So’nggi yangiliklar

18:01Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» таркиблари маълум  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  0 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  3 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  1 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  31 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1

Intervyu. "Xorvatiyadagi turnirda futbolchilarimiz texnik jihatdan yutqazishmadi. Biroq..." - Ulug'bek Mirzaev Yangiliklar

Intervyu. "Xorvatiyadagi turnirda futbolchilarimiz texnik jihatdan yutqazishmadi. Biroq..." - Ulug'bek Mirzaev

Xabaringiz bor, yaqinda "Bunyodkor" akademiyasining 3ta yosh toifasidagi jamoasi Xorvatiyada tashkil qilingan "Dalmatinco cup" musobaqasida ishtirok etib qaytdi.

Evropaning bir qancha nomdor klublari akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushgan kichik “qaldirg'ochlar” uchun mazkur turnir o'ziga xos xalqaro tajriba vazifasini o'tab bergani shubhasiz. Biz shu bilan bir qatorda asosiy jamoa faoliyatiga ham to'xtalgan holda "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaevni suhbatga chorladik. 

Xorvatiya jamoalari bilan bu yoshdagi futbolchilarimiz tengma-teng o'ynashdi. Hozirgi holatda texnika tomondan futbolchilarimiz engilishmadi. Ular bilan tengma-tengmiz, deb o'ylayman. Biroq, raqiblarimizning jismoniy holati hayron qoldirdi. Bizning futbolchilardan 2-3 yosh kattaga o'xshaydi. Bo'ylari baland, baquvvat. SHu tomondan qiyin bo'ldi. Bu borada ham ulardan so'radik. Esingizda bo'lsa, 2013 yil BAAda o'tgan U-17 Jahon chempionati guruh bosqichida Xorvatiyani mag'lub etgan edik. O'shanda yulduz hisoblangan Alen Xalilovich milliy jamoaga etib kelmadi. SHunga qaramay Xorvatiya katta futbolda 2018 yil Jahon chempionatida finalgacha etib keldi. Ammo bizda katta futbolda o'yinchilarimiz bunchalik muvaffaqiyatga erisha olmayapti. 

Mutaxassislarning aytishicha, hozir futbolchilarimiz bir xil. Lekin yillar o'tgan sari jismoniy va taktik tomondan kuchli murabbiylar qo'l ostida shug'ullanishi tufayli hozir sezilmayotgan farq yuzaga chiqib keladi. Buni bir kunda yo'q qilib bo'lmaydi. Mazkur yo'nalishda izlanish olib boramiz. Ayni paytda niyat qilib turibmiz akademiyamizdagi bolalar guruhlariga kamida 2tadan murabbiy qo'yamiz. Umuman olganda, "Bunyodkor" akademiyasi futbolchilari Xorvatiyadagi musobaqani bezab berishdi. Yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchrashmadi, guruhlarda oxirgi o'rinlarda qolib ketishgani yo'q.


 




Cuhbat davomida asosiy jamoa bilan bog'liq jarayonlarga ham to'xtalib o'tildi. O'tgan mavsum terma jamoa tarkibida SHveciyaga qarshi uchrashuvda jarohat olib safdan chiqqan Farruh Ikromovning qachon safga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga quyidagicha javob oldik. 


— "Bunyodkor" jarohat olganlarni tashlab qo'ymaydi. Bemalol aytishim mumkin, har yili 10ga yaqin futbolchilarni oyog'i jarrohlik amaliyotidan o'tkaziladi. O'tgan yili  ushbu ko'rsatkich 12 nafarni tashkil qildi. Jiddiylarini aytyapman. Futzal, ayollar, U-19 jamoalari futbolchilariga bu borada yordamimizni berganmiz. Hozirda bir futbolchimizning elkasi chiqib davolanmoqda. Mashg'ulotlarda ishtirok etayotgani yo'q. Professional ravishda shartnoma tuzilgan. Bizning majburiyatimiz bor. SHunga yarasha maoshlari to'lab beriladi. CHunki futbolchi bugun kerak, jarohat olsa chetga chiqishi noto'g'ri narsa. Farruh Ikromov fitnes murabbiyi bilan ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Ikkinchi davrada qaytishiga umidimiz bor.  

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика