So’nggi yangiliklar

19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  0 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  2 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  13 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  1 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  1 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  13 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  6 15:23Австралия терма жамоаси собиқ футболчиси: "У Еврода Португалияга ҳалал берди"  19 15:17Азизбек Амонов "Хорфаккан"ни тарк этмоқда  2 14:55Нега тўп қўлга текканидан сўнг Испания дарвозаси томон пенальти белгиланмади?  28 14:26"Бунёдкор" ФК: "Маҳмуджон Маҳамаджонов ҳақидаги хабарлар ҳақиқатдан йироқ"  6

Intervyu. SHoxruz Norxonov: “Neymar deb chaqirishsa xursand bo'laman” Yangiliklar

Intervyu. SHoxruz Norxonov: “Neymar deb chaqirishsa xursand bo'laman”

Bu yil Toshkentning “Obod” klubi oliy ligada debyut mavsumini o'tkazmoqda. Tashkil topganiga uch yil bo'lgan klub elitada o'zini yo'qotib qo'ymayapti.

Jamoa “Buxoro” va “Qizilqum” bilan o'z maydonida durang o'ynadi. O'zbekiston kubogi doirasida “Oq-tepa” 5:0 hisobida taslim qilindi. “Bunyodkor”ga qarshi bahsda esa 2:2 hisobi qayd etildi. Jamoaning yosh hujumchisi SHoxruz Norxonov “Oq-tepa” bilan o'yinda to'rtta gol urib pokerga erishdi, “Bunyodkor” va “Qizilqum” bilan uchrashuvlarda bittadan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biz oliy ligada o'z gollari hisobini ochgan SHoxruz bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Toshkent shahri Uchpeta tumani, “Qoryog'di” mahallasida tug'ilganman, - deb gap boshladi SHoxruz Norxonov. 236-o'rta maktabida tahsil olganman. Birinchi futbolga onam olib borganlar. BO'SM-2da futbol sir asrorlarini o'rganishni boshlaganman. Birinchi murabbiyim Doniyor Murodov bo'ladi. 17 yoshda BO'SM-2dagi o'qishim tugagan. So'ngra Ikkinchi ligada “O'rikzor”, “Toshkent” kabi klublarda o'ynab yurgandim. 2012 yil Vohid Xolboev meni birinchi ligaga, “Oq-tepa” klubiga taklif qilgandi. Hozirgi darajaga etishishda shu murabbiyning xissasi katta bo'lgan deb bemalol ayta olaman. Biroq ikki yil davomida “Oq-tepa”da o'z o'yinimni ko'rsata olmagandim. 2014 yil SHohid Tillaboev “Istiqlol” klubiga taklif qilgandi. Bir yil davomida shu jamoada ancha yaxshi faoliyat olib bordim. 2015 yil “Obod” klubidan taklif bo'ldi, Bobur Zuhriddinov jamoaga chaqirgandi. Hozirgacha shu jamoa sharafini himoya qilib kelayapman. 



- “Istiqlol”da himoyada ham o'ynagan ekansiz. SHu rostmi?
- Ha to'g'ri. O'ng qanot himoyada o'ynaganman. “Oq-tepa”da o'ng qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynardim. “Istiqlol”da himoyada muammo bo'lganida himoyada ham o'ynatishgan. “Obod”da ham dastlabki mavsumda o'ng qanot yarim himoyachisi bo'lib harakat qilganman. Alisher Azizov markaziy hujumchi vazifasini bajarardi. Bu yildan murabbiylar meni markaziy hujumda o'ynatishmoqda.

- Sizga qaysi joyda o'ynash qulayroq?
- Markaziy hujumda va o'ng qanot yarim himoyasida o'ynash. Aslida jamoam uchun istalgan joyda o'ynashga tayyorman.

- Bobur Zuhriddinov juda yosh murabbiy. Mashg'ulotlar vaqtida o'zidan kattalar bilan qanday ishlaydi?
- O'zbekistonda bunday murabbiy yo'q deb ayta olaman. Yoshlar bilan ham, kattalar bilan ham birdek ishlay oladi. Mashg'ulotlarda o'zidan 10 yosh katta futbolchi ham murabbiyga quloq soladi. CHunki mashg'ulotlari juda ham qiziqarli o'tadi. U har bir o'yinchining ichiga kira oladi, Zuhriddinov nafaqat murabbiy balki kuchli psixolog. Futbolchining kamchiligini yuziga aytmaydi, ortiqcha maqtamaydi ham. Yigitlardan nima istayotganini tushuntirib bera oladi.

- Mag'lubiyatlarda o'zini qanday tutadi?
- Yutqazib qo'ysak hech kimdan ayb qidirmaydi. Mag'lubiyatdan so'ng barcha to'g'ri xulosa chiqarib keiyngi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Futbolchilar bir-birini qo'llaydi. Jamoa juda ham ahil, juda ham. Murabbiydan tortib, shifokorgacha.


- “Bunyodkor” bilan kubok bahsida va “Qizilqum” bilan oliy liga bahsida to'p kiritdingiz. Biroq gol ursangiz negadir buni sovuqqonlik bilan qabul qilayapsiz. SHoxruz Norxonov golni nishonlamaydimi?
- (kuladi) Yo'g'e. Birinchi ligada gol urganimda nishonlardim. SHunchaki bu oliy liga raqiblar jiddiy. SHu bois gol urganimda ichimdan boshqacha hissiyotlar o'tmoqda. Oliy ligada birinchi bor o'ynayotganim uchun shunday bo'layapti shekilli. Balki keyinchalik golni boshqacha nishonlarman.

- O'tgan yil “Obod”ning maqsadi nima bo'lsa ham oliy ligaga chiqishmidi?
- “Obod” 2014 yil birinchi ligada 3-o'rinni band etgandi. 2015 yil klubga kelganimda yil boshida rahbariyat yig'ilish o'tkazgan va oldimizga oliy ligaga chiqishni vazifa qilib qo'ygan edi. O'shanda yil boshida nima bo'lsa ham oliy ligaga yo'llanma olishga harakat qilishga kelishib olgandik.

- Mavsum o'rtasida “Oq-tepa” 6 ochko farq bilan birinchi o'rinda borayotgandi...
- To'g'ri takidladingiz, farq kattalashib ketgandi. Ammo murabbiylar ham, futbolchilar ham o'z o'yinimizni ko'rsatib har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun o'ynash haqida o'yladik. Hech kim bir biridan ayb qidirmagan, hech kim oliy ligaga chiqa olmadik degan fikrda bo'lmagandi.

- “Kosonsoy”ga qarshi o'yindagi g'alaba “Obod”ga oliy ligani taqdim etgandi.
- So'nggi turda o'z maydonimizda bu jamoani mag'lub etishimiz shart edi. “Oq-tepa” o'z uchrashuvini yutayotgandi, shu bois har bir urgan golimizni bayram sifatida qabul qilgandik. Uchala gol ham ajoyib tarzda urilgandi. SHukurki g'alaba qozonib oliy ligaga chiqqandik. O'sha kun hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri bo'lib qoldi. Ishonamanki hali bundan ham ajoyib kunlarni boshdan kechiraman.



- “Obod” o'tgan yilgi vazifani bajarib oliy ligaga chiqdi. Bu yilchi, rahbariyat jamoa oldiga qanday vazifa qo'ydi?
-  Imkon qadar yuqori o'rinni band etishni maqsad qilib qo'yganmiz. Biz oliy ligada yangi jamoamiz. Lekin tarkibga qarab “Obod” 10talikka kirishga loyiq deb hisoblayman.

-  “Obod” kuchli va tajribali klublarga qarshi o'yinlarda chiroyli o'yin namoyish etmoqda. Xatto ochkolar ham tortib olayapti. Buning siri nimada?
- Ahillik. Jamoadagi har bir futbolchi sherigini qo'llab quvvatlaydi. Jisplashib ketganmiz. Boshqa futbolchining xatosini narigi futbolchi to'g'rilashga urinadi.

- Jamoaning maqsadini aytdingiz. Sizning shaxsiy maqsadingiz?
- Doim olg'a intilish va yuqoriga chiqish. Eng katta maqsadim o'yinim va gollarim orqali milliy terma jamoadan chaqiruv olish. Har bir futbolchining orzusi milliy terma jamoada o'ynash. Xuddi shunday orzu menda ham bor. Mehnat qilishdan qochmayman, o'z ustimda ishlab, o'yinlarda gollarim sonini ko'paytiraverishim kerak.

- Ko'pchilik sizni “O'zbek Neymari” deb atamoqda. Bunga qanday qaraysiz?
- O'zim Neymarning o'yinlarini kuzatib borardim. O'yiniga havas qilaman, shu bois shunday deb chaqirishsa xafa bo'lmayman, aksincha xursand bo'laman. Lekin uning darajasiga chiqishimga ancha bor.

- O'zbekistonda kimlarga havas qilasiz?
- Yurtimizda kuchli va tajribali futbolchilar juda ko'p. Odil Ahmedov va Sardor Rashidovning o'yinlariga havas qilaman.

- Bo'sh vaqtda nima qilasiz?
- Hozir bor etiborim futbolga qaratilgan. Ertalab o'zim yakka tartibda mashg'ulot o'tkazaman. Jismoniy tayyorgarlikka urg'u beraman. Dam olaman va kechki payt klub bilan birga shug'ullanaman. Bo'sh vaqtim hozir juda kam.



- Futbolchilar orasida do'stlaringiz bormi?
- “Olmaliq”da o'ynayotgan Murod Rajabov, “Oq-tepa” vakili Maruf Ahmadjonov bilan do'stmiz. Boshqa klublarda ham do'stlarim bor.

- Eng katta orzuingiz?
- Dunyoning eng kuchli klub safida o'ynash.

- “Barselona”mi?
- (kuladi) SHunday desa ham bo'ladi. Lekin buning uchun juda ko'p ishlashim kerakligini bilaman.

- Oliy ligada o'ynayapsiz, gollar urayapsiz, intervyular berayapsiz. Yulduzlik kasaliga chalinib qolmaysizmi?
- Yo'q, yo'q. Bunday bo'lmaydi. Erishgan natijadan havolanib ketmayman va mehnat qilishda davom etaman.

- Suhbat so'nggida kimlarga minnatdorchilik bildirmoqchisiz?
- “Istiqlol”da birga ishlagan SHohid Tillaboev, bosh murabbiy Kamol Jo'nashev, mamur Muroj akaga katta rahmat aytaman. Vohid Xolboevga esa alohida minnatdorchilik bildiraman. Aynan shu kishi meni katta futbolga olib kelgandi.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика