So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  19 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  5 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  9 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  29 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

Intervyu. Pavel Mogilevec - "Bunyodkor"ning taklifi, Superligadagi debyut, Ibrohimhalilning o'yini, SHomurodov va Karpin haqida Yangiliklar

Intervyu. Pavel Mogilevec - "Bunyodkor"ning taklifi, Superligadagi debyut, Ibrohimhalilning o'yini, SHomurodov va Karpin haqida

"Bunyodkor" yozgi transferlar oynasida tarkibiga rossiyalik yarim himoyachi Pavel Mogilevecni qo'shib oldi.

Faoliyati davomida “Zenit”, “Rubin”, “Rostov”, “Ximki” va “Nijniy Novgorod” klublari safida Rossiya premer ligasida jami 148 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlarining 10 ta goliga hammualliflik qilgan bo'lsa, 4 marta o'zi raqib posbonlarini ranjitgan. "So'g'diyona"ga qarshi kechgan uchrashuvda Superligadagi debyutini amalga oshirgan Pavel saytimizga dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 


- Pavel "Bunyodkor"ga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Dastlab ko'rikka taklif qilishdi. Jamoaning Minskdagi yig'inida ishtirok etdim. Ikkita uchrashuvda maydonga tushdim. Yakunda shartnoma imzoladik, tamom. Qisqacha fikrim shu. 

- CHorlov aynan kim tomonidan kelib tushdi? Agentlar yoki bosh murabbiyning o'zi?

- Do'stim O'zbekistonda ancha yillar oldin to'p tepgandi. Uning bu erdagi tanishlari etarlicha. Murabbiy va rahbariyat esa men bilan yig'inda tanishdi. 

- Klubdagi ilk taassurotlar qanday?

- Takidlash joizki, klubdagilar meni yaxshi qabul qilishdi. Moslashishimga ko'maklashishmoqda. Jamoadoshlarimga buning uchun rahmat aytib qolaman. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda g'alabalar qozonishni boshlaymiz. Bu ko'p kuttirmaydi, deb o'ylayman. 

- "So'g'diyona" bilan o'yinda jamoa mag'lubiyatga uchradi. Mazkur bahs siz uchun Superligadagi debyut bo'ldi. Xo'sh qanday fikrlar yuzaga keldi?

- "So'g'diyona"ni oddiy raqib, deya olmayman. Bejizga turnir jadvalida sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgani yo'q. Biz esa ularning kuchli taraflarini zararsizlantira olmadik. Deylik qanotlardan uzatmalar, qarshi hujumlarda ular jazoladi. Xatolarimizdan foydalanib ketdi, xolos. Lekin hozirda katta kuch bilan navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Bizni murakkab hafta kutib turibdi.  

- "Bunyodkor"ning ayni paytda egallab turgan o'rniga qanday munosabatdasiz?

- Klub avvalgi yillarda qanday o'rin egallaganini ko'rib chiqdim. Albatta, "Bunyodkor" turnir jadvaliga o'ziga munosib o'rinda emas. Vaziyatni o'zgartirish uchun maksimal darajada harakat qilamiz. Bu yo'lda jamoaga bor kuchim bilan yordam berishga harakat qilaman. 

- Deyarli yarim yil jamoasiz edingiz. Sport formangizni qanday ushlab turdingiz

- To'g'ri. SHu bois biroz qiyin bo'lyapti. Lekin intilishdan to'xtamayman. 

- "Pari NN" klubida Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan birga to'p tepgansiz. Uning sifatlariga qanday baho bergan bo'lardingiz?

- U texnik jihatdan kuchli futbolchi. Tezligi ham zo'r. Eng muhimi u hozirgi o'yini bilan to'xtab qolmasligi. Yanada o'sishi kerak. Keyinchalik nima bo'lishi uning o'ziga bog'liq. 

- Rossiya chempionatida yana futbolchilarimiz ko'paymoqda. Yaqinda Xojimat Erkinov "Torpedo" safiga borib qo'shildi. Bu borada o'zini sinab ko'rishi mumkin bo'lgan futbolchilar ko'proq nimaga etibor qaratishi kerak?

- Bilasiz, Rossiyada ko'proq kuchga asoslangan futbol namoyish etishadi.  Har bir chempionatda bo'lgani kabi vaqt zarur. Agar futbolchi yanada oldinga intilishni istasa, qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi va qiyinchiliklarni engib o'tadi. 

- Eldor SHomurodov "Rostov"da ochildi. U siz yuqorida aytgan to'siqlarni engib o'tishida Valeriy Karpining qanchalik o'rni bor?

- Albatta SHomurodovning Rossiyada muvaffaqiyatli o'ynab ketishi qaysidir manoda Valeriy Karpinga bog'liq. U "Rostov"da o'ynayotgan paytda men ham shu jamoada edim. Muvaffaqiyatlarining bir qismi sifatida murabbiyning unga bo'lgan ishonchini aytmoqchiman. Ikkinchidan u mashg'ulotlarda astoydil ishlardi. Karpinning talablarini diqqat bilan eshitib bajargan. Bu borada u shunchaki molodec. 


Obuna bo'ling: Intervyular olami

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика