So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  1 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  10 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  20 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

Intervyu. Mark-Andre ter SHtegen: “Ko'proq ishlashni afzal bilaman” Yangiliklar

Intervyu. Mark-Andre ter SHtegen: “Ko'proq ishlashni afzal bilaman”

Mark-Andre ter SHtegen “Barselona”da ikkinchi mavsumni boshlashga yaqin turibdi. Germaniyalik posbon Ispaniya chempionati o'yinlarida ham maydonga tushish xohishi borligini yashirib o'tirmayapti.

“Mundo Deportivo” gazetasi bilan suhbatda u yangi mavsumga rejalar hamda boshqa jihatlarga oid savollarga javob qaytardi.


- Mark, senga “Real” yoqadimi?

- Bilasizmi, bazilar “Real”ni yoqtirmasligi haqida gapirgan. Men boshqacharoq aytaman: “Bizga “Real” juda kuchli yoqmaydi”. Bu “El Klasiko” va barcha qarama-qarshilikning ahamiyatini tushunadi.

- “Barsa”ning o'yinini aynan shunday tasavvur qilganmiding?

- Bu birinchi transferim edi va yangi madaniyat, o'yin uslubiga ko'nikishimga to'g'ri keldi. Bu jamoada boshqacharoq, lekin menga juda yomon tayyor edim deya olmayman.

- O'tgan mavsumdagi eng yaxshi va yomon lahzalarni aytib o'tsang.

- Yomon narsalarni eslashni yoqtirmayman, faqat ko'proq o'ynashni istaganimni ayta olaman. Buni barcha xohlaydi. Menimcha, maydondaligimda hammasi joyida bo'ldi – to'liq tayyor va etiborli edim. Bir necha xatoga yo'l qo'ydim, biroq xato barchada mavjud. Yaxshi tarafdan esa yutilgan sovrinlarni aytaman.

- Jamoada eng yaqin do'sting kim?

- Kimnidir aytish mumkinligini bilmayman. Barcha yigitlar bilan chiqishib ketdim. Ehtimol, ko'proq Ivan Rakitich va Tomas Vermalen bilan muloqot qilarman. Lekin barcha bilan bir xilda munosabatdaman.

- Boshqa klublar posbonlari Messi bilan mavsumda 2-3 marta to'qnash kelishadi. Sen u bilan har bir mashg'ulotda ko'rishasan. Taassurot qanday?

- Bizda ajoyib hujum chizig'i bor, lekin himoya va o'rta chiziq haqida ham unutmaslik lozim. Jamoa butunligicha kuchli. Messining raqobati meni qo'rqitmaydi, uning asosiy jihatlari bilan yaqindan tanishman.

- Kataloniyada istiqomat qilish qanday?

- Oddiy hayot, sevgan qizim universitetda o'qiyapti. Bu erda shug'ullanishga narsalar topiladi, biroq ular futbol bilan bog'liq emas.

- Yoqtirgan joying qaer?

- Kasteldefels. Barselonada odam ko'p, hayot esa ancha sokin. SHu yil davomida shunday holatga guvoh bo'ldik. Menga plyaj yoqadi, istagan joyga borsa bo'ladi.

- Odamlar ko'chada tanishadimi?

- Ha, bundan qochib bo'lmaydi. Bunda muammo yo'q. Ko'chaga yoki magazinga chiqqaningda tanib qolishadi. Bu hamisha qulay emas, biroq odamlar “Barsa” futbolchilari bilan suratga tushishni xohlashlarini yaxshi tushunaman.

- Ispanchani suhbatlasha olasizmi?

- O'ylashimcha, ha. Lekin odatda inglizcha gapirishni maqul ko'raman, tushunarliroq bo'lishi uchun. Nemischada yomon bo'lmasdi, lekin inglizcha ham hozircha yomon emas.

- Mavsumga maqsadlaring qanday?

- O'tgan mavsumdagi kabi ishlashda davom etish. Endi ko'proq turnirlarda ishtirok etamiz va yangi sovrinlar uchun kurash olib boramiz.

- Qay birini afzal bilasan: chempionatda o'ynashnimi yoki kuboklardami?

- Buni murabbiy hal qiladi.

- Tatilni qisqartirganing Bravo ustidan ustunlik hadya etadimi?

- Bilmayman. Mavsumga yaxshiroq hozirlik ko'rishni xohlayman – u uzoq bo'ladi. Yaxshi holatda bo'lishim zarur, qolganini murabbiy hal etadi.

- O'tgan mavsumda uning qarorini tushundingmi?

- Nega bunday tanlov qilganini uning o'zi biladi. Biz sababni aniqlashtirmaymiz. Bravo mavsumni yaxshi o'tkazganini tan olish lozim. Dastlabki uchrashuvlarda u umuman o'tkazib yubormadi. Mavsumda 3ta sovrin yutganimiz esa murabbiyning qarori to'g'ri bo'lganini ko'rsatadi. Keyingi mavsumda nima bo'lishini endi ko'ramiz. Ko'ramiz, qanday bo'larkin.

- Masip va Bravoning kuchli tomonlarini aytib o'tsangiz.

- Meni ko'proq o'zimning jihatlarim o'ylantiradi. Lekin har uch posbon bu erda o'ynash talablariga javob beradi. Kim kuchli ekanligini ayta olmayman – bu vaziyatdan kelib chiqadi.

- Luis Enrikeni asosiy tarkib posboniga aylanish uchun qanday ishontirishni mo'ljallayapsan?

- Murabbiyga hech narsa gapirmayman, bu mening uslubim emas. Ishlashni afzal bilaman. Faqat imkon qadar ko'proq o'ynashni maqul ko'raman. Kuchimni maksimum ko'rsatishim kerak, qolgani murabbiyga havola. Unga yoqsang, ko'magidan foydalanish mumkin. SHunga erishishni istayman. O'tgan mavsumda ko'p narsalarga erishdim, oldinda nima kutayotganini bilmayman

- Amerika Kubogini kuzatdingmi?

- Bazi uchrashuvlarni tomosha qildim.

- Finalni-chi?

- Yo'q, ko'ra olmadim.

- Kimga muxlislik qilding? Messi va Maskerano, Neymar va Alves, balki Bravo?

- Ularda kubokni yutish uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi. CHili esa sovringa loyiq o'yin ko'rsatdi, musobaqani juda yaxshi o'tkazdi. Jamoadoshlarimdan biri g'olib chiqqanidan xursandman.

- Bartomeuni saylovdagi g'alaba bilan tabrikladingmi?

- Ha. Endi u olti yil klubni boshqaradi.

- Klub ham bu yilda 6ta sovrinni qo'lga kiritishi mumkin.

- Hozir shunday imkoniyat mavjud. Dastlab “Sevilya”, keyin “Atletik” bilan o'ynaymiz. Yil yakunida esa klublar o'rtasidagi jahon chempionati. Urinib ko'ramiz.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика