So’nggi yangiliklar

15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  2 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  13 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  17

Intervyu. Kaxi Maxaradze: "Meni aybsiz aybdor qilishdi" (to'liq intervyu) Yangiliklar

Intervyu. Kaxi Maxaradze: "Meni aybsiz aybdor qilishdi" (to'liq intervyu)

"Lokomotiv" klubi sobiq yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze bilan bog'liq so'nggi voqealardan barchaning xabari bor.

"Lokomotiv" klubi sobiq yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze O'FA Etika qo'mitasi yig'ilishining qaroriga ko'ra, Intizom kodeksining tegishli bandlari bo'yicha aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turlaridan 5 yil muddatga chetlatilib, yuz million so'm miqdorida jarima jazosi tayinlangan edi. 


Futbolchi championat.asia sayti ofisiga tashrif buyurdi va intervyu berdi.






- Asalomu alaykum Kaxi, qisqacha qilib nima sodir bo'lganini aytib bersangiz...

- Nima sodir bo'lganini hamma bildi, meni kelishilgan o'yinlarda ayblashyapti, lekin hali hech nimani isbotlashmadi, hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari davom etayapti, oxirida nima bo'lishini kutamiz.

- Diskvalifikaciya paytida siz bilan futbol associaciyasidan kimdir aloqaga chiqdimi?

- Yo'q, men bilan hech kim aloqaga chiqmadi.

- Sizning diskvalifikaciyangiz boshlaganidan keyin 2-3 oy vaqt o'tdi, nega aynan hozir intervyu berishga qaror qildingiz?

- To'g'risini aytsam, menga alam qilyapti, 15 yildan buyon O'zbekistonda o'ynayman, bu erda ko'p ish qilishga ulgurdim. Bu er menga ikkinchi vatandek bo'lib qolgan va hozircha hech kim menga yordam bergisi kelmayapti va ishni oxirigacha tekshirishni xohlamayapti. SHu sababli o'z fikrimni, o'z haqiqatimni aytgani keldim.

- Bizning saytimizga do'stingiz Kvesieshvili intervyu bergan edi, Siz u bilan qanday tanishib qolgansiz?

- Agar bilsangiz, u bu erda 8 yil o'ynagan. Gruziyaliklar bilan bu erda yaqin bo'lib qolgan edik. O'zingiz tushunasiz, do'stlik katta narsa, do'stlar bir-birini sotmaydi. Bir vaqtlar u noto'g'ri ish qilgan. Suratimni ko'rsatishgan, yonimda qandaydir xitoylik bor emish va oilam ham bor ekan, yana ingliz tilida gaplashayotgan ekanman. Men hatto ingliz tilida na yozishni va na gapirishni bilaman, rus tilida yoza olmayman. Ha, gaplasha olaman, lekin 10 yildirki, rus tilini o'rganyapman va hozirgi kungacha ham rus tilida muammolarga duch kelaman. U yozib berdi-ku, men hech nimada qatnashmaganimni va to'g'risi, u haqiqatni yozgan. Lekin undan hech kim intervyu berishini so'ramagan, nega unday qilganini bilmayman, to'g'risi.

- U sizni "chat"ga qo'shgan ekan, xitoylikka futbolchi do'sti borligini isbotlash uchun shu ishni qilganmi?

- Ha, bu oddiy holat, tushunasizmi, ular hatto sizga ham pul tikishi mumkin: kompyuter, telefon orqali. U menga qo'ng'iroq qildi va men ular bilan bog'landim hamda uchinchi inson ham qo'shildi, uni tanimasdim va men undan so'radim "Kim bu?" deb, u "yaponiyalik SHibamura, biz birga o'ynaganmiz", dedi. Keyin esa ular men shunday o'yinlarda ishtirok etishim kerakligini aytdi, lekin bu narsa ularning qo'lidan kelmadi va shu sabab ular meni aybdor qilib qo'yishdi va shu sabab ular hozir pul yutqazishganini aytayotgandir, ular bilishgan men kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmasligimni, bu erda bitta inson emas, bu erda bir guruh insonlar bor, men bu narsa oxirigacha etib borishini taminlayman va haqiqatning tagiga etaman.

Men kim kimni edirib ketganini aniqlayman, mening sevimli mashg'ulotim – futbol. Men ham o'zimni oppoq inson, demayman, lekin men hech kachon bunday o'yinlarda ishtirok etmayman, bu narsani isbotlab ham beraman. Balki menga bunday taklif bilan chiqishgandir, lekin men hech qachon bunday ishlarda qatnashmaganman. XXI asrda video, rasmlar hamma isboti bor, odamlar ko'rib o'zlari bilishsin, men nima qilgan ekanman, men hech nimadan qo'rqmayman.

- Boshida sizga yarim yillik diskvalifikaciya berilgan edi, keyin sizga katta diskvalifikaciya berishdi?

- Ha, associaciyadagilar menga aytishgandi, agar senga chiqishayotganini o'sha paytda xabar berganingda, 6 oy diskvalifikaciya berishardi, deb aytishgandi. Bizning shartnomamizda ham bunday band bor. Agar kimdir shunday taklif bilan chiqsa, O'FAga habar berish kerak. Men yosh bola emasman, axir 35 ga kirdim. O'FAga borib aytishni xohlamayman, lekin boshqalar borib buni aytishdi.

- "Lokomotiv"dan qay tarzda ketdingiz, jamoadan ketishingiz haqida qanday xabar berishdi?

- Menga shartnoma qog'ozini jo'natishdi. Qo'l qo'y deb, ikkinchi kundayoq menga kelishuvni bekor qilish uchun shartnomani jo'natishdi. Hatto jamoa meni qo'llab-quvvatlamadi, bilmadim, ular mendan nima xohlashgandi, lekin ular meni qo'llab-quvvatlashsa bo'lar edi, jamoa sardori sifatida, legioner sifatida. Lekin ular bunday qilishmadi.

- Yani hozir "Lokomotiv"dan hech kim bilan aloqada emassiz...

- Yo'q, hech kim bilan aloqada emasman. 2-3 yigitdan tashqari ular telefon qilib hol-ahvol so'rab turishadi.

- Siz klubning shaxsiy chatida yigitlarga hammasini tushuntirmadingizmi, "yigitlar menda ayb yo'q" deb?

- Yigitlar hammasini o'zi biladi, ular tushunib turishibdi, mening aybim yo'qligini. Natijalarga qarang, bu ishlardan so'ng jamoa qanday natijalarga erishyapti, men o'ynayotgan paytda jamoa teparoqda edi. Hozir esa jamoa hatto "Dinamo" va "Surxon"ni ham yuta olmayapti.

- Ko'plar siz olgan qizil kartochkani shubha ostiga qo'ymoqda?

- O'FA o'sha kartochkaga hech qanday "stavka" qo'yilmaganini isbotladi. AGMK va "So'g'diyona" bilan o'yinlarni shubha qilishayotgandi, lekin O'FA hech qanday "stavka" bo'lmaganini Etika qo'mitasida isbotlab berishdi.

- Futbolchilardan kim sizni qo'llab-quvvatladi?

- Eski jamoadoshlarim menga qo'ng'iroq qilib qo'llab-quvvatlashdi, hamma tushunib turibdi, men bunday qilmaganimni.

- "Lokomotiv"ning bunday yomon natijalariga nima sabab deb o'ylaysiz?

- To'g'risini aytsam, afsusdaman. Mening O'zbekistondagi eng sevimli jamoam bunday natijalar ko'rsatayotganidan. Men bu ishlardan keyin jamoaga borib, meni qaytarishlarini so'rashim mumkin edi, lekin endi kech. Ular meni jamoadan ketkazishni xohlayotgan edi va ular ikkinchi kundayoq meni ketkazishdi.

- Fikringizcha, nega sizni jamoadan ketkazishdi?

- To'g'risini aytsam, bilmayman. Buni hammasini surishtirib tagiga etish kerak. Jamoa menga qarshi nega bunday ishlar qilganini ham tushuna olmayapman.

- Sizda qandaydir shubhalar bormi, shunday o'yinlarda ishtirok etgan jamoalar bo'yicha?

- Hech qaysi bir jamoaga shubham yo'q. SHubha bo'lsa, dangal aytish kerak. Men boshidan aytganman, "Lokomotiv"da bunday maqsadlar yo'qligini.

- Siz qachondir o'sha shaxslarning ismi oshkor bo'lishini aytdingiz?

- Albatta, qachondir bu ishlarning hammasi oshkor bo'ladi. Men O'zbekiston chempionatida 15 yildan beri shu erdaman, ko'p narsalarni ko'rdim, hozir meni qanchadir pul miqdori bo'yicha ayblshayapti. U pul miqdoriga qo'lni kir qilishga ham arzimaydi, bir vaqtlarda mening uyimga naqd 1 million dollar olib kelishgan, men bir so'miga ham tegmaganman va ko'p insonlar buni bilishadi.

- Bu qachon sodir bo'lgan?

- 4-5 yil oldin.

- Siz rozi bo'lmadingiz, to'g'rimi?

- Men rozi bo'lmadim va jamoaga borib aytdim. Agar taklif qilishsa, rozi bo'lmanglar, deb.

- Yani bunday holatlar oldin ham bo'lgan...

- Ha, futbolda har doim bunday ishlar bo'lgan.

- Hozirgi rejalaringiz qanday?

- To'g'risini aytsam, meni O'zbekistonda bunday qoralab qo'yishlarini xohlamayman. Men 35 ga kirdim va bu erda qolib yashamoqchi edim. Men bunday holatda futbolchilik faoliyatimni tugatishni istamasdim va vada bera olamanki, hali futbol o'ynayman. Hozir Jismoniy tarbiya universitetida o'qiyapman.

- O'sha xatni qim tarqatganini bilasizmi?

- Bilmayman, men Qarshidan poezdda qaytayotgan edim. Kubok uchrashuvidan keyin kechasi qaytganimdan so'ng O'FAga chaqirishdi va aytsang, senga yordam beramiz, deyishdi.

- Qarshidagi o'yin rejasi buzilgani uchun xat tarqatilgan degan taxminlar ham bor...

- Ha, yana jurnalistlar xabariga ko'ra men 100 ming dollar pul olib va u ishni qilmabman, bu yuz foiz yolg'on.

- Isboti ham yo'q-ku axir, siz pul olganingizni?

- Umuman, bunday holat bo'lmadi. Men bunday narsaga qarshiman, ular o'zlari pul tikishgan va o'zlari yutqazishgan.

- Hozir faqat universitetda o'qiyapsizmi?

- Ha, hozircha faqat o'qiyapman.

- Hamma licenziyalaringiz to'xtatildimi?

- Barcha licenziyalarim to'xtatildi, futbolchilik faoliyatim ham.

- Hozirda bu ishlarni hal qilish uchun advokatlar bilan ishlayapsizmi?

- Ha, advokatlar bilan ishlayapman.

- O'FA bilan birgami?

- Yo'q, O'FA bilan emas. Men advokat bilan gaplashdim va ular mening ishim bilan shug'ullanishga rozi, advokatlar mahalliy emas, chet eldan.

- Sizning diskvalifikaciyangiz faqat O'zbekiston hududi uchunmi?

- Bilmayman to'g'risi, men hatto qaror chiqqan vaqti uyda edim. Do'stlarim menga qarorni SMS tarzida jo'natishdi.

- Siz apellyaciya bermoqchimisiz?

- Ha, apellyaciya berib bo'ldim. O'FAga va ular menga dekabrda javobni aytishadi.

- Kattaroq tashkilotlarga apellyaciya bermadingizmi, masalan CAS?

- Hozircha yo'q, menga aytishd. Lekin men hali bunday qilgim kelmayapti, men o'zim kimdir jabr ko'rishini xohlamayman. Sud, isbotlash ishlari... bunday ishlarni qilgim kelmayapti, chunki bu davlat menga begona emas. O'zingiz bilasiz, agar men rostan ham aybdor bo'lganimda, meni ko'mib qo'yishardi. Agarda men o'yinlarni sotganimda, jamoa 6-7-o'rinlarda bo'lmasdi, hozir esa hammasi teskari. Siz jurnalistlar ham hammasini ko'rib turibsiz.

- Siz "Lokomotiv"dan xafa ekanligingiz bilinib turibdi. Siz ketgach, jamoa 12-13-o'ringa tushib ketdi, balki siz bilan bo'lgan voqeadan so'ng futbolchilarda bir-biriga ishonch yo'qolgandir va o'sha voqea jamoaga salbiy tasir qilgandir...

- Bunday deb o'ylamayman, chunki o'yindagi xatolar bunga sabab bo'lyapti.

- So'nggi so'zingiz: "Lokomotiv"ga, O'FA va muxlislarga...

- Agarda menga bu davlatni tark etishim kerakligini aytishsa, boshqa joyda faoliyatimni davom ettirishga ruxsat berishsa, ketishga tayyorman. Futbol – eng sevimli ishim. 30 yildan buyon futbol o'ynayman va bundan meni mahrum qilish notug'ri va mavjud bo'lmagan narsa uchun, mayli edi isboti bo'lsa. "Mana bu erda pul olding, bu erda o'zinga gol urding" deb. Hozircha faqat jazo berib qo'yishdi. Kaxi Maxaradze aybdor deb. O'zingiz tushunib turibsiz, o'zbek futbolida nima bo'layotganini.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика