So’nggi yangiliklar

19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4

Iordaniya bosh murabbiyi: “Biz Braziliyaga borishni xohlaymiz” Yangiliklar

Iordaniya bosh murabbiyi: “Biz Braziliyaga borishni xohlaymiz”

Xabaringiz bor, 6 va 10 sentyabr kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2014 saralash bosqichi doirasida Iordaniyaga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi.
Mana shu o'yinlar arafasida Iordaniya termasi bosh murabbiyi Hossam Hassan FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. Quyida misrlik murabbiyning intervyusidan bazi fikrlarini keltirib o'tamiz.

“O'z maydonimizda to'p surganimizda oxirigacha kurashamiz, qolaversa, muxlislar ham zo'r qo'llab turishadi. Birinchi o'yinni o'tkazib bo'lgach, ertasi kuniyoq Toshkentga uchamiz. CHunki atigi to'rt kun o'tib javob bahsida maydonga tushamiz. Agar birinchi o'yinda kerakli natijaga erisha olsak, javob bahsida ortiqcha bosimdan holi bo'lamiz. Biz hujum tashkil qilayotganda xatoga yo'l qo'yishni xohlamaymiz. Ayni paytda meni jamoamning holati to'liq qoniqtiryapti. SHunday ekan, o'z uyimizda bo'lib o'tadigan uchrashuvdan umidim nihoyatda katta. O'zbekiston termasini kuzatib bormoqdamiz va ularning kuchli-kuchsiz tomonlarini bilamiz. Umuman olganda, o'zbeklar o'yinni tezlik va jismoniy tayyorgarlik evaziga tashkil qilishadi. Jahon chempionatida to'p surish har bir ftubolchining orzusi. SHogirdlarim bilan suhbatlashganda ularga JCHda ishtirok etish nimaligini kengroq tushuntirishga harakat qilyapman. Axir biz ham Braziliyaga borishni xohlaymiz” – deydi Iordaniya termasi ustozi.
 

Xayrulla Xoliqov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика