So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  1 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  10 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  19 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

Intervyu. Sinisha Mixaylovich: “Iqtidor hech qachon qoidani engolmaydi” Yangiliklar

Intervyu. Sinisha Mixaylovich: “Iqtidor hech qachon qoidani engolmaydi”

“Milan” bosh murabbiyiga aylangan Sinisha Mixaylovich allaqachon yangi jamoasi bilan mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Xitoyda “Real” bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan keyin Mixaylovich jamoa azolarini mehmonxona barida pivo ichishga taklif etdi.

Sinisha Mixaylovich shogirdlariga “Xalqaro CHempionlar Kubogi”da ishtirok uchun shu tariqa minnatdorchilik bildirdi. “Milan” endi qaytadan qurilishni boshladi va Sinishani ko'p ish kutib turibdi.


- “Milan”ga kelganingizdan keyin qandaydir xulosalarni chiqarishga ulgurdingizmi?

- Ha, bular ijobiy xulosalar. Biz yaxshi ishlayapmiz. Barchasini boshidan amalga oshirdik – tarkibni almashtirdik, taktika, tayyorgarlik jarayonini. Qismlar butun kartinani keltirib chiqaradi va bu menga yoqyapti. Gap o'yin uslubi va jamoadagi muhit haqida ketmoqda. Hammasi ideal boshlanyapti. Biz hal qiluvchi o'yinlarga tayyor holatda etib boramiz.

- Jamoa atrofida katta o'sish kuzatilyapti. Bu bosimni kuchaytiradimi?

- Men uchun yo'q. Men masuliyatni bo'ynimga olganimni tushunaman. U qancha katta bo'lsa, men shunchalik ruhlanaman. Tabiatan shunday odamman. Tavakkal qilishdan qo'rqmayman, yangi sinovlar qo'rqinchli emas. G'alaba qozonish uchun yashayman.

- CHempionatda qanday natija siz uchun qoniqarli sanaladi?

- Dastlabki uchlikda yakunlash. Lekin bu jamoa bilan yanada ko'proqqa erishishimiz mumkin. Buning uchun yana bir necha futbolchi bilan kuchayishimiz zarur.

- Batafsilroq to'xtala olasizmi?

- Ko'pi bilan bir yoki ikki futbolchi kerak. Ismlarni esa kutmang.

- “Real”ga qarshi jamoa uslubi va yuzi borligini ko'rsatdi. Taktika bilan yordamchingiz Emilio De Leo shug'ullanishini aytasiz. Haqiqatdan shundaymi?

- Barcha narsani hammadan yaxshiroq qilaman deb ishonmayman. Menda ajoyib yordamchilar bor, ular meni va jamoani yanada kuchliroq qilishadi. Murabbiy bo'lganimda Mourino, Gvardiola, Klopp, Vengerning ishini kuzatib, ko'p narsalarni o'rganganman. Bosh murabbiy tashrif buyurishi shart bo'lgan va yordamchilariga ishonishi mumkin mashg'ulotlar mavjud. Kloppda yaxshi yordamchi bor edi, u menga aytgan: “Yurgen - jahonda eng yaxshi murabbiy, biroq u hech qachon mening ishimni bajara olmasdi”. Men har kim o'z ishini ado etishini xohlayman va bu unga zavq ulashsin. Masalan, jismoniy tayyorgarlikka Antonio Bovenci javob beradi. Jamoada hamma o'z vazifasini yaxshi biladi, barcha masuliyatni bo'yniga oladi.

- Taktikaga qaytamiz. Mashg'ulotlaringizni kuzatib, xulosaga kelish mumkinki, siz bir qator kombinaciyalarda o'z-o'zidan qarorga kelishga erishishga intilyapsiz.

- Ha, bazi narsalar ustida shunday holatgacha ishlash kerak. Har qanday vaziyatda futbolchilar nima qilishni bilishlari kerak. Agar golli vaziyatdan foydalanilmasa, asabiylashmayman. Biroq oldindan o'ylangan kombinaciya paytida xatoga yo'l qo'yilsa, bundan juda jahlim chiqadi. Maydonga chiqqanimizda 80 foiz nima qilishni bilishimiz lozim, qolgan 20 foizi esa raqibga qarab. Qiyinchilik yuzaga kelsa, boshni yo'qotib qo'yish kerak emas, shunchaki o'yin uslubiga amal qilish shart. Muhimi – erishishni xohlayotgan narsangni tashkil etish va uni tushunish.

- Futbol falsafangizda asosiy jihatlar mavjud: hujumkor qanot himoyachilari, ijodkor futbolchi hududida yarim himoyachilarni jalb qilish bilan o'rin almashish, barqarorlik. Qisqa vaqt ichida jamoani bunga o'rgatish mumkinmi?

- To'p bizdaligida barchasi tushunarli. Bir o'yinchi to'pga egalik qilayotgan sherigini quvvatlaydi, ikkinchisi keng hudud yuzaga keltiradi, uchinchisi chiziqlar orasida harakat qiladi, 2 yoki 3 o'yinchi sheriklari ochib bergan bo'shliqdan foydalanishga intiladi. Keyin biz o'yinni barcha ko'rsatmalarga amal qilganini bilish uchun tahlil qilamiz.

- Ijodkor futbolchini mavsum daovmida o'yinlar qanday kechishiga qarab tanlab olasizmi?

- Ha, ko'p narsa o'yinchilar holati va raqibga ham bog'liq. Bazida raqibni taqib qilish, bazida hujumda o'ynash darkor. Asosiy g'oya hech qachon o'zgarmaydi: hujumchilar birinchi himoyachilarimiz. Markazdagi aylanagacha hujumchilar raqibga bosim o'tkazib, o'zlarini qurbon qilishlari lozim. Bizning tarafdagi holat esa ularning ishi emas.

- Luis Adriano va Bakkadan bir paytda foydalanishda muammo ko'rmayapsizmi?

- Kuchli futbolchilar bir tilda gaplashadi va o'zaro yaxshi tushunishga ega bo'lishadi. Muammo bir hujumchi yaxshi, boshqasi yomon bo'lsa yuzaga keladi. Bizda esa bunday emas. Har ikkisida himoyalanishda aniq vazifa bor, ular qanday harakatlanishni bilishadi. SHu bilan birga erkin o'ynash imkoniyatiga ham ega, mahorat va ijodkorliklarini ko'rsatishlari mumkin.

- O'yinchilarni ko'pincha o'zlari uchun qulay bo'lmagan poziciyalarga o'tkazasiz.

- Qanot himoyachilari markaziy yarim himoyachilar bilan joy almashishadi. Maydon markazida doimo o'zgarish ro'y beradi, jamoa harakatda bo'ladi. Futbolchilarni bir poziciyada cheklab qo'yish kerak emas, o'yin mobaynida o'zlariga qulay bo'lmagan poziciyada bo'lib qolishganda ular barcha narsani uddalashlari lozim. Misol uchun, bir hujumchi bilan harakatlanayotgan jamoaga qarshi o'ynayapmiz, tayanch futbolchisi juda ortda o'ynashini istamayman. Bunday vaziyatda yarim himoyamiz kuchsizlanib, raqib markazda ustunlikka ega bo'ladi. Markaziy himoyachilar bunday vaziyatda ishonchli o'ynab, hujumlarni boshlash uchun oldinga borishlari kerak.

- Nima qiyinroq: gavdani shug'ullantirishmi yoki o'ylashni?

- O'ylashni, boshni. Buni uddalasang, hammasi yaxshi bo'ladi. Aks holda, hech narsa chiqmaydi. Futbolchilarni ishlash xohishiga qaytarish muhim edi. “Milan” uchun o'ynayotgan futbolchi bor imkoniyatini ishga solishi shart, maydonni boshini yuqori ko'targan holda tark etishi lozim – bu ularning vazifasi. O'zim o'ynaganimda terma jamoada iqtidorlar ko'p edi, biroq biz hech narsa yutmaganmiz, chunki har kim xohlaganini qilardi. Biz nimada adashganimizni men kechroq tushunib ketdim.

- Tushunish vaqt o'tishi bilan keladi.

- SHunday. “Milan”da bu tezroq kelishi uchunman. Iqtidor hech qachon qoidani engolmaydi. Qoidaga amal qil va g'alaba qozonasan. Xato qilib, o'zingni noprofessional tut – mag'lub bo'lasan. Bu har narsaning asosi. Men shogirdlarimdan hurmat va sodiqlik talab qilsam, ularga o'rnak bo'lishim kerak.

- “Milan” Evrokuboklarda qatnashmaydi va sizda hafta o'rtasida ko'proq ishlab, tarkibni aniqlash osonroq bo'ladi.

- Ha. Biroq futbolchilar barchasi qandaydir 10 daqiqada hal etilishini unutmasliklari zarur. Hamma yaxshi mashq qilishi lozim, aks holda u maydonga tushmaydi. Ular buni tushunib etishdi. Hozircha arz qilishga sabablar yo'q. Tarkibni aniqlash hamisha qiyin, agar futbolchilar mashg'ulotda juda yaxshi ishlashsa. Hech kim o'zini almashtirib bo'lmas deb his qilmasligi kerak. Kam o'ynayotganlar mashg'ulotda saviyasini ko'rsatib, meni qiyin ahvolga solib qo'yishlari shart. Kimdir gaplashishni xohlasa, eshik hamisha ochiq. Bu borada muammo yo'q, men uchun hamma teng.

- Taqvimni ko'rdingizmi? Debyut o'yiningiz Florenciyada kechadi.

- Ehtimol, bu yaxshidir: biz raqibni to'g'ri baholaymiz. Taqvimga etibor qaratmayman. Bazida yaxshiroq boshlash haqida xayollar keladi, lekin ulardan xalos bo'laman. Birinchi o'yinlar hamisha noaniqlik ostida bo'ladi. Ishga etibor bergan yaxshiroq.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика