So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Intervyu. Loran Blan: “Menga katta loyiha kerak, hayotda jangchiman” Yangiliklar

Intervyu. Loran Blan: “Menga katta loyiha kerak, hayotda jangchiman”

Teglar :  Loran BlanPSJ
“PSJ” bosh murabbiyi Loran Blan “Frans Futbol” nashriga intervyu berdi.

Suhbat davomida u murabbiylik faoliyatini boshlashni juda xohlamagani, lekin faqat birinchi bo'lish unga qo'l urgani haqida gapirib berdi. SHuningdek, CHempionlar ligasidagi rejalari xususida to'xtalib o'tdi.

– Sizni bungacha 2009 yil “Bordo”ni boshqarganingizda Franciyaning eng yaxshi murabbiyi deb topishgandi. Ushbu yutuqlar o'rtasida farq bormi?
– Albatta, tajriba to'pladim. Lekin maqsadlar shundayligicha qoldi. CHiroyli futbol tarafdoriman, menga raqib kimligidan qati nazar o'z o'yinini namoyish etadigan jamoalar yoqadi. Ko'pchilik mutaxassislar yoqtiradigandek o'ziga xos emasman. G'oya natija orqali tekshiriladi. Natija bo'lmasa, g'oyalaring kimga ham kerak?

– “PSJ” sizning jamoangiz – hamisha birinchi raqamda o'ynaydi.
– Ha, jamoa va o'yinchilar borasida omad kulib boqdi. Vaqt o'tishi bilan men ham murabbiy sifatida o'sdim. Matbuot va muxlislar bilan munosabatda ham olg'a qadam tashladim. Ushbu kasb oxirgi paytlarda keskin o'zgardi, hozirgi murabbiylar 20 yil oldingisidan boshqacha. Menga “qariyalar” yoqadi, ular bizga nisbatan haqiqiy murabbiylardir.


– Nega?
– CHunki o'sha odamlar - Gi Ru (“Oser”ni 40 yil boshqargan), Eme Jake (Franciyaning 1994-98 yillardagi murabbiyi) – barcha narsa qilishgan: mashg'ulot o'tkazishgan, unda ishtirok etishgan, fishkalarni qo'yishgan, ularni yig'ib olishgan. Ular darvozabonlarning nozik jihatlarini payqashgan, mashg'ulotdan keyin yoshlar bilan shug'ullanishgan. Va ularda bunchalik ko'p yordamchi bo'lmagan. Hozir esa bosh murabbiyda turli yo'nalishlar bo'yicha ishiga javob beradigan yordamchilar etarli. Hozirgi murabbiylarga ancha oson, albatta.

– “PSJ”da siz murabbiydan ko'ra ko'proq jamoa boshlig'iga o'xshaysiz.
– Menda shunday ikki xil xislat bor. Lui van Gal aytgandi: bugun bosh murabbiyning asosiy vazifasi jamoani qo'lda ushlab turishdir. Mana, u nimaga ko'proq kuchini sarflaydi.

– Muvaffaqiyatli murabbiy birinchi navbatda pedagog deganimi?
– Albatta, murabbiy futbolni yaxshi bilishi kerak, lekin yana g'oyalarini insonga aniq etkazib berishi shart. Hammasi futbolchi bilan suhbatga taqaladi. Tushunish bor yoki yo'qligi murabbiyga bog'liq, o'rtakashga emas. O'yinchida muammo yuzaga kelganda va qaror qabul qilish kerak bo'lsa, barchasi bizning o'rtamizda hal etiladi. Murabbiy ishining eng nozik tarafi jamoada hech kim o'zini begona his qilmasligiga erishishdir.

– “Bordo”da muvaffaqiyatli ishladingiz va 2008/09 yilgi mavsumda chempionga aylandingiz. Endi “PSJ”da barchasi o'xshayapti. Bunday muvaffaqiyatni rejalashtirganmidingiz?
– Menda hech qachon murabbiyga aylanish orzusi bo'lmagan. Bu kasbni g'alaba qozonishda davom etish uchun tanlaganman. Murabbiy bo'lib malum darajada futbolchi sifatida qoldim. Barchasini g'ishtdan boshlab quradigan mutaxassislardan emasman. Kelajak uchun ishlaydigan murabbiylarni hurmat qilaman, lekin ushbu kasbda uzoq muddatli rejalarni qurish mumkinmi? Biror klubda senga 10 yil ishlashga berishlarini o'ylash axmoqlikdir.

– Lekin bu erda 3 yildan beri ishlayapsiz. Oxirgi marta Artur Jorje 1991-94 yillarda bunga erishgandi.
– G'alaba qozonayotganingda haydab yuborishmaydi. Ishni aynan shu sababli qabul qilganman. SHuning uchun “PSJ”da ishlayapman. Barcha murabbiy zafar quchish uchun nima qilish kerakligini biladi, ammo klub maqsadingga to'g'ri kelishi boshqa masala. Hech kimni xafa qilishni istamayman, lekin ko'pchilik har qanday taklifga tajriba to'plash uchun rozi bo'ladi. Men o'zimga darhol aytganman: bu ish bilan menga g'alaba uchun sharoit qilib beradigan klubda ishlayman.


– Demak, siz inkor qilgan takliflar bo'lgan?
– Ha, “Bordo”gacha bir qator takliflar mavjud edi. Menda hech qanday yulduzlik ham bo'lmagan, bunday o'ylamang. Bazida murabbiylik qilishim zarurmikan deb o'ylab ko'rganman. Lekin o'sha paytda “Bordo”ni qabul qilganman.

– Hozir murabbiylik ishi sizga yoqadimi?
– U menga har doim yoqqan. SHunchaki aniq sharoitli joyda ishlashni istaganman. Engil yo'lni qidirmaganman. Maqsadi katta klublarda ham ishlash qiyinroq, kelajakka ishlab, yoshlarni o'stiradigan joydan ko'ra. Har kimning tanlovi bor. Menga katta loyiha kerak, chunki hayotda jangchiman.

– Sizga juda tez shunday loyiha nasib qildi.
– Lekin bunday loyiha uchun vaqting kelgani yoki tajribang etarligini aniqlab bo'lmaydi. Buni prezident hal qiladi. Katta klublarda tobora yosh murabbiylar paydo bo'layotganini etirof etmoqchiman. Avvalgidek qattiq shartlar yo'q: yosh, 10 yildan kam bo'lmagan tajriba. Muhimi, jangga kirishish.

– Siz “Bordo” va “PSJ”da 3 yildan ishlab ulgurdingiz. Bu ham muvaffaqiyat.
– Qo'shilaman. Klublarda murabbiylarning o'rtacha vaqti 18 oy deb bilaman. Murabbiylarning baxtiga qarshi bu muddat qisqarib boradi.

– Nega bunday o'ylayapsiz?
– CHunki murabbiylardan tobora ko'proq talab qilishmoqda, ko'proq pul tikishmoqda. Bizni doimo qaysidir manoda qutqaruvchi deb bilishadi. SHu sababli ser Aleksni “Manchester Yunayted”da yoki Arsen Vengerni “Arsenal”da ko'klarga ko'tarishadi. Hozir yuqori saviyadagi jamoani boshqarar ekansan, shartnoma muddati hech narsa emas. Murabbiy uchun eng yaxshi shartnoma – natija.


– “PSJ” murabbiyiga muxlislar ko'proq bosim o'tkazadimi yoki klub rahbariyati?
– Hamma! CHunki “PSJ” hamisha g'alaba qozonishga majbur, cho'qqida bo'lishi lozim. Menimcha, ko'proq klubda bosim bo'ladi. CHunki ishingni davom ettirishing yoki seni bo'shatishlari klubga bog'liq.

– Sizni qulatib bo'lmaydigandek ko'rinasiz.
– Yo'q, unday emasman. Hamma qatoriman. Lekin omma bosimidan himoyalanishga urinaman, ayniqsa, ishqibozlardan. SHuning uchun hech narsa o'qimayman. Ha, menga bazi narsalarni aytishadi, biroq o'zim gazeta o'qimayman.

– Bu himoya uslubimi?
– Sport, xususan futbolda har bir narsadan shov-shuv ko'tarishmoqda, chunki katta pul aylanmoqda. O'yindan ko'ra janjallar haqida to'xtalishyapti. Futbol futboldan boshqa hamma narsaga aylandi. U haqida nimalarni yozishmayapti, gapirishmayapti, faqat o'yinning o'zi haqida emas. To'g'ri, futbolchilar bilan turli holatlar yuzaga keladi, biroq bu erda futbolning nima aloqasi bor? Turli OAV, gazeta, teledasturlar, saytlar – barchasida nimanidir yozish va ko'rsatish kerak. Va faqat futbol xabarlari bilan ularni to'ldirib bo'lmaydi. SHu sababli imkon qadar turli narsalar o'ylashmoqda. Agar voqea bo'lmasa – o'ylab topamiz!

– O'yinchilar bilan tez-tez futbolning o'zi to'g'risida gaplashib turasizmi?
– Ha, yig'ilib, muloqot qilib turamiz. Ular o'yinga reja ishlab chiqishda qatnashishadi. Ular o'zlarini jarayon ishtirokchisi sifatida sezishi uchun buni amalga oshiramiz. Murabbiy futbolchilarga faqat o'z fikrini etkazmasligi kerak. Bunda birinchi omadsizlikdan keyin seni juda yaxshi eslab qolishadi. Boshidan ularni qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishga ko'niktirish zarur. Barcha birdek harakat qilsa, muvaffaqiyat keladi. Hech qachon bir o'zing barcha narsani qilish haqida o'ylamasliging lozim.


– Siz “bo'lib yubor va boshqar” uslubida ish yuritadigan murabbiy emasmisiz?
– Intrigani yoqtirmayman. Murabbiyga kim yordam beradi? Faqat futbolchilar. Taqdiring ularga bog'liq. Albatta, jamoada hamisha nimadandir norozilar bo'ladi – 12-13 nafar futbolchi o'ynamaydi. Bu oddiy holat. Bunda pul ham muhim o'rin tutadi. Kimnidir o'ynatish yoki zaxirada qoldirishing kimning qancha olishini belgilab beradi. Lekin har bir holat – alohida. Umumiy recept yo'q. Murabbiy o'yinchi xayoliga kirib borishi kerak, aksincha emas. Muvaffaqiyat kaliti – insoniylik munosabatlarda.

– Kimni boshqarish qiyinroq: Zlatan Ibragimovichni yoki Adrian Rabio?
– Har ikkisi bilan qiyin. Hammani boshqarish og'ir. Yangi avlodni umuman boshqarib bo'lmaydi. Ularni yomon yigit deya olmaysan, ularda ajoyib xususiyatlar bor, biz ham yoshlikda axmoqliklar qilganmiz. Lekin hozirgi yoshlarning asosiy kamchiligi barchasini birdaniga xohlashadi. 17, 20 yoshda! Qanaqasiga?! Biror narsaga erishish, nom chiqarish uchun katta mahorat egasi bo'lsang ham mehnat qilish lozim. Lekin yoshlar kutishni istashmaydi. Hozir biz shunday jamiyatda yashayapmiz, hech kimga erishib bo'lmaydigan narsa yo'q. Istaganini darhol olishi mumkin. Davr shunday.

– “PSJ”da hozir zarur muhit bormi?
– Ha, hammasi yaxshi. Jamoada etakchilar bor va ular menga o'zlarini professional tomondan ko'rsatib, yordam berishadi. Deyarli har bir futbolchi mashg'ulotga bir soat qolganda etib keladi, tayyorlanadi, qizib oladi.

– Yoshlar bilan muammo faqat Franciyadami?
– Yo'q. Barchasi o'yinchining yon-atrofi, mentaliteti va tarbiyasidan kelib chiqadi. Butun dunyoda holat shunday. Ehtimol, biz Franciyada yoshlarni erta tushiryapmiz. Tijoriy hisoblar tufayli, shekilli. Bozorga yoshlarimizni tezroq nur taratishini istaymiz. Bu qadrlanadi.

– Evro-2012da terma jamoani boshqardingiz. Yoqdimi?
– Yomon tajriba bo'lmadi.

– Takrorlashni istarmidingiz?
– Yo'q. Termada murabbiy ishi o'ylanganidan qiyinroq. Faqat futbolchilar emas, balki matbuot va muxlislar bilan munosabatda ham shunday. Klubda asosiy tarkibni aniqlasang, u deyarli o'zgarmaydi. Terma jamoada doim o'zgarishlarga tayyor turish lozim. Kimdir 2-3 o'yinda yaxshi harakat qilsa, terma jamoaga olish haqida bong urishadi. Biroq terma murabbiyi bunday holatlarga etibor qaratmasligi lozim. SHundagina unda barchasi yaxshi ko'rinish oladi.

– Sizning ish va natijangizni etarli baholashmadi deb o'ylaysizmi? Jamoa 23 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagandi.
– Baholashdi, baholashmadi – nima farqi bor. 2010 yilgi janjaldan keyin ishlash oson emasdi. O'sha mojaroning izi haligacha sezilib turadi. Francuz futboli endilikda bechora ahvolda qolgan kema kabidir. Katta chiroyli kemada suzgan chiroyli paytlarimiz bo'lgandi. Mojarodan keyin esa... Bu dengizdagi to'lqin emas, haqiqiy bo'ron!


– Terma jamoa boshqaruvida siz uchun eng asosiysi nima edi?
– Obro'. Boshidan boshlash kerak edi. Qiyinchilik bilan, lekin biz ajoyib seriyaga erishdik. Lekin o'shandan beri Franciya terma jamoasi murabbiyi doimiy trevogada turgandek tuyuladi. CHunki o'sha holat istalgan vaziyatda ro'y berishi mumkin. O'shanda u yana inqirozli boshqaruvchiga aylanadi.

– Sizga nima muhimroq – Evro-2016dagi g'alabami yoki yaxshi o'yin?
– Sportchi sifatida aytaman: muhimi – natija. Lekin boshqa narsani ham istagan bo'lardim. Hozir terma jamoa va futbolimizni qayta o'nglash ustida ishlash kerak. Bunchalik yuqori ko'tarilish va qulash. Bunday holatni boshdan kechirganman. Endi Dide Deshamning navbati. Unga havas qilib bo'lmaydi.

– Yaqinda 50ga to'ldingiz. Ishlashni boshlagan paytingiz ko'pchilik bu kasbda ko'p ushlab qolmasligingizni aytgandi.
– SHunday bo'lgan. Hozir “PSJ”daman va bu erda qancha qolishimni aytib bo'lmaydi. Qaytaraman: asr oxirigacha ishlashni istamayman. O'zimni 65 yoshda zaxira o'rindig'ida ko'rmayman. Yana biror narsani sinab ko'raman. Ehtimol, klub rahbariyatida ishlab ko'rarman.

– Iyunda jamoa bilan shartnomangiz tugaydi. Keyin nima qilasiz?
– Klub bilan muzokaralar ketmoqda.

– SHartnomani uzaytirasizmi?
– Bir oydan bu savolga ishonch bilan “ha” deb, javob bera olarman, balki.

– O'zingizni “PSJ”dagi vazifasi oxiriga etmagan deb o'ylaysizmi?
– Ha, vazifam tugamadi. Yana bir ishni qilish kerak. Klub buni men bilan yoki boshqa murabbiy boshchiligida yakuniga etkazadi. “PSJ” ushbu mavsumdayoq CHempionlar ligasini yutishiga umid qilaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика