So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

Intervyu. Mo'ydin Mamazulumov: “Abramov haqida faqat iliq fikrlar bildira olaman” Yangiliklar

Intervyu. Mo'ydin Mamazulumov: “Abramov haqida faqat iliq fikrlar bildira olaman”

O'zbekistonning besh karra chempioni hisoblangan Farg'onaning “Neftchi” klubi bu yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz tarzda boshladi.

Vodiy klubi 12ta o'yindan 10 ochko to'plab oliy ligada 16ta klub orasida 15-o'rinni egallab turganini boshqacha izohlab bo'lmaydi.

Yaqinda “Neftchi” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuzaga keldi. Jamoaga tajribali mutaxassis Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. Birinchi davraning so'nggi uchta o'yini va ikkinchi davra bahslarini jamoa Abramov qo'l ostida o'tkazadi. Biz “Neftchi” hujumchisi Mo'ydin Mamazulumovdan mavsumning boshi va Abramovning tayinlanuvi haqida intervyu olishga qaror qildik.

- "Neftchi"dek klubning mavsumni omadsiz boshlaganiga nimalar sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- To'g'ri takidladingiz 2017 yilgi mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Bunga bir qator jihatlar sabab bo'ldi. Ulardan asosiysi bu omad. Biz omadni ushlashga harakat qildik. Biroq xatto o'z maydonimizda ham raqiblarga yutqazib qo'yaverdik. Natijada ochkolarimiz soni ayni paytga kelib juda ham kam.

- Omad tufayli dedingiz. Sizningcha bu mavsumdagi "Neftchi"ning eng omadsiz o'yini qaysi bo'ldi?

- Bundan bahslar ko'p bo'ldi. Masalan, Navoiyda “Qizilqum” bilan o'yinda biz 2:0 hisobida oldinda borayotgandik, ammo  mezbonlar ikkita javob to'pi kiritishdi va g'alabani boy berdik.

- Qishda “Neftchi”ni tark etgan etakchilarning o'rni to'ldirildi deb hisoblaysizmi?

- Men qishda jamoaga kelganimda Mansur Saidov, SHukurali Po'latov va Jahongir Mehmonov kabi futbolchilar klubni tark etishdi. Bular “Neftchi”ning etakchilari edi. Ularning o'rniga legionerlar olib kelindi. Birinchi davra o'yinlari orqali ko'rindiki yuqoridagi uch nafar futbolchining o'rni to'ldira olinmadi. Legionerlar o'zlarini yorqin tomonlama ko'rsata olishmadi. Balki ular jamoaga moslashib keta olishmagandir, balki boshqa sabab bordir. SHaxsiy fikrim shunday.

- Bilamizki azaldan Farg'onada futbolni juda sevishadi. Lekin so'nggi paytlarda "Neftchi"ning uy o'yinlariga juda kam sonli tomoshabinlar kelishmoqda. Bu faqat mag'lubiyatlar bilan bog'liq deb o'ylaysizmi?

- Albatta, mag'lubiyat sabab deb o'ylayman. Agar g'olib bo'lib tursangiz muxlislar o'z-o'zidan ko'payyadi, ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin stadionga tashrif juda ham kamayib ketdi. Yangi bosh murabbiy Vadim Abramov ilk intervyularidan birida muxlislarni stadionga qaytarish asosiy vazifalardan biri ekanligini aytdi. O'zim farg'onalikman, shu bois bu erning muxlislarini juda yaxshi bilaman. Ular jonajon klublari uchun borlarini berishga tayyorlar.  Nasib qilsa birinchi davraning oxirgi o'yinlarida va ikkinchi davrada ularga manzur bo'ladigan o'yinlar hamda natijalar qayd etamiz. Har holda barcha futbolchilar shuning uchun mashg'ulotlarda ishlashmoqda.


- Siz hujumchisiz, ammo bu mavsumda atiga bitta gol urdingiz. Bu past natija ekani aniq. Ushbu mavsumda jami qancha gol ura olaman deb o'ylaysiz?
- Har qanday futbolchi yil boshida o'z oldiga malum bir maqsadlarni qo'yadi. Hozirga qadar bo'lib o'tgan 12ta turda hech bir o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushganim yo'q. Zaxiradan asosan 15-20 daqiqaga tushdim va 1ta gol urdim xolos. Hujumchi bo'lganimdan keyin kamida 10ta gol urishni maqsad qilganman. Gollarim bilan jamoamga yordam bersam bundan albatta xursand bo'laman. Imkoniyat berishsa o'ynashga va gollar urishga doim tayyorman.

- "Neftchi" hujumchilari orasida raqobat qanchalik kuchli deb o'ylaysiz?

- Jamoamizda SHerzod Hakimov va Otabek Isroilov kabi hujumchilar bor. Bu futbolchilar bilan raqobat yaxshi darajada. Kim mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa va murabbiy kimni tanlasa o'sha maydonga tushadi. Ko'p narsa taktikaga ham bog'liq deb o'ylayman. Uyda ham mehmonda ham ko'pinchi 5 himoyachi, 3 yarim himoyachi 2 hujumchi yoki 5-4-1 taktikasida o'ynadik. SHuni evaziga hujumchilar ham, jamoa ham kam gol urdi deb o'ylayman. Asosan himoyaviy o'yin ko'rsatganimiz tufayli muxlislar bizdan biroz ranjishdi deb hisoblayman.

- Vadim Abramovni jamoa qanday kutib oldi? U futbolchilardan nimalarni talab qilmoqda?

- Vadim Karlenovichni barcha yaxshi kutib oldi. Futbolchilar ham, rahbariyat ham, muxlislar ham. Bu murabbiyni O'zbekistonda barcha yaxshi taniydi desam mubolag'a bo'lmasa kerak. U o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasida ishlagan. Abramov kelgach mashg'ulotlarda o'zgarishlar bo'ldi. U futbolchilar bilan bosqichma-bosqich tanishib bormoqda. Mashg'ulot jarayonlarida har bir o'yinchining miyasiga muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etish uqtirilmoqda. Murabbiy bizdan to'p bilan ko'proq muomala qilishimizni so'ramoqda.

- Abramov bilan "Lokomotiv"da ham birga ishlagansiz. Bu sizga qaysidir manoda yordam beradimi?

- To'g'ri aytdingiz, 2015 yilgi mavsumda Karlenovich meni “Lokomotiv”ga chaqirgan edi. U bilan birga ishlaganmiz, bir-birimizni yaxshi taniymiz. Ushbu murabbiy haqida faqat iliq fikrlar bildirishim mumkin. Ammo u meni taniydi deb o'z ustimda ishlamay qo'ysam zaxirada qolib ketishim aniq, shu bois mashg'ulotlar orqali asosiy tarkibga loyiq ekanligimni ko'rsatishim va isbotlashim kerak.

- Tajribali futbolchi sifatida “Neftchi” tarkibida bu mavsumda qaysi yosh futbolchilar kashfiyot bo'lishdi deb ayta olasiz?

- Bir qator yoshlar tarkibga jalb qilinmoqda. Ular orasida yosh hujumkor yarim himoyachi Abdurahmon Abdulhaqovni alohida takidlagan bo'lardim. U o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. Abbos Maxstaliev esa jamoaning etakchi futbolchilardan biriga aylanib oldi.

- Jamoa safida Otabek Haydarov ko'rikdan o'tayotgani malum bo'ldi. Bu hujumchi haqida nimalar deya olasiz?

- Bu futbolchini oldindan yaxshi bilaman. “Qo'qon-1912”da va “Neftchi”da o'ynagan paytlarida o'yinlarini ko'rganman. Yaxshi saviyadagi hujumchi deb o'ylayman. Futboldan tashqarida ham o'zaro munosabatimiz yaxshi. Qishda oyog'ini operaciya qildirgandi. Endi sekin asta safga qaytmoqda. Agar murabbiylar uni jamoada olib qolishsa ikkinchi davrada albatta “Neftchi”ga yordami tegadi deb o'ylayman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика