So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  2 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

Intervyu. Sunnatilla Ermatov: “Neftchi” hali o'z so'zini aytadi” Yangiliklar

Intervyu. Sunnatilla Ermatov: “Neftchi” hali o'z so'zini aytadi”

Superliganing 3-turiga kelib “Neftchi”safida yana bir iqtidorli futbolchi Sunnatilla Ermatov o'zining debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan futbolchi o'zida yaxshi taassurot qoldirdi. Ayni paytda bayram munosabati bilan qisqa tatilga chiqqan futbolchi bilan bog'landik.

-  Sunnattila, 3-turga kelib Farg'ona jamoasi safida ilk marta maydonga tushdingiz. Taassurotlar qanday?

-  Taassurotlar ijobiy bo'ldi. Murabbiylar menga ishonch bildirib, asosiy tarkibda maydonga tushirishdi. Bunday imkoniyatdan samarador foydalanib o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. “Neftchi” safida maydonga tushganimdan xursandman.

-  “Bunyodkor” bilan o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?


-  O'zingiz guvohi bo'ldingiz, juda shiddatli raqobat kechdi. Maydonning xar bir qarichi uchun kurash bo'ldi. Raqibni mag'lub etishni o'z oldimizga maqsad qilib maydonga tushgandik. Afsuski, ko'zlagan natijamizga erisha olmadik. Toshkentliklarga bosim uyushtirdik va gol kiritish uchun xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. Lekin bir qarashda, to'p darvozaga kirishni istamagandek tuyuldi. Muxlislar ham ko'rib turgandi. G'alaba yo'lida chin yurakdan mehnat qildik. Bu futbol, gohida g'alaba gohida mag'lubiyat bo'ladi.  Bu o'yin shunday ediki, bitta gol natijani belgilab berardi. Yakunda ham shunday bo'ldi.

-  “Bunyodkor” jamoasi haqida nima deysiz?

-  Kuchli va hamjixat tarkibga ega jamoa hisoblanadi. Ancha yillardan beri birga o'ynab kelishmoqda. Raqib tarkibida alohida kimnidir ko'rsatmagan bo'lardim. Umuman olganda, yaxshi jamoa sanaladi.


-  “Neftchi”ning g'alabasiga nima etishmadi?


-  CHempionatga bir oy qolganda yangi jamoa tashkillandi. Tarkib yomon emas. Murabbiylar yaxshi saviyadagi ijrochilarni jamlagan. Agar o'z ustimizda ishlab, mehnat qilishda davom etsak ijobiy natijalar qayd etamiz. SHu o'rinda, bir narsani alohida aytib o'tmoqchiman “Neftchi” jamoasi hali o'z so'zini aytadi.

-  Taqvim  “Neftchi”ga ketma-ket qiyin raqiblarni ro'baro etyapti. Keyingi tur “Paxtakor”ga qarshi Toshkentda kechadi. Bo'lajak o'yindan nimalar kutyapsiz?

 
-   “Paxtakor” – aqlli jamoa. Safarda oson o'yin bo'lmaydi albatta. Buni barcha yaxshi tushunib turibdi. Toshkentliklarning kuchli tarafi bu ularning legioner futbolchilarida deb o'ylayman. Lekin raqib maydoniga faqat va faqat g'alaba qozonish uchun boramiz. Bu mavsumda niyatlarimiz jiddiy sanaladi.

-  Muxlislardan nima so'ragan bo'lardingiz?


-  Ishqibozlarning daldasi biz  uchun muhim hisoblanadi. Nasib qilsa, ularning ishonchini oqlaymiz. Hali jamoamiz nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib qo'yamiz. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan fojia yasash kerak emas. CHempionat endi boshlandi. G'alabali kunlar oldinda
 
Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика