So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Intervyu. Rahim Sterling: “Yutqazishni yoqtirmayman” Yangiliklar

Intervyu. Rahim Sterling: “Yutqazishni yoqtirmayman”

CHempionlar ligasining nimchorak finalida tarkibida Angliyaning barcha davrlardagi eng qimmat futbolchisi bo'lgan “Manchester Siti” Kievning “Dinamo” klubiga qarshi kurash olib boradi.

Jahonning eng boy jamoalaridan biri sanalgan ingliz klubi safida transfer narxi raqib tarkibining bir qator o'yinchilarinikiga teng bo'lgan Rahim Sterling harakat qiladi. Yozda “Liverpul”dan “Siti”ga ko'chib o'tishi har kuni tahlil qilingan 20 yoshli yarim himoyachi ayni paytda o'zi uchun ancha qulay sharoitda faoliyatini davom ettirmoqda. Sterling “The Telegraph” nashriga intervyu berdi va unda bir qator savollarga javob qaytardi.

– Rahim, transferingiz atrofidagi vaziyat asabiylashtirganini tan olasizmi?
– Albatta, bu har kuni ro'y berganda asab chegarada bo'ldi. “Liverpul”da qarorimga hurmat bilan munosabatda bo'lishdi. Har kuni Brendan Rojers va jamoadoshlarim bilan suhbatlashdim, ular menga salbiy munosabat bildirishmadi. Barcha yuk klub tashqarisidan kelib tushdi.


– O'sha paytda qaroringizni o'zgartirishni xohladingizmi?
– Yo'q, lekin bunday holatga tushishni dushmanimga ham ravo ko'rmayman! Tushuning, matbuotdagi tanqidga qarshi emasman, ammo hammasida chegara bo'lishi kerak. OAVda meni futbol taraflama tamom qilayotgan narsalar mavjud. Bu kasbning bir bo'lagi. Biroq kishi bilan tanish bo'lmasdan va holatni bilmasdan uni sud qilmaslik kerak.

– Lekin “Liverpul” bilan shug'ullanmaslik va “Siti”ga ko'chib o'tishingizni tezlatish uchun kasal bo'lib oldingiz.
– Noto'g'ri! Men o'zimni kasalga solmadim. Hodisani yana jurnalistlar o'ylab topishdi. Aslida bunday bo'lgandi. Seshanba kuni mashg'ulotimiz bor edi, kech tushishi arafasida oshqozonim og'ridi. Bu haqida klub shifokoriga malum qildim. Menda oddiy yoqimsiz holat yuzaga kelgandi, bunda qanday qilib bor kuch bilan mashq qilishim mumkin? SHifokor masalaga tushunish bilan yondoshdi va menga 48 soat davomida jamoadoshlarim yonida bo'lishni taqiqladi. O'shanda shifokorning ko'rsatmasini bajardim xolos.

– O'tish rasman amalga oshganda nimani his qildingiz?
– Uyga keldim va yaqinlarimga asabiylashish tamom bo'lgani, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishim uchun hech narsa xalal bera olmasligi to'g'risida aytdim. Taqdir hazilini qarang, katta futbolda aynan “Siti”ga qarshi debyut qilgandim. Bolalar jamoasidan asosiy tarkibgacha bo'lgan katta yo'lni bosib o'tdim. Endi esa jahon futboli yulduzlari bilan birga mashq qilyapman! Bu erda barchasi umuman yuqori saviyada va men o'sib borishim shart.


– Nega aynan “Siti” taklifini qabul qildingiz? Siz bilan boshqa katta klublar ham qiziqqandi. “Liverpul” ham moliyaviy shartlari yaxshiroq taklif kiritgandi.
– Menga klubning rivojlanish uslubi yoqdi. Oxirgi bir necha yil ichida “Manchester Siti” Evropaning eng kuchli klublaridan biriga aylandi va rivojlanishda davom etyapti. Albatta, qarorga CHempionlar ligasida o'ynash ham tasir ko'rsatdi. Hech kim bahslashmasa kerak, CHempionlar ligasi qita va jahondagi eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Yaqinda 21 yoshga to'ldim va bunday imkoniyatdan bosh tortish axmoqlik bo'lardi! Ushbu turnir menga o'zimni eng yuqori saviyada ko'rsatishga imkon beradi.

– Manuel Pellegrinining mashg'ulot jarayonida sizni nima eng ko'p ajablantirdi?
– Mashg'ulot o'tadigan surat. To'p bilan ishlanadigan oddiy mashqlarda ham bizdan bir urinishda bajarish talab etiladi. “Liverpul”da ham shunga o'xshashroq edi, lekin Pellegrinida bu jihat yanada yuqoriroq.

– Siz haqingizda inson sifatida turli fikrlar yuradi. Siz o'zingizni qanday tariflagan bo'lardingiz?
– Men to'g'ri insonman. Maslahatlar bir qulog'imdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketadi. Onam shu sababli bundan norozi bo'ladi. Lekin xarakterim shunday. Hech narsa qilib bo'lmaydi. Biror narsani istasam, unga erishaman. Yiqilib, qon yo'qotib bo'lsa ham. Yana tanqidni juda og'riqli qabul qilaman. Hatto, onamdan ham. Masalan, bir mag'lubiyatdan keyin kiyinish xonasiga keldim. Undan telefonimga kelgan xabarda shunday yozilgandi: “Sizlar yutishingiz kerak edi. Sizlarga taslim qiluvchi instinkt etishmadi. Onang”. Mana shunday.


– “Liverpul” va “Manchester Siti”-ikki turli olammi?
– Unchalik emas. Ular ajoyib ishqibozlarga ega katta klublar. Kimgadir nimanidir isbotlamoqchi emasman. SHunchaki yangi qadam uchun vaqt kelgandi. Umid qilamanki, uni to'g'ri amalga oshirganman. Bu erda bo'lishdan va Kompani, Aguero, David Silva, Jo Xart, Yaya Ture kabi futbolchilar bilan birga ekanimdan xursandman. Ular bilan mashq qilib va futbol o'ynab, o'yinchi sifatida o'sib boraman. Bu juda muhim.

– Bolalikda kumiringiz kim bo'lgan?
– Kimnidir alohida ko'rsatish qiyin. Aytaylik, u Ronaldino edi. Juda yaxshi eslayman, uning  “Barselona” tarkibidagi o'yinlarini kuzatib borganman. O'shanda vaqti kelib maydonda shunday ishlarni amalga oshirishni o'ylardim.

– Bolaligingizda futbol qaysi o'rinda bo'lgan?
– Birinchi, biroq onam buning uchun meni haligacha tergaydi. Londonda “Uembli”dan bir necha daqiqa uzoq hududda o'sganman. Ko'z oldimda ushbu buyuk stadionni qayta qurish ishlari o'tgan. Ko'chada futbol o'ynardim va ulkan yuk ko'tarish kranlariga qarab, bir kun kelib u erda o'ynashni orzu qilardim. Tan olaman, bir necha marta tushimda “Uembli” stadioniga Angliya terma jamoasi libosida 10-raqamda chiqib kelganimni ko'rganman. Kulgulimi? Ehtimol. O'ylashimcha, Ueyn Runi xafa bo'lmaydi.

– Yoshlar jamoalarida hamisha o'zingizdan kattalarga qarshi o'ynagansiz.
– SHunday bo'lgan. Tengdoshlarimga qarshi o'ynagan biror uchrashuvni eslolmayman. Hozir ham bo'yim baland emas, yoshlikda esa umuman kichik bo'lganman. Bir tarafdan o'zimdan 2-3 baravar baland bolalar bilan yugurib yurishim kulguli tuyulardi. Lekin aynan o'shanda ilk o'sishni boshdan kechirganman.

– Uzoq vaqt tezlik asosiy qurolingiz hisoblangan. Sprinter bo'lish haqida o'ylab ko'rmaganmisiz?
– 14 yoshimda rostdan ham 100 metrni 11 soniyadan kamroq vaqtda yugurib o'tardim. Do'stlarimdan biri tezligidan unumli foydalanardi, raqibni quvib o'tib, u to'p bilan nima qilishni o'ylaguncha to'pni olib qo'yardi. U ko'p marta meni ham shunday tarzda to'pdan mahrum qilgan, lekin tez orada nima qilishni anglab etganman va uni aldab o'tishga kirishganman.


– Rahim Sterling uchun sportdagi eng yoqimsiz jihatlar nimada?
– Yutqazishni yoqtirmayman. SHu sababli ko'pchilik menga qarshi mashg'ulotda o'ynashdan ham bosh tortardi. Murabbiylar tanbeh berishardi, biroq hech narsa qilolmasdim. O'ynamaganimda jamoam yutqazayotgan pallada ham keyingi o'yingacha o'zimni tinchlantira olmasdim. Vaqt o'tishi bilan mag'lubiyatni sport hayotining bir qismi sifatida qabul qilishni o'rgandim. Bu oddiy inson bo'lib qolish va oldinga qadab tashlashda yordam beradi.

Rahim STERLING
Rahim SHakil Sterling 1994 yil 8 dekabr kuni Yamaykaning Kingston shahrida tug'ilgan.
Bo'yi-170 sm, vazni-69 kg.
“Vest Xem”, “Kuinz Park Reynjers” va “Liverpul” yoshlar jamoalarida o'ynagan.

Ilk shartnomasini 2012 yil “Liverpul” bilan tuzgan. “Qizillar” tarkibida 129 uchrashuvda 23 gol urgan.

2015 yilning iyulida “Manchester Siti”ga 49 million funt evaziga ko'chib o'tdi. Yangi jamoa safida 22 o'yinda 8 to'p kiritdi.

Angliya terma jamoasida Sterling 17 yosh va 341 kunligida SHveciyaga qarshi o'rtoqlik bahsida debyut qilgan. Termada 20 bellashuvda 2 gol urgan.

Otasi Rahim 9 yoshligida Yamaykada nomalum shaxslar tomonidan otib ketilgan. 2012 yil Sterling San Enn Rouzdan qiz ko'rgan.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика