимиздан хурсандман"  0 19:42Абдуқодир Ҳусанов — энг яхшилардан бири!  28 19:18Флик "Реал" - "Атлетико" баҳси ҳақида: "Аввал "Барселона Б", кейин кечки овқат, кейин дербини кўраман"  9 19:12Англия Кубоги. Ҳусанов ва Де Брюйненинг голлари "Сити"ни кейинги босқичга олиб чиқди  91 18:2660 млн. еврога сотиб олинган Нико 22 дақиқада алмаштирилди  2 18:11Флик: "Ҳакамларнинг иши қийин, улар кейин ўзгартириб бўлмайдиган қарорларни қабул қилишади"  0

Irim qilish tarki odat(mi?) (Og'abek Samisov blogi) Yangiliklar

Irim qilish tarki odat(mi?) (Og'abek Samisov blogi)

"O'zbekning o'zi qiziq, o'zidan ham so'zi qiziq" degan edi rahmatli Hojiboy Tojiboev.

Bizda so'zlarni shu darajada qo'llashadiki, so'z kuchini bundan 500 yillar avval Alisher Navoiy, Bobur, 100 yillarcha avval Abdulla Qodiriy, CHo'lponlar ko'rsatib ketishgan. Nafaqat adiblar, balki insonlarimiz ham so'zga chechan (vodiylik insonlarni askiyaga boy deyishadi). Har ikki gapining birida maqol ishlatishga ham ustamiz. SHuningdek, irimchilik ham bor. Haliyam bor. Yurayotgan yo'limizdan mushuk o'tib qolsa 7 qadam orqaga yurishdan boshlab, ertalab uyida nimadirni unutib qoldirsa ortga qaytmaslikkacha. Oqibati — o'sha kuni omad ketadi. Aytishlaricha, albatta.

Futbol ichida ham irim qiladigan insonlar etarli. Bo'lgan va bundan keyin ham bo'lsa kerak, menimcha. Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Osiyo CHempionlar ligasiga jo'nab ketishidan avval ular O'zbekiston Superligasida hakamlar xatosi tufayli (xato ishlayotgan insonda bo'ladi, deyishardi. SHuningdek, har o'yinda ham xato qilishmaydi-ku hakamlar) g'alaba qozongani uchun, OCHLda omadsiz qatnashadi, degan fikrlarga ko'p bora duch keldim. Jamoa OCHLda o'yinlar o'tkazib, birida durang va birida mag'lub bo'lganida ham bu fikrlar yangrab turdi. Aslida, masalaga "Paxtakor"ning kuchi O'zbekiston jamoalariga etar ekan, Osiyoning boshqa jamoalaridan kuchsizroq ekan, deb ham qarash mumkindir, balki, yo'q, unday qarash bo'lmadi (bo'lsa ham juda ham kam bo'ldi). O'zbekiston jamoasi kuchidan qatiy nazar Osiyoda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun O'zbekiston chempionatidagi o'yinlarda hakamlar xato qilgani va bu xato o'sha jamoaga foyda keltirmasligi, yoki hakam umuman xato qilmasligi kerakmi? Kuch, tarkib, murabbiy xatosi ro'l o'ynamaydimi keyin?

2010 yili Xitoyda bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Marat Kabaev qo'l ostida shakllantirilgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1991 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat edi. Eshitganim va o'qiganim bo'yicha (2010 yili 8 yosh bo'lganman. O'sha yili birinchi marta Jahon chempionatida Aren Robbenning finalda Iker Kasilyasga birga-bir vaziyatda gol ura olmagani yodimda) o'sh vaqtda bu terma jamoani ko'rib, “Bu jamoa Osiyo chempioni bo'ladi, chempion bo'lishi kerak, futbolimiz tarixida bunaqangi kuchli yoshlar termasi bo'lmagan”, deyishgan ekan. Jamoa guruh bosqichida zo'r o'ynab, Jahon chempionati yo'llanmasini beradigan chorak final o'yinida bizdan yaqqol kuchsiz bo'lgan Saudiya Arabistoniga juda erta himoyaga yotib olish oqibatida alamli tarzda yutqazgan ekan.

Keyin shu 1991 yilda tug'ilganlarning yarmidan ko'pi olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan. London-2012 Olimpiadasi yo'llanmasi boy berilgan o'sha mashhur o'yinda ayrim irimchi futbol odamlari muvaffaqiyatsizlikda 1991 yilda tug'ilgan futbolchilarni ayblagan ekan.

Rossiya mundialidan qanday qolib ketganimizni ham yaxshi eslaysiz. Samvel Babayan har bir g'alabadan so'ng maydon chimini o'pib qo'yishi, ko'k rangli futbolka bizga omad keltirishi, Geynrixning 2-bo'limda maydonga tushirilsa gol urilishi ham irimga kirib qolgandi. Lekin hech kim termamizda mana bu jihatlar noto'g'ri, deb aytmagan, albatta, aytmaydi ham, axir biz yutganmiz-ku o'sha vaqtlari. Keyinchalik, irimlar reallik oldida ojiz qolib, terma jamoaning so'nggi o'yinlaridagi holatida asl muammolar ko'ringan edi.

Ha aytgancha, "Paxtakor"mi, AGMKmi, qaysi jamoa xalqaro maydonda o'ynayaptimi, o'sha jamoa O'zbekiston nomidan o'ynayapti. Holatga reallik bilan qarab, asl muammolarni ko'rsatish, aytish kerak. O'yin vaqtida esa qo'llab-quvvatlab tursa ham yaxshi bo'ladi (axir futbolni barchamiz sevamiz-ku).

SHu, shulargina esimga tushib ketdi va irim qilish har doim ham (umuman, demayman, hay) foyda beravermaydi, degim keldi.

P.S.: Maqola ostida mening "paxtakorchi" ekanligim, ularga "paxta" qo'yganligim haqida fikrlar yangrasa kerak. Aslida, jizzaxlikman, bo'lsam ham "so'g'diyonachi" bo'lishim kerak. Otam ham "Paxtakor"ning muxlisi emas, "otamning "Paxtakor"i" deb ham muxlismasman. SHunchaki, futbolga real ko'z bilan qarash kerak va uni faqat azart uchun ko'rish kerak, deb hisoblayman.


Og'abek Samisov

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика