So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  54 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  0 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  17 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  3 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  3 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  40 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

Intervyu. Obid Jo'raboev: "Buxoroda futbol bor, bizdan keyin ham bo'ladi" Yangiliklar

Intervyu. Obid Jo'raboev: "Buxoroda futbol bor, bizdan keyin ham bo'ladi"

Kechadan etiboran "Buxoro" stadioniga katta futbol qaytdi.

 Muhtasham arena 2 yildan so'ng yana uchrashuvlarni qabul qila boshladi. Hakim Fuzaylov shogirdlari kecha qaytishni o'zgacha g'alaba bilan nishonlashdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Xorazm"ga qarshi kechgan o'yinda 3:2 hisobi qayd etildi. O'yindagi gollardan biriga esa "Buxoro"ning tajribali futbolchisi Obid Jo'raboev mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng Obid Jo'raboevni suhbatga chorladik. 

- Kechagi raqib tarkib jihatdan kuchsiz bo'lsada, o'yin tomonlama ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'lmoqda. O'z maydonida "Andijon"ni mag'lub etishni uddasidan chiqqandi. Har bir o'yinda oxirigacha kurash taklif qilmoqda. "Buxoro" jamoasi uchun mazkur bahs qanday o'tdi?

- Nihoyat o'z maydonimizda o'yin o'tkazdik. Albatta bayramona ruh kezib yurdi. Natijadan ham malumki, o'yin oson o'tgani yo'q.  Vaziyatlarni golga aylantirganimiz foyda keltirdi. "Xorazm" ancha yosh va shijoatli jamoaga aylangan. Xatolardan foydalanib ketishadi. Maydon juda yaxshi holatda ekanligiga guvoh bo'ldik. Nima bo'lgan taqdirda ham muxlislarga g'alaba tortiq qilishimiz talab qilinardi. Mazkur o'yingohda yana chiroyli g'alabalar bilan ularni xursand qilmoqchimiz. 

- Jamoaning asosiy quroli standart vaziyat bo'ldi. Mazkur ko'rsatma raqibdan kelib chiqib berilganmidi yoki bu sekin-asta jamoaning uslubiga aylanib boryaptimi?

- To'g'ri aytdingiz. Standartlardan samara chiqara oldik. "Xorazm"ni o'rganganimizda ularning himoyasi standart vaziyatlarda ko'p xato qilayotganini payqadik. Mashg'ulotlarda, nazariy suhbatlarda bu borada gaplashdik. Avvalgi o'yinlarda ham burchak, jarima zarbalari orqali gol urganmiz.  

-  SHavkat Salomovning uzatmasini golga aylantirdingiz. Qizig'i "Dinamo"da ham aynan qanotlardan, jarima to'plaridan berilgan paslardan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qilgansiz...

- SHavkat Salomov jamoamiz etakchisi va o'yinni boshqaruvchisi. Unda boy tajriba bor. Himoyachi o'yin davomidagi xavfli vaziyatlarda to'g'ri poziciya tanlay olishi kerak. Hakim Qayumovich doim mashg'ulotlarda aytib keladilar. Gohida o'zim ham gol urishimni sezaman. Kecha maydonga chiqishdan avval to'p kiritishni niyat qilgandim. 

- Obid Jo'raboev ikkinchi yoshligini o'tkazyaptimi?

- To'g'risini aytsam futbolchilik faoliyatimni bugun boshlagandek his qilmoqdaman. Yosh futbolchilarning oldida o'rnak bo'lib ikki hissa kuch bilan harakat qilishim kerak. 

- Buxoroga futbol qaytdi desak bo'ladimi yoki bunday xulosaga ertami?

- Buxoroda futbol oldindan bor, bizdan keyin ham bo'ladi. Maqsadimiz jamoani Superligaga qaytarish. 

- Keyingi turni "Aral Samali"ga qarshi o'tkazasizlar. Ular esa suniy maydonda to'p tepadi...

- Suniy maydonda barchaga qiyin. Qanday maydon bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика