Iordaniya shahzodasi Al-Husayn FIFA prezidentiligi uchun saylovda o'z nomzodini qo'yadi
06 jan 2015 15:40
Yangiliklar


Iordaniya shahzodasi Al-Husayn FIFA prezidentiligi uchun saylovda o'z nomzodini qo'yadi
Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husaynning takidlashicha, u 2015 yilda bo'lib o'tadigan FIFA prezidentiligi uchun saylovda nomzod sifatida ishtirok etmoqchi.
"Bu qiyin qaror bo'ldi, chunki bu narsani uzoq vaqt davomida FIFAdagi hamkasblarim bilan muhokama qildim. Asosiysi - ular o'zgarish vaqti kelganini takidlashdi" - deydi Al-Husayn.
Eslatib o'tamiz, FIFA prezidentilgiga tashkilotning amaldagi rahbari, 78 yoshli Yozef Blatter va sobiq bosh kotib Jerom SHampan ham davogarlik qilyapti.

Fikrlar